Kontent qismiga oʻtish

Andrey Vlasichev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Vlasichev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Vladimirovich Vlasichev
Tavallud sanasi 27-yanvar 1981-yil (1981-01-27) (43 yosh)
Tavallud joyi Oʻsh, Qirgʻiziston SSR
Boʻyi 181 cm (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Raqami 4
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998 Jashtik-Oq-Oltin 1 (1)
1999 Soʻgʻdiyona 5 (0)
2000 Doʻstlik 7 (1)
2001—2003 Paxtakor 43
2003 Baltika 14 (2)
2004 Paxtakor 3 (1)
2004 Navbahor 13 (3)
2005—2006 Ordabasi 30 (1)
2006 Soʻgʻdiyona 11 (2)
2007—2008 Shoʻrtan 23 (1)
2009 Lokomotiv 3 (0)
2009 Qizilqum 7 (1)
2009 Buxoro 12 (3)
2010 Olmaliq 13 (0)
2010 Navbahor 4 (0)
2011 Lokomotiv 21 (6)
2012—2013 Qizilqum 39 (1)
2013 Shoʻrtan 4 (0)
Milliy terma jamoa
2001—2003 Oʻzbekiston 11 (0)
Boshqargan klublari
2015 Alay
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Andrey Vladimirovich Vlasichev (1981-yil 27-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbol murabbiy va professional sobiq futbolchi. Hozirda murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jizzaxdagi oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. 17 yoshida Qirgʻizistonning „Jashtik-Aq-Oltin“ klubi tarkibida professional debyut oʻyinini oʻtkazgan, 18 yoshidan esa „Soʻgʻdiyona“ jamoasi safida Oʻzbekiston oliy ligasida oʻynagan.

2000-yilda „Doʻstlik“ tarkibida Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻlgan, ammo mavsum davomida atigi 7 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2001-yilgi mavsumda Andrey „Paxtakor“ jamoasiga oʻtib, klub bilan chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan, 2002-yilgi mavsumda esa Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Bu yillar davomida ikki karra Kubok sohibi boʻlgan.

2003-yilgi mavsumda Andrey birinchi divizionda ishtirok etgan Rossiyaning „Baltika“ jamoasiga oʻtgan. Mavsum davomida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

2005—2006-yillarda „Ordabasi“ klubi tarkibida Qozogʻiston oliy ligasida oʻynagan. Ordabasi safida 30 ta oʻyin oʻtkazgan va 1 ta gol muallifi boʻlgan[1]. Qozogʻiston kubogi bahslarida ham ikkita gol rishga muvaffaq boʻlgan.

Faoliyatining ikkinchi yarmida asosan oʻrtamiyona jamoalar va Oʻzbekiston chempionatining autsayder jamoalari tarkibida oʻynagan. U professional faoliyatini 2013-yilda yakunlagan. Andrey Oʻzbekiston oliy ligasida jami 171 ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan.

Milliy terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyut uchrashuvini 2001-yilning 26-iyun kuni Hindistonga qarshi oʻtkazgan. Vlasichev 2001—2003-yillarda terma jamoa safida jami 11 ta oʻyin oʻtkazgan[2].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda u Qirgʻizistonning „Alay“ klubini boshqargan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Vladimir Vlasichev (1955-yilda tugʻilgan), sobiq futbolchi, murabbiy. Ukasi Anatoliy (1988-yilda tugʻilgan) ham futbolchi boʻlib, Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻynagan[3].

  1. „«Восток» Усть-Каменогорск 0 : 1 «Ордабасы» Чимкент“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  2. „Индия 1 : 2 Узбекистан“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.
  3. „ПОДДЕРЖИВАЯ ДЕТСКИХ ТРЕНЕРОВ“. 2019-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-yanvar.