Kontent qismiga oʻtish

Amaretto (pecheniye)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Amaretto
Milliy oshxona  Italiya
Asosiy komponentlari Bodom qaylasi, shakar, tuxum oqi

ʻʻʻAmarettoʻʻʻ (italyancha: Amaretto) — Italiya boʻylab keng tarqalgan italyancha shirin pecheniye.

Amaretto eski uslubdagi qogʻoz qoplarda

ʻʻʻAmarettoʻʻʻ  atamasi italyancha bodomli pecheniye degan maʼnoni anglatib, uni tayyorlash uchun achchiq bodom, oʻrik magʻizi, shakar va tuxum oqidan foydalaniladi.

Ushbu shirinlikning ikkita asosiy tayyorlanish usuli yaʼni, Saronnodacha (Italiyadagi shahar) va Sassellocha (Italiyadagi hudud)koʻrinishlari mavjud.  

Ularning ikkalasida ushbu shirinlik kichik yumaloq shaklda boʻlib, yuzasi yorilib ketganga oʻxshash koʻrinishda boʻladi. Saronno shahrida bu shirinlik quruq amaretto deb ham ataladi.

Bugungi kunda ushbu ikki usulda tayyorlanadigan shirinlik Italiyaning turli hududlarida sanoat miqyosida ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, Italiyaning koʻplab shaharlari shunga oʻxshash pecheniye uchun oʻzlarining retseptlarini yaratishgan. Ular hajmi, tuzilishi, ishlatiladigan ingredientlari (yongʻoq, asal, turli xil tabiiy mahsulotlar) jihatidan mazkur shirinlikdan biroz farq qiladi.

Shuningdek, baʼzan amarettodan tiramisu (italyancha shirinlik) tayyorlashda ham foydalaniladi. Italiyaning oʻzida bu desert bilan sharob taklif etiladi, lekin bir xil nomdagi amaretto bodomli alkogol ichimligini emas.

  • Kapatti, Alberto va Montanari, Massimo. Italiya oshxonasi: madaniy tarix — Nyu-York: Kolumbiya universiteti nashriyoti, 2003-yil. ISBN 0-231-12232-
  • Rayli, G. (2007). Oksfordning italyan taomlari uchun hamrohi — Oksford universiteti nashriyoti. ISBN 978-0-19-860617-8