Anabolik steroidlar
Anabolik steroidlar androgen gormonlar asosida sintez qilingan. Androgen moddalarning anabolik — oqsillaming hosil boʻlishiga taʼsir qilishi uzoq yillardan beri maʼlum boʻlgan, ularning gormonal taʼsiri boʻlgani uchun amaliyotda anabolizant sifatida deyarli qoʻllanmagan. Kimyogarlar moddalarning anabolik va androgen xususiyatlarini ajratib, asosan anabolik taʼsir etuvchi moddalar olishgan va tibbiyotda keng qoʻIlanmoqda.[1]
Oqsillarga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anabolik moddalar oqsillar hosil boʻlishini orttirib, parchalanishini kamaytiradi, aminokislotalaming oʻzlashtirilishini yaxshilaydi. Skelet mushaklarining vazni va kuchi ortadi, ichki aʼzolar — jigar, yurak, buyrak vazni ham ortib boradi. Suyaklarda kalsiyni tutib qoladi, bu ayniqsa, osteoporoz kasalligida qoʻl keladi. Anabolik moddalar umuman regeneratsiya jarayonlarini oshiradi, chunki bular nafaqat oqsillar, fermentlar, somatotropin hosil boʻlishini, toʻqimalarda oksidlanish, fosforlanish jarayonlarini orttiradi. Plazmaoqsillaridan, albuminlaming miqdori ortadi.
Qoʻllanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anabolizantlar miokardni qisqartiruvchi oqsillarning hosil boʻlishini oshirib, yurak faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Anabolizantlar bolalar amaliyotida — gipotrofiyalarda, gipoplastik anemiyalarda, yuqumli kasalliklardan keyin kaxeksiya, asteniya, osteoporoz, nur kasalligida, glyukokortikoidlar bilan uzoq vaqt davolanganda qoʻllanadi. Moddalar oshqozon yarasi, suronkali gastrit, pankreatit, gepatit, miokard distrofiyasini davolashda ham qoʻllanadi. Anabolik moddalarning taʼsiri sezilarli boʻlishi uchun bemor yaxshi ovqatlatiishi, organizmga yetarli miqdorda azot, kaliy, fosfatlar tushishi lozim. Moddalarning taʼsiri birinchi 10 kunda sezilarli boʻladi, keyinchalik kamayib boradi.
Salbiy taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anabolik moddalar davomli qoʻllanganda salbiy taʼsirlar paydo boʻladi. Bolalaming, ayniqsa, qizlaming rivojlanishi, jigar faoliyati oʻzgarishi, suyaklar oʻsishdan toʻxtashi, organizmda natriy va suyuqlik tutilib qolishi, shishlar paydo boʻlishi mumkin. Qizlarda, ayollarda gonadotropinning ajralishi kamayadi, hayz sikli oʻzgaradi, ovoz dagʻallashib, yuzda husnbuzarlar paydo boʻlishi mumkin. Anabolizantlami noxush asoratlari asosan ulami androgen taʼsiri bilan bogʻliq. Nojoʻya taʼsirlaraing oldini olish uchun moddalami 10-15 kun qoʻllab, keyin tanafius qilish lozim boʻladi. Anabolizantlami homilador, emizikli ayollarga, qonda bilirubinning miqdori oshganda, jigar kasalliklarida, prostata bezi oʻsmalarida qoʻllash man etiladi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Azizova. Anabolik steroidlar, 2, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006-yil — 323-bet. ISBN 978-9943-08-025-6.
- ↑ Hamrayev. Steroidlar. Toshkent: Ilm ziyo, 2017 — 256-257-bet. ISBN 978-9943-16-182-5.