Kontent qismiga oʻtish

Soʻgʻdiyona (futbol klubi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soʻgʻdiyona PFK
Toʻliq nomi Soʻgʻdiyona professional futbol klubi
Laqabi Bo'rilar
Asos solingan 1970-yil
Stadion Soʻgʻdiyona (stadion)
Stadion hajmi 11,650
Bosh direktori  UZB Javlon Salohitdinov
Murabbiyi  UZB Ivan Bošković
Vebsayt http://fcsogdiana.uz/
Musobaqasi Superliga
2024 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Soʻgʻdiyona professional futbol klubi (oʻzbekcha: "Сўғдиёна" Жиззах Футбол Клуби) Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi futbol klub, Oʻzbekiston Superligasi vakili[1].

„Soʻgʻdiyona Jizzax“ futbol klubi 1970-yilda tashkil topgan boʻlib, u Soʻgʻdning qadimiy tarixiy hududi sharafiga nomlangan. Sovet davrida klub asosan SSSR chempionatining ikkinchi va birinchi ligalarida ishtirok etgan. 1979-yilda SSSR Ikkinchi ligasining „Markaziy Osiyo“ zonasi gʻolibi boʻldi. 1992-yilgi Oʻzbekiston Oliy ligasining debyut qur’asida „Soʻgʻdiyona“ shov-shuvli tarzda ushbu liganing bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, ular uch marta Oʻzbekiston Birinchi ligasi (hozirgi Oʻzbekiston Pro-ligasi) gʻolibi, bir marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Oʻzbekiston PFL kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan. Oʻzbekiston Superligasidagi eng yaxshi natijasi ikkinchi oʻrindir (2021).

1970-yilda „Jizzax“ nomi bilan tashkil etilgan (baʼzi manbalarda — DSK). Oʻsha yili u SSSR chempionatining „B“ toifasida debyut qildi va 17-oʻrinni egalladi.

1973-yildan jamoa Ikkinchi ligada qatnashadi. 1979-yildan 1985-yilgacha ushbu ligada oʻynab, Birinchi ligaga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ammo, keyinchalik yana tushib ketganidan soʻng, u Ikkinchi ligada (SSSR parchalanib ketgunga qadar) oʻynaydi.

SSSR kubogida 1985/86-yilgi mavsumda 1/16 finalga chiqdi. Bundan tashqari, klub ayrim davrlarda Oʻzbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan. Jamoa Sovet davrida armiya jamoasi sifatida faoliyat yuritgan.

1992-yilda Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1-mamlakat chempionati oʻtkazildi va „Soʻgʻdiyona“ Oʻzbekiston Oliy ligasida debyut qiladi.

Oʻsha mavsumda Jizzax jamoasi shov-shuvli tarzda bronza medallarini qoʻlga kiritdi (Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalari bir xil ochkolar toʻplagani uchun chempionlikni boʻlishishdi, shu sababli kumush medallar hech kimga nasib etmadi).

„Soʻgʻdiyona“ 2002-yilgacha Oliy ligada oʻynab, oʻsha mavsum oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2003-yilgi mavsumda Birinchi liga turnirida gʻalaba qozonib, yana Oliy ligaga qaytdi, ammo 2006-yil oxirida  yana yuqori divizionni tark etdi.

Oradan bir mavsum oʻtib „Soʻgʻdiyona“ yana Oliy ligaga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo keyin yana ikki marta quyi ligaga tushib chiqib, mamlakat oliy divizioniga qaytdi va shu tariqa „lift klubi“ga aylandi. Shu bilan birga, 2011 va 2012-yillarda Oʻzbekiston PFL kubogini qoʻlga kiritgan.

2013-yilgi mavsumdan to hozirgacha Oliy ligada (hozirgi Oʻzbekiston Superligasi) ishtirok etib kelmoqda.

2021-yilda oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston chempionatining kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi Osiyo Chempionlar Ligasi pley-offida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub OFK kubogiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqada 1/2 finalgacha yetib borgan.

Nomlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixda Soʻgʻdiyona futbol klubining bir necha bor nomi oʻzgargan.

Muddat Ism
1970—1972 FC Jizzax (Yana: DSC)
1973—1975 Trud Jizzax
1975—1976 FC Jizzax
1976—1977 Irrigator Jizzax
1978—1981 Boʻston Jizzax
1982—1985 Zvezda Jizzax
1986—1989 Yoshlik Jizzax
1990—h. v. Soʻgʻdiyona Jizzax

Ichki chempionatlardagi ishtiroki

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng koʻp gol urganlar
Div. O'rin Oʻ. Yu. D. M. G. U. G. Q. N. Ismi Liga
1992 1 3 32 23 2 7 78 27 48 Chorak final Oʻzbekiston Samad Narziqulov 14
1993 1 4 30 16 8 6 47 31 40 Nimchorak final Oʻzbekiston Baxtiyor Gʻofurov 8
1994 1 6 30 14 7 9 53 35 35 Chorak final Oʻzbekiston Furqat Esonboyev 18
1995 1 9 30 11 3 16 43 50 36 Yarim final Oʻzbekiston Yerbulat Yeraliyev 8
1996 1 12 30 9 3 18 32 61 30 Dastlabki guruh bosqichi Oʻzbekiston Zinur Ziganshin

Oʻzbekiston Furqat Esonboyev

10
1997 1 8 34 15 7 12 51 46 52 Nimchorak final Oʻzbekiston Zinur Ziganshin 18
1998 1 4 30 16 4 10 56 43 52 Chorak final Oʻzbekiston Aleksey Jdanov 18
1999 1 13 30 8 8 14 43 52 32 N/A Oʻzbekiston Aleksey Jdanov 15
2000 1 17 38 9 5 24 46 96 32 Chorak final Oʻzbekiston Aleksandr Mochinov 9
2001 1 10 34 14 5 15 45 51 47 Chorak final Oʻzbekiston Qobil Aliqulov 13
2002 1 16 30 8 5 17 33 55 29 1/16 final Oʻzbekiston Qobil Aliqulov 12
2003 2 1 28 23 3 2 83 21 72 Chorak final Oʻzbekiston Qobil Aliqulov 23
2004 1 8 26 9 2 15 27 47 29 Chorak final Oʻzbekiston Rasul Hayitov 11
2005 1 14 26 5 4 17 16 53 19 Nimchorak final Oʻzbekiston Shahboz Erkinov 5
2006 1 15 30 7 3 20 23 48 24 Ikkinchi saralash bosqichi Oʻzbekiston Saidolim Sharofuddinov 4
2007 2 1 38 26 7 5 79 27 85 Ikkinchi saralash bosqichi Oʻzbekiston Bekzod Abdumoʻminov 15
2008 1 11 30 8 9 13 32 48 33 Nimchorak final Oʻzbekiston Shahboz Erkinov 13
2009 1 16 30 6 6 18 24 66 24 Nimchorak final Oʻzbekiston Davron Fayziyev 6
2010 2 2 30 21 3 6 57 21 66 Ikkinchi saralash bosqichi Oʻzbekiston Bahodir Pardayev 26
2011 1 16 26 4 5 17 32 51 17 Chorak final Oʻzbekiston Suhrob Neʼmatov 7
2012 2 1 30 22 1 7 71 40 67 Nimchorak final Oʻzbekiston Hurshid Yoʻldoshev 26
2013 1 10 26 8 4 14 34 54 28 Ikkinchi saralash bosqichi Oʻzbekiston Suhrob Berdiyev 7
2014 1 13 26 7 3 16 32 49 24 1/32 final bosqichi Oʻzbekiston Suhrob Berdiyev 5
2015 1 15 30 8 2 20 31 60 26 Chorak final Oʻzbekiston Jasur Hakimov 6
2016 1 10 30 9 7 14 23 41 34 Nimchorak final Oʻzbekiston Ixtiyor Toshpoʻlatov 5
2017 1 13 30 8 7 15 33 51 31 Nimchorak final Oʻzbekiston Sanjar Rashidov 14
2018 1 11 20 6 6 8 18 23 24 Nimchorak final Serbiya Nikola Milinković
Oʻzbekiston Oybek Nurmatov
Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov
4
2019 1 4 26 11 7 8 29 29 40 Chorak final Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov 9
2020 1 6 26 10 8 8 34 32 38 Nimchorak final Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov 12
2021 1 2 26 12 11 3 28 15 47 Chorak final Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov 10
2022 1 6 26 9 7 10 31 31 34 Yarim final Oʻzbekiston Shoxruz Norxonov 10
2023 1 11 26 7 6 13 29 38 27 Guruh bosqichi Belgiya Dženan Zajmović 8
2024 1 4 26 12 7 7 41 29 43 Chorak final Shimoliy Makedoniya Ljupcho Doriyev 12
2025

Xalqaro Musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ma'lumotlar 2022-yil 5-oktyabrga oid[2]
Musoboqa Oʻyin D M UG OʻG +/- O
AFC Cup 6 5 1 0 13 3 +10 15
Umumiy 6 5 1 0 13 3 +10 15
Mavsum Musoboqa Bosqich Klub Uy Safar Natija
2022 AFC Cup E guruhi Qirgʻiziston Neftchi Qoʻchqor-Ota 2-0 1-o'rin
Tojikiston SSKA Pomir 3-2
Turkmaniston Oltin Asir FK 3-1
Markaziy Osiyi zona finali Tojikiston Xoʻjand 4-0
Inter-zona play-off yarim final Gonkong Eastern Long Lions 1-0
Inter-zona play-off final bosqichi Malayziya Kuala Lumpur City 0-0 (q.v)

(3–5 p)

Joriy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
3-mart 2024-yil holatiga[3]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Shohruh Isoqov
2  UZB HM Sardor Qulmatov
3  UZB HM Islom Qobilov
4  UZB HM Otabek Ahadov
5  UZB HM Jasurbek Yoqubov
6  UZB HM Alisher Salimov
7  UZB YH Muhammadsafo Fozilov
8  MNE YH Vladimir Jovović
9  UZB HJ Samandarjon Mavlonqulov
10  UZB YH Shohruxbek Abdurahmonov
11  MNE HJ Zoran Petrović
14  MKD HJ Ljupcho Doriyev
15  UZB HM Xondamir Mustafoqulov
17  UZB YH Samandar Sindarov
18  UZB YH Suhrob Izzatov
18  UZB YH Umid Sultonov
Amplua Futbolchi
21  UZB DR Muhammadyusuf Sobirov
22  BLR HM Aleksey Nosko
27  SRB DR Milan Mitrović
28  UZB HM Stanislav Andreyev
30  UZB YH Ibrohimjon Toʻraqulov
32  UZB YH Nodirjon Soyibov
33  UZB YH Oleg Zoteyev
34  UZB YH Dilshodbek Misraliyev
38  UZB HM Isroil Malikov
43  UZB HJ Sherzod Mirzajonov
44  UZB YH Sanjar Rashidov
63  UZB HM Nizomiddin Farhodov
72  UZB HM Mirasror Mirabrorov
90  UZB HJ Ulugʻbek Kenjayev
99  UZB YH Bekzod Xoliqulov

Klubning uy stadioni Jizzax markaziy stadioni hisoblanadi, stadion 1970-yili qurilgan, sigʻimi 9,000 kishiga moʻljallangan.[4] 2012-yili stadion taʼmirlash uchun yopildi. 2013, 2014, 2015 va 2023-yilgi mavsumni Soʻgʻdiyona Zomin stadionida oʻtkazdi. Hozirda jamoa Soʻgʻdiyona stadionida oʻtkazmoqda. 2015-yilda yangilangan „Markaziy“ stadionining qurilish ishlari nihoyasiga yetdi. Stadion nomi „So‘g‘diyona“ sport majmuasiga o‘zgartirildi va 11 650 tomoshabinga mo‘ljallangan. 2015-yil 26-iyun kuni „So‘g‘diyona“ — „Qo‘qon-1912“ o‘rtasidagi liga o‘yini bilan stadion rasman ochildi, bu o‘yinda „So‘g‘diyona“ 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.[5]

Texnik xodimlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
15 July 2022
Lavozim Ism
Bosh murabbiy Chernogoriya Ivan Bošković
Yordamchi murabbiy Chernogoriya Rade Petrović
Yordamchi murabbiy Oʻzbekiston Ulugʻbek Boqiyev
Darvozabonlar murabbiyi Oʻzbekiston Mixail Naumov

Ayollar futboli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asosiy maqola: Soʻgʻdiyona (ayollar futbol klubi)

Klub shuningdek, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ deb nomlangan ayollar futbol jamoasini ham tashkil etilgan. 2022-yilgi ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etmdi. Tarixda[6][7] ilk bor Oʻzbekiston nomidan finalda qatnashdi va chempionlikni qoʻlga kiritdi.[8]

Boshqaruv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh murabbiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Согдиана—Transfermarkt“. 2021-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-noyabr.
  2. „ОФК Кубоги. Норхоновнинг голи "Сўғдиёна"ни ҳудудлараро финал босқичига олиб чиқди“ (6 сентябрь 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  3. „Soʻgʻdiyona tarkibi“. pfl.uz. 2024-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-mart 2024-yil.
  4. „Центральный (Джизак)“ (ruscha). allstadiums.ru. 30-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „ru:Генсек ФФУ принял участие в открытии нового стадиона в Джизаке“ (ru). sports.uz (2015-yil 25-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-iyun.
  6. „Аёллар бўйича Осиё чемпионати. "Сўғдиёна-W" мусобақа финалига йўл олди“ (23 август 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  8. „AFC Women's Club Championship. "Сўғдиёна-W" Эрон жамоасини енгиб, Ғарбий минтақа ғолибига айланди“ (23 авг 2022). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-sentyabr 2022-yil.
  9. „Информация о тренерах футбольного клуба «Согдиана» на сайте footballfacts.ru“. 2017-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.
  10. „Fayziev 5 yillik faoliyatdan so'ng "So'g'diyona"ni tark etdi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  11. „Rasman: Igor SHkvirin “So'g'diyona” bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  12. „Rasman! Aleksandr Mochinov "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  13. „FAKT! Mochinov "Buxoro" bilan qilgan ishini "So'g'diyona" bilan ham takrorladi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  14. „Rasman. Sergey Lushan - "So'g'diyona" bosh murabbiyi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  15. „Расмий хабар: Улуғбек Бақоев - "Сўғдиёна" бош мураббийи“ (21 апр 2019). 2022-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2022-yil.
  16. „"So'g'diyona"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi“. 2023-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
  17. „Ёрқин Назаров - «Сўғдиёна» бош мураббийи“. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.