Kontent qismiga oʻtish

Amir Muzaffar madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Amir Muzaffarxon madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Amir Muzaffarxon
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Amir Muzaffarxon
Asosiy sana:
1868-yil
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 9 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Amir Muzaffar madrasasi  — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Amir Muzaffarxon madrasasi 1868-yilda Istemurbiy guzarida, Buxoro amirligida[1], hukmronlik qilgan Amir Muzaffarxon tomonidan bunyod etilgan. Madrasa vaqfli boʻlib, kichkina boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida madrasa haqida shunday yozilgan: „Hazrat Amir Muzaffar hijriy 1285-yili zulqaʼda oyida (1868-yil fevral-mart oylari) Istemurbiy guzaridagi Labi hovuzda 9 hujrali madrasa qurdirdi“. Mazkur hujjat qozi Abduhamid ibn domulla Boqi muhri bilan tasdiqlangan. Madrasa vaqfi uchun Istemurbiy guzaridagi qaymoq bozori va Boboyi ol guzaridagi Latta bozori vaqf qilingan. Hujjatga koʻra madrasa mudarrisi mutavvali qilib tayinlangan. Vaqf mablagʻi hisobidan madrasa mutavvalisi ush haqi olgan. Qolgan mablagʻlar esa 21 qismga boʻlinadi. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba yashagan. Madrasa surati Olga Suxareva kitobida saqlanib qolgan. Madrasa hovuzning yonida joylashgan va darvozasi bezakli va peshtoqli boʻlgan. Poydevori esa yerdan baland qilib koʻtarilgan. Madrasa yonginasida bir qavatlik masjid ham mavjud boʻlgan. Uning oʻrni Sharif maxdum koʻrsatgan Istemurbiy madrasasi oʻrniga toʻgʻri keladi. Amir Muzaffar Buxoro amirligining oltinchi hukmdori boʻlgan. Buxoro amirilgi Amir Muzaffarxon davrida 1868-yilda Rossiya imperiyasi protektoratiga aylangan[2]. Amir Muzaffarxon 9 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.