Andrey Belozerskiy
Andrey Belozerskiy | |
---|---|
Tavalludi |
16-avgust 1905-yil |
Vafoti |
31-dekabr 1972-yil Moskva, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Unvoni | professor |
Mukofotlari |
Andrey Nikolayevich Belozerskiy (1905-yil16 (29)-avgust, Toshkent, Turkiston oʻlkasi, Rossiya imperiyasi – 1972-yil 31-dekabr, Moskva) – biokimyogar, SSSRda molekulyar biologiyaning asoschilaridan biri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1969).
SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1962-yildan 1958-yildan muxbir aʼzosi), SSSR Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (1971-yil 28-may – 1972-yil 31-dekabr). Nuklein kislotalarning tarkibi va ularning turli organizmlarda tarqalishi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. Gen sistematikasining asoslarini yaratgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belozerskiy 1905-yil 16-avgustda Toshkent shahrida amaldorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Nikolay Andreyevich Belozerskiy Oʻrta Osiyoga rus muhojirlari oilasidan boʻlgan. U sud palatasida advokat boʻlib ishlagan. Onasi Yevgeniya Semyonovna gimnaziyada musiqa oʻqituvchisi boʻlgan (bobosi Semyon Ivanovich Laxtin (1845–1892) – rus savdogari va Rossiya imperiyasida paxta biznesining asoschilaridan biri). Belozerskiylar oilasida uch nafar farzand bor edi: Nikolay, Lidiya va Andrey. 1913-yilda ota-onasi vafot etgandan soʻng, Andrey Belozerskiy Gatchina bolalar uyida tarbiya koʻrgan, ammo 1917-yil bahorida bolalar uyi yopilgandan soʻng, u Verniy shahriga xolasi Tatyana Semyonovna Ivanovaning oilasiga koʻchib oʻtgan[2].
Talabalik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrey Nikolayevich 1921-yilda 16 yoshida maktab guvohnomasini olmasdan, Toshkentdagi Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (SAGU)ning fizika-matematika fakultetiga oʻqishga kirgan. N. A. Dimo, A. L. Brodskiy, P. A. Baranov, I. A. Raikova, A. I. Vvedenskiy uning ustozlari boʻlgan. Talabalik davrida Andrey Nikolayevich SAGUda laborant (1923–1924) boʻlib ishlagan va 1925-yildan ishchilar fakultetida dars bera boshlagan. Universitetda mashhur biolog A. V. Blagoveshenskiy rahbarligida oʻzining birinchi ilmiy ishini yakunlagan. Nikolay baʼzi togʻ oʻsimliklari barglaridan olingan suvli ekstraktlarda vodorod ionlarining konsentratsiyasini oʻrgangan[3].
Belozerskiy 1927-yilda fizika-matematika fakultetini oʻsimliklar fiziologiyasi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1927–1930-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan[4].
Moskva universitetidagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andrey Nikolayevich 1930-yilda Moskvaga safari chogʻida Aleksandr Robertovich Kizel bilan uchrashgan va Moskva universitetida oʻsha paytda Kizel tomonidan yaratilgan oʻsimliklar biokimyosi kafedrasiga ishlashga taklif qilingan. Belazerskiy A. R. Kizel rahbarligida oʻsimlik ontogenezining turli bosqichlarida oʻsimlik oqsillarini, xususan, nuklein kislotalar bilan oqsillar majmuasi boʻlgan nukleoproteinlarni oʻrganishga kirishgan.
Belozerskiy Moskva davlat universitetining oʻsimliklar biokimyosi kafedrasida 1930-1932-yillarda assistent, 1932-1943-yillarda dotsent va 1943-1972-yillarda professor boʻlib faoliyat olib borgan. 1938-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilmasdan, unga fan nomzodi ilmiy darajasi berilgan. Andrey 1943-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun „Nukleoproteidi i polinukleinoviye kisloti rasteniy“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Белозерский Андрей Николаевич“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „БЕЛОЗЕРСКИЙ Андрей Николаевич (1905-72)“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „БЕЛОЗЕРСКИЙ Андрей Николаевич“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ "Belozerskiy Andrey Nikolayevich" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |