Amshey Nyurenberg
Amshey Nyurenberg | |
---|---|
Tavalludi |
1887-yil 5-aprel Xerson guberniyasi,
Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1979-yil 10-yanvar |
Fuqaroligi | sovet |
Taʼlimi | M. B. Grekov nomidagi Odessa san'at instituti |
Amshey Markovich Nyurenberg (1887-yil 5-aprel, Xerson guberniyasi, Rossiya imperiyasi – 1979-yil 10-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet rassomi, sanʼatshunos. U butun umri davomida sanʼat uslublarining modernizmdan realizmgacha turli xil yoʻnalishlarida sanʼat asarlari yaratgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1887-yil 21-aprelda Xerson guberniyasida yahudiy oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi guberniyadagi baliq doʻkonining egalaridan biri boʻlgan. Amshey oilasidagi 10 ta farzandning eng kattasi boʻlgan.
1905-yilda u Xersondagi oʻrta maktabni tugatgan, u yerda Ilya Repinning shogirdi Feodosius Kozachinskiydan chizmachilik saboqlarini olgan[2].
1905—1911-yillarda M. B. Gerkov nomidagi Odessa sanʼat institutida professor Kiriak Kostandining shogirdi boʻlgan[3].
1911—1913-yillarda Parijda yashab, u yerda xususiy sanʼat institutlarida tahsil olgan. Rus tilidagi sotsial-demokratik Parijskiy vestnik gazetasida badiiy muxbir boʻlib ishlagan. Bir yil davomida u Danzigdagi La Ruche studiyasida Mark Chagall bilan birga yashab, ishlagan.
1913-yilda u Xersonga qaytib kelgan va u yerda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
1915-yilda u Odessaga koʻchib oʻtgan va keyinchalik Parijskiy vestnik deb nomlangan bir guruh rassomlarni yigʻgan.
1915-yilda u balerina Polina Mamichevaga (1894—1978) uylangan.
1919-yilda u Sanʼat va qadimiy yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitasining boshligʻi etib tayinlangan[4].
1919—1920-yillarda Xersondagi birinchi sovet gazetasi Krasnaya derevnya ning bosh muharriri boʻlgan.
1920-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtgan va u yerda Vladimir Mayakovskiy, Ivan Malyutin va Mixail Cheremnyx bilan tanishgan.
1921—1922-yillarda u Viktor Midler va xotini Polina Mamicheva bilan birgalikda tarix va madaniyat yodgorliklarini restavratsiya qilishni tashkil etish maqsadida Oʻzbekistonda xizmat safarida boʻlgan[5].
1922-yilda u 1921-yilda rassomlar Samuil Adlivankin, Georgiy Ryajskiy, Aleksandr Gluskin va Mixail Perutskiy tomonidan tashkil etilgan Novomu obshestvu jivopistsev rassomlar uyushmasiga qoʻshilgan.
1923-yilda Nina ismli qizi tugʻilgan, keyinchalik uning qizi qoʻshiqchi, SSSRdagi Katta teatrining solisti boʻlib yetishgan.
1924—1926-yillarda – Pravda gazetasining birinchi badiiy sharhlovchisi boʻlib ishlagan.
1930-yillarda SSSR Rassomlar uyushmasini tashkil etishda qatnashgan.
1941—1943-yillarda urush sababli Toshkentga koʻchib kelgan. Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasida ishlagan.
1943-yilda u Moskvaga qaytib keldi va u yerda Muzeya Revolyutsii muzeyida ishlagan[6].
1979-yil 10-yanvarda 91 yoshida Moskvada vafot etgan. U Vagankovskoye qabristoniga dafn qilingan.
Amshey Nyurenbergning saqlanib qolgan asarlarining aksariyati Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida saqlanib kelmoqda[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Музей И. В. Савицкого, Нукус“.
- ↑ „История музея на официальном сайте“. 2012-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
- ↑ „О фильме «Жемчужина Узбекистана“.
- ↑ „А. Аджамов. Нукусский музей: Кладовая искусства в эпицентре долгой беды“.
- ↑ F. F. Abduxalikov, K. B. Akilova, M. M. Babanazarova, M. A. Karlibaev, I. O. Novitskiy, P. Xajametova. „Kulturnoe nasledie Uzbekistana. Sobranie Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Respubliki Karakalpakstan imeni I. V. Savitskogo“
- ↑ „Сафо Ибрат. В музее искусств Нукуса под пейзажем обнаружен портрет“.
- ↑ „Государственный музей искусств имени И. В. Савицкого“.