Kontent qismiga oʻtish

Qazagʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amir Qozagʻondan yoʻnaltirildi)

Qazagʻon, Qazagʻan, amir Qozagʻon (? — 1357/58) — Movarounnahr amiri (1346—58). Soʻnggi chingiziylardan boʻlgan Qozonxonta qarshi isyonga bosh boʻlgan, oʻzaro urushlarda Qozonxon oʻldirilgan va mamlakat uning qoʻl ostiga oʻtadi. Q. oʻz xattiharakatlariga qonuniy tus berish uchun chingiziylardan boʻlgan "soxta xonlar" — avval Donishmandcha, soʻngra Bayonqulixon yordamida hokimiyatni boshqargan va uning nomidan tanga zarb etib, hokimiyatni qoʻlida ushlab turadi. U mamlakatni adolatli boshqarish, tadbir bilan ishlarni olib borish, yurt osoyishtaligini saqlash, elyurt hojatini chiqarishga alohida diqqat qaratadi. 135152 yillari Hirot ostonasida Malik Husayn lashkarini tormor etadi. Hirot amaldorlari Malik Husaynni agʻdarib, oʻrniga ukasi Malik Boqirni qoʻymoqchi boʻlishadi. Fitnadan xabar topgan Malik Husayn 1352—53 yillari Q. huzuriga yoʻl oladi. Maʼlum muddatdan soʻng Hirotga qaytgan Malik Husayn qayta Hirot taxtini egallaydi. Shu kezlarda Q.ning oʻgʻli Abdulloh Samarqanddan lashkar tortib Horazm tomon yurish qiladi va uni zabt etadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Q. qishni Soli Saroy va Qoratur (Amudaryo sohilidagi mavze), yozni esa Munk (hozirgi Baljuvon) shahrida oʻtkazgan va koʻp vaqtini ov qilishga sarflagan. Q.ni oʻranaytiyon qabilasidan boʻlgan kuyovi Qutlugʻ Temur Boʻrildoy oʻgʻli ov paytida oʻldirgan. Q.ning amir Kayxusrav boshliq amirlari Qutlugʻ Temurni Qunduz atrofida oʻldiradilar. Amirzoda Abdulloh otasi Q. oʻrniga oʻtiradi.

  • NizomiddinSh o m i y, Zafarnoma, T., 1966; Sharafiddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1994; Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1994.

Hamidulla Dadaboyev.