Andoza:Yaxshi maqola
Daniya operatsiyasi (dancha: Invasionen af Danmark i 1940, nemischa: Die Besetzung von Dänemark) — Uchinchi reyxning Daniya qirolligiga qarshi harbiy operatsiyasi. U 1940-yil 9-aprelda boshlanib, atigi 6 soat davom etgan. Vermaxtning birinchi zarbasi Daniya aviatsiyasiga qaratilishi natijasida Daniya harbiy-havo kuchlari jiddiy yoʻqotishlarga uchragan va keyingi jangovar harakatlarda ishtirok etmagan. Tonggi soat 5:15 da Vermaxtning 170-piyoda diviziyasi va 11-oʻqchi brigadasi Daniya–Germaniya chegarasini kesib oʻtib, hujum boshlagan. Shuningdek, ayni shu vaqtda nemis qoʻshinlari Kopengagenga kirgan. Daniya harbiy-dengiz floti dushmanga qarshilik koʻrsatmagan. Soat 7:20 da Daniya qiroli Christian X Daniya qurolli kuchlariga qarshilikni toʻxtatishni buyurgan. 7:30 da Norvegiya operatsiyasi uchun strategik jihatdan muhim boʻlgan Olborg aeroporti qoʻlga kiritilgan. Taxminan ertalabki 10:00 da Daniya armiyasining demobilizatsiyasi boshlangan. (Davomi...)