Andrea Doria
Andrea Doria (italyancha: Andrea Doria; 1466-yil 30-noyabr, Oneglia — 1560-yil 25-noyabr, Genoa) — Genuyalik admiral, condottiero va davlat arbobi.
Hayotining erta yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Doria eski genuez zodagonlari — Dorialar oilasida tugʻilgan. Uning otasi Cheva Doria (italyancha: Ceva Doria), Oneglia lordi boʻlgan, onasi esa Karakoza Doria (italyancha: Caracosa Doria) boʻlgan. Doria erta yetim qoladi, askar sifatida avval Rim papasi Innokentiy VIIIni qoʻriqlovchi gvardiyada, soʻng Neapol qirollari Ferdinand I va Alfons II, shuningdek turli xil italyan shahzodalari qoʻl ostida hizmat qiladi.
1503—1506-yillarda Korsikada Genuya armiyasi safida urushgan. Oʻsha paytlarda Genuya Fransiya vassali edi va Doria fransuzlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonda qatnashadi. Oʻsha vaqtdan boshlab u harbiy dengiz qoʻmondoni shuhratiga erisha boshladi.
1513-yilda Doria Genuya galeralari boshqaruvini oʻz qoʻliga oldi. Bir necha yil davomida Doria boshchiligidagi genuez floti O`rta Yer dengizini qoʻriqlab, turklar va qaroqchilar bilan jang olib bordi.