Andoza munozarasi:Korxonalar
Qiyofa
Andozaning tarkibiy qismlari
[manbasini tahrirlash]- Andoza Oʻzbekiston viloyatlari boʻyicha korxonalar deb nomlangan. Lekin, andozaning birinchi guruhi — Toshkent guruhida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi korxonalar aralash berilgan. Masalan, Ohangaronsement aksiyadorlik jamiyati Toshkent viloyatida joylashgan. Hududlar boʻyicha ajratilganda, Toshkent shahri va viloyati bitta hudud emasligi inobatga olinishi kerak.
- Andozada Oʻzbekistonning barcha hududlari (Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va 12 viloyat) uchun alohida guruhlar tashkil qilib, u hududlardagi korxonalar kiritilishi kerak.
- Andozada hozirda faoliyat yuritmayotgan ayrim korxonalar ham mavjud. Masalan, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi davlat aksiyadorlik jamiyati, Shahrisabz konserva aksiyadorlik jamiyati, Samarqand sino aksiyadorlik jamiyati. Bular yoki alohida guruhda koʻrsatilishi kerak, yoki umuman olib tashlanishi kerak.
- Andoza nomidan uning tarkibida korxonalar kiritilishi anglashilsa-da, lekin umuman dahli yoʻq maqolalar, masalan, InBazar, kiritilgan. Maʼlumot uchun, InBazar alohida MChJ sifatida hozirda nofaol korxona boʻlib[1], Toshkent shahrida InBazar brendi ostida 3 ta korxona faoliyat yuritadi. Keltirilgan maqola esa, InBazar brendi haqida.
- Andoza uchun juda umumiy nom tanlangan: Korxonalar. Andoza Oʻzbekiston korxonalari yoki Hududlar boʻyicha Oʻzbekiston korxonalari deb nomlanishi maqsadga muvofiq