Andijon uyezdi
Andijon uyezdi — Turkiston general-gubernatorligi, Fargʻona viloyatining maʼmuriy-hududiy birligi. Maʼmuriy markazi — Andijon shahri.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uyezd Fargʻona viloyatining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, Semirechensk va Sirdaryo viloyatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Maydoni 13 333,2 kv. verst. Yer yuzasi togʻli boʻlib, baland Fargʻona tizma tizmalaridan tashkil topgan. Sunʼiy sugʻorish sharoitidagi vodiylar dehqonchilik uchun qulay boʻlgan, togʻ tizmalarining yon bagʻirlarida keng yaylovlari boʻlgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]uyezd 1876-yilda Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasiga qoʻshib olinib, Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng tashkil topgan. uyezdning ilk rahbari Smirnov boʻlgan (boshqa manbalarda Semyonov). Arxiv manbalarning birida Andijon uyezdi boshligʻi podpolkovnik Koshiyevskiy boʻlgani, 1866-yil 8-avgustdan praporshik lavozimida harbiy qismda xizmat qilgani, 1876-yil 6-martdan Andijon uyezd boshligʻining katta yordamchisi boʻlib xizmat qilgani, oʻzbek tilini yaxshi bilgani, mahalliy tilda erkin yozishni bilgani qayd etilgan. 1876-yildan 1917-yil oktyabr toʻntarishiga qadar butun Andijon uyezdi aholisi, hududi uyezd boshligʻi tomonidan cheklanmagan huquq vakolatlar orqali boshqarilgan. uyezd boshligʻi bevosita Fargʻona oblast harbiy gubernatoriga boʻysungan[1].
Maʼmuriy boʻlinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uyezd yer oʻlchovchisi V.Kolodovkinning 1890-yili tuzgan („Karta Andijanskogo uyezda Ferganskoy oblasti“) xaritasida Andijon uyezdi tarkibiga 22 volost boʻlgan.
Volostlar | Asl nomi | Hozirgi hududi |
---|---|---|
Baliqchi | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Norin | Oʻzbekiston, Namangan viloyati | |
Xaqulobod | Oʻzbekiston, Namangan viloyati | |
Izboskan | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Oltinkoʻl | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Xakan | Oʻzbekiston | |
Yorboshi | Oʻzbekiston | |
Magir | ||
Novkent | Qirgʻiziston | |
Qoʻqonqishloq | Oʻzbekiston | |
Bozorqoʻrgʻon | Qirgʻiziston | |
Oyim | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Qoʻrgʻontepa | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Qorasuv | Qirgʻiziston Oʻsh viloyati, | |
Koʻgart | Qirgʻiziston | |
Jalaquduq | Oʻzbekiston, Andijon viloyati | |
Maylisoy | Qirgʻiziston | |
Mosi | Qirgʻiziston | |
Kenkolqoragir | ||
Qorakoʻlsarisuy | ||
Jalolobod | Qirgʻiziston | |
Chankent | Qirgʻiziston |
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1900-yilda uyezdda 351 187 kishi istiqomat qilgan. Aholisi sartlar, qipchoqlar, qirgʻizlar va oz sonli ruslardan iborat boʻlgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, R; Ishoqov, A. Andijon Tarihidan lavhalar. Andijon: «Sharq» nashriyoti, 2013.
- ↑ Энциклопедический словарь „Андижанский уезд“. Qaraldi: 11-noyabr 2022-yil.[sayt ishlamaydi]