Kontent qismiga oʻtish

InBazar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„InBazar“ MCHJ
Turi Masuliyati cheklangan jamiyat
Sanoat Erkak va ayollar kiyimlarini sotish
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 7-mart, 2018-yil (6 yil avval) (2018-03-07)
Joylashuvi Toshkent shahri
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Omadbek Xolmatov
Vebsayti inbazar.uz
Til(lar)i oʻzbek, rus

InBazar – har xil turdagi ayollar va erkaklar kiyimlarini sotuvchi savdo tarmogʻi[1]. InBazarning ilk doʻkoni 2018-yil 7-mart kuni Toshkent shahrida ochilgan. InBazar doʻkonlar tarmogʻiga andijonlik tadbirkor Omadbek Xolmatov tomonidan asos solingan. Inbazar doʻkonlar tarmogʻining 4 ta filialida erkaklar kiyimlari va oyoq kiyimlari, bitta Sergelida joylashgan „Inbazar_baby.uz“ filialida ayollar va bolalar kiyimlari sotiladi. InBazarda nafaqat kiyimlar va oyoq kiyimlar, balki telefonlar, atirlar, ko‘zoynaklar, aksessuarlar hamda sport anjomlari sotiladi[2].

Inson huquqlarining buzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 14-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Inbazar savdo tarmogʻi xodimi qoʻl ostidagi yosh xodimning kichik xatosi uchun kuch ishlatib, haqorat qilib, jazolayotgani aks etgan video tarqalgan[3]. Holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan kaltaklagan xodimga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirgan[4][5][6]. 15-sentyabr kuni Inbazar savdo tarmogʻi tomonidan jabrlangan xodimga uzurnoma sifatida chevrolet spark avtomashinasi sovgʻa qilingan[7]. Lekin bu ish shu bilan tugamagan. 15-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda kompaniyada xodimlarga munosabat azaldan yomon boʻlgani, kompaniya rahbarining oʻzi xodimlarini „samosud“ qilib kelganiga oid videolar tarqalgan. Turli davrlarga oid bu videolarda Xolmatov xodimlarini oʻzi urgani yoki boshqa shaxslarga urdirtirmoqchi boʻlgani, shuningdek, qattiq haqorat qilib, izza qilgani va bu holatlarni oʻzi videoga olganini koʻrish mumkin. Bunga javoban ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchilari va koʻplab blogerlar bu savdo tarmogʻi xizmatlaridan foydalanmaslikka, yaʼni boykotga chaqirgan[8][9]. Inbazar asoschisi zoʻravonlik qilayotgani aks etgan videolardagi holatlar eski boʻlib, hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Ammo, 16-sentyabr kuni Toshkent shahar „IIBB“ si holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlagan[10].

„Oʻzini hurmat qilgan odamlar qaytib Inbazarga yaqinlashmasligi kerak. Ongli isteʼmolchi boʻling. Koʻcha razborka va qon, insonlarning qadri toptalishi ustiga qurilgan bizneslarni gullatishga hissa qoʻshmang…“ – bloger Nurbek Alimov.