Kontent qismiga oʻtish

Andrey Deputat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andrey Deputat
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Andrey Deputat
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Oldin vakil boʻlgan Ukraina bayrogʻi Ukraina
Boʻyi 180
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 191.25
Qisqa dastur 64.91
Erkin dastur 126.34

Andrey Dmitrievich Deputat (ruscha: Андрей Дмитриевич Депутат; 1992-yil 20-dekabr, Kiyev, Ukraina) — sobiq rossiyalik figurali uchuvchi, juftlikda konkida uchish boʻyicha nusobaqalarda qatnashgan. Vera Bazarova va Vasilisa Davankova bilan birga sport juftligini hosil qilgan; Vasilisa bilan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.

2017-yil yanvar holatiga koʻra, Vasilisa/Andrey juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[1] reytingida 22-oʻrinni egallagan.

Andrey Deputat 1995-yilda Kiyevda (Ukraina) figurali uchishni mashq qila boshlagan. Galina Kuxar unga murabbiylik qilgan. Vladislava Ribka bilan birgalikda 2009-yilda AQShda boʻlib oʻtgan Liberty Summer International turnirida ishtirok etgan (oʻsmirlar darajasi; 2-oʻrin, 108,07 ball bilan).

Aleksandr 2010-yilda murabbiy Sergey Dobroskokovning guruhiga qoʻshilish uchun Moskvaga koʻchib oʻtdi. Deputat 2010—2011-yilgi mavsumdagi musobaqada Polina Safronova bilan birga chiqish qildi. Juftlik 2010-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi Moskva chempionatining kumush medali sovrindoriga aylandi.

2014-yil 9-aprelda Andrey Deputat Vera Bazarova bilan sport juftligini hosil qilgan. Kuzdan beri ular xalqaro musobaqalarda, avval Italiyada boʻlib oʻtgan musobaqada[2], keyin Nitsa kubogida chiqish qildilar. Ular Gran-prining Yaponiya boʻlib oʻtgan bosqichida toʻrtinchi oʻrinni egalladilar[3]. 2014-yil oxiridagi Rossiya chempionatida juftlik yana 4-oʻrinni egalladi[4].

Fevral oyi boshida juftlik Ispaniyada boʻlib oʻtgan Qishki Universiada musobaqasida chiqish qildi. Sportchilar qisqa dasturda yaxshi chiqish qildi va avvalgi sport yutuqlarini yaxshilab, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Biroq, erkin dasturda uchinchi oʻrindan pastga tushib qolishdi[5]. Juftlik fevral oyi oxirida boʻlib oʻtgan Rossiya kubogida uchinchi oʻrinni egalladi[6].

2017-yil avgust oyi oxirida Andrey sport faoliyatini yakunlab, hakamlik faoliyatiga oʻtishini eʼlon qildi. U juftlikda konkida uchish boʻyicha texnik mutaxassis boʻlish uchun sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtdi[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey 2016-yil 16-iyulda jamoaviy musobaqalar (muz ustida raqs) boʻyicha Olimpiya chempioni Yekaterina Bobrovaga uylangan[8].

V. Bazarova bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa 2014—2015 2015—2016 2016—2017
Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 4
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 WD
Qishki Universiada 4
Lombard Trophy 3
Nice xalqaro kubogi 2
Tirol Cup 1
Rossiya chempionati 5 6
Rossiya kubogi 3 1

V. Davankova bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Natijalar
Xalqaro
Musobaqa 2011—12 2012—13 2013—14
Nice kubogi 4
Xalqaro: (oʻsmirlar)
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 3 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 2 5
Gran-pri. Belarus 3
Gran-pri.Xorvatiya 3
Gran-pri.Estoniya 2
Gran-pri.AQSh 2
Milliy
Rossiya chempionati 5 7 5
Oʻsmirlar oʻrtasida figurali uchish boʻyicha Rossiya chempionati 1 WD 3
WD = musobaqani tark etgan (jarohat tufayli)
  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (5 января 2017). 2016-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-yanvar.
  2. „Lombardia Trophy. Пары: Базарова и Депутат заняли третье место.“. 23-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2014-yil.
  3. „Юко Кавагути и Александр Смирнов — серебряные призёры японского этапа Гран-при среди пар; Монько и Халявин — третьи после короткого танца.“. 22-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-noyabr 2014-yil.
  4. „Чемпионат России. Пары: Столбова и Климов победили, Тарасова — Морозов — 2-е, Кавагути — Смирнов — 3-и.“. 27-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2014-yil.
  5. „Андрей Депутат: это, конечно, не оправдание — элементы надо делать в любом состоянии.“. 7-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2015-yil.
  6. „Кубок России. Финал. Пары: Астахова — Рогонов победили, Даванкова и Энберт — 2-е“. 26-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-fevral 2015-yil.
  7. „Депутат объявил о завершении спортивной карьеры.“. 29-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2017-yil.
  8. „Боброву выписали из роддома.“. 28-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2019-yil.