Kontent qismiga oʻtish

Korzinka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Korzinka
Korzinka Amore Mio supermarketi
Korzinka Amore Mio supermarketi
Turi biznes va ommaviy kompaniya
Shiori Odatdagidan yaxshi!
Qachon asos solingan

1996-yil (Anglesey Food sifatida)

2005-yil (Korzinka.uz sifatida, 2021-yil rebrendingdan so‘ng Korzinka sifatida)
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lari) Zafar Hoshimov
Mahsulot(lar)i "365 kun" , "Из Корзинки"
Vebsayti korzinka.uz

Korzinka — Oʻzbekistonda faoliyati xalq isteʼmol[1] mollari savdosiga asoslangan supermarketlar tarmogʻi. Korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi Anglesey Food kompaniyasiga tegishli hisoblanadi. Anglesey Food kompaniyasi 1996-yilda[2] tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdoning[3] supermarket shaklida faoliyat yuritishni boshlagan ilk tarmoqlardan biri sanaladi. Avvaliga kompaniya Anglesey Food brendi ostida “uy oldidagi doʻkonlar” formatida ish olib borgan. 2005-yilda tarmoq oʻz nomini Korzinka.uzga oʻzgartirgan[4]. Supermarketlar tarmog‘i 2021-yil oktabr oyida rebrendingni amalga oshirdi va rasmiy nomidan ".uz" domenini olib, Korzinka shaklida xizmat ko‘rsatmoqda[5].