Kontent qismiga oʻtish

Andijonnoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
"Andijonnoma"
Demokratik islohotlardan - Yangi O‘zbekiston sari
Formati A2
Kimga tegishli Andijon viloyati hokimligi
Asos solingan 1921-yil 30-may
Bosh muharrir Rustamjon Eshonov [1]
Siyosiyligi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma`rifiy
Tili o'zbek
Bosh ofisi Andijon shahri, A. Navoiy shohko'chasi, 87-uy
Adadi 1000 nusxa (2024-yil) [2]
Vebsayt https://andijonnoma.uz/

"Andijonnoma" – Andijon viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Andijon shahrida, oʻzbek tilida, haftada 2-marotaba chop etiladi.

Dastlab 1921-yil 30-maydan „Qizil qoʻshchi va dehqon“ nomi bilan dunyo yuzini koʻrgan. Keyinchalik turli nomlarda, jumladan „Darxon“, „Paxta fronti“; 1938-91 yillarda „Kommunist“ nomlarida chop etilgan. 1992-yilda „Andijonnoma“ nomiga oʻzgartirilgan.

Gazetada turli davrlarda Abdulhamid Choʻlpon, Asqad Muxtor, Saida Zunnunova, Olimjon Xoldor kabi yozuvchilar, taniqli tarjimon Rustam Abdurahmonov faoliyat koʻrsatgan. Turli yillarda tahririyatda mehnat qilgan Gʻulomjon Zaynobitdinov, Obloqul Egamov, Karimjon Yoʻldoshev, Yusufjon Gʻiyosov, Sobirjon Shokarimov, Muhammadjon Abdukarimov, Muqimjon Niyozov, Mahmudjon Norxoʻjayev, Rahbarxon Fayziboyeva, Toʻlqinboy Satimov, Abdumutal Abdullayev, Zahriddin Muhitdinov, Foziljon Siddiqov, Maxpiratxon Tojixalilova, Nazirjon Saidov, Najmiddin Ikromiy kabi qalami oʻtkir jurnalistlar faoliyat yuritgan.

Tahririyatda ishlagan jurnalistlar orasida Respublikada xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist faxriy unvonlariga sazovor boʻlganlar ham bor.

Gazeta tahririyati tashabbusi bilan 1970-yillarda tashkil etilgan ishchi va qishloq muxbirlari maktabini 2000-yilga qadar 1000dan ziyod tinglovchi bitirdi.

„Andijonnoma“ Andijon viloyatining oynasi sifatida bu yerda boʻlayotgan yirik qurilishlarning borishi haqida ba-tafsil maqolalar yoritgan. Jumladan, Andijon suv ombori qurilishi, Katta Fargʻona kanali qurilishi, toʻqimachilik va yengil sanoat qurilishlari, „An-teks“ hamda boshqa qoʻshma korxonalar qurilishlari doimiy ravishda gazetaning diqqat markazida turgan. 2000-yil 31-mayda „Andijonnoma“ va „Andijanskaya pravda“ gazetalari birlashgan tahririyati tashkil etildi.

Tahririyatda iqtisodiyot, agro-sanoat, xatlar va ommaviy ishlar, ij-timoiy masalalar va maʼnaviyat hamda sport boʻlimlari ishlab turibdi. Oʻzbek tilidagi gazetaning adadi 2 mingdan ortiq (2023-yil holatiga).