Oʻzbekiston Pro ligasi
Davlat | Oʻzbekiston |
---|---|
Konfederatsiya | Osiyo Futbol Konfederatsiyasi |
Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 2 |
Tashkil etilgan | 1992 |
Yuqori divizion | Superliga |
Quyi divizion | Oʻzbekiston Birinchi ligasi |
Ichki kuboklar |
Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Liga kubogi |
TV hamkorlar | Uzreport TV |
Veb-sayt | pfl.uz |
Joriy mavsum: 2024-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi |
Oʻzbekiston Pro Ligasi – professional klublar oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasidan keyin maqomi boʻyicha ikkinchi darajali musobaqa hisoblanadi[1].
Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab va 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili OʻzPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, Oʻzbekiston Birinchi ligasi – Oʻzbekiston Pro Ligasi nomini olgan[2]. Oʻzbekiston Pro Ligasi turnirlari Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Pro Ligasi gʻolibi va 2-oʻrin sohibi Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oladi, Pro Ligada 3-oʻrinni egallagan klub esa Superligada 12-oʻrinni band etgan jamoaga qarshi Oʻtish oʻyinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional Futbol ligasi Musobaqalar reglamentiga koʻra, Oʻtish oʻyini Pro liga jamoasi maydonida tashkil etiladi. Mavsum yakunida Pro ligada soʻnggi oʻrinni egallagan klub yangi mavsumni Oʻzbekiston Birinchi ligasida boshlaydi.
Pro liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston kubogi va Oʻzbekiston Liga kubogida ishtirok etadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati 1992-yildan beri oʻtkazib kelinadi. Musobaqadagi jamoalar tarkibi va soni vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borgan. Musoboqaning dastlabki mavsumida 16 ta jamoa ishtirok etgan. Liga turniri yakunida Gulistonning „Shifokor“ va Toshkent viloyatining „Politodel-Ruor“ jamoasi Oliy ligaga yoʻllanma qoʻlga kiritgan. Musobaqada ishtirokchilari soni turli yillarda turlicha boʻlgan. 1995-yilgi mavsumda ilk bor liga sharq va gʻarb mintaqalariga boʻlib oʻtkazilgan va ikkinchi bosqichda yuqori oʻrinni egallagan jamoalar birlashtirilgan. Liga mavsumi davomida jami 26 ta jami ishtirok etagan. 1997-yilgi mavsumda liga tarixidagi eng koʻp jamoa ishtirok etgan yil saifatida tarixga kirgan. Oʻsha yilgi mavsumda ligada 27 jamoa ishtirok etgan.
2018-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasida 16 ta jamoa ikki bosqichli tizimda (30 tur), uy va mehmonda ishtirok etdi. 2019-yilda Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilib 24 ta klub 4 davrali tizimda oʻynadi (28 tur, 2 ta uy va safarda). 2020-yildan Oʻzbekiston Pro Ligasi A va B ligalarga ajratilishi tugatilib, 10 ta jamoadan iborat yaxlit ligaga aylantirildi va B liga oʻrnida Oʻzbekiston Birinchi ligasi (ahamiyati jihatidan futbol tuzilmasida 3-darjali liga) tashkil etildi. Ayni paytda Pro ligada ishtirokchi jamoalar soni 8 tani tashkil etadi[1].
Nomlanish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikkinchi darajali musobaqa dastlab Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 1992—2017-yillarda Oʻzbekiston Birinchi ligasi sifatida oʻtkazilgan musobaqa 2017-yil 21-noyabr kuni OʻzPFLning tegishli qarori bilan 2018-yilgi mavsumdan boshlab rasman Oʻzbekiston Pro Ligasi deb oʻzgartirilgan.
Rekordlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liganing tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liga har mavsumdagi ishtirokchi jamoalar soniga qarab reglament oʻzgarib borgan. Yangilangan dastlabki reglament ilk bor 2017-yilda eʼlon qilingan[3]. 2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchilar soni 8 jamoaga tushirildi va reglamentdagi oʻzgarishlar eʼlon qilindi[4]. Reglamentga koʻra birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan klublar Oʻzbekiston Superligasiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma qoʻlga kiritadi. LIga mavsumi soʻngida sakkizinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa Birinchi ligaga tushiriladi.
Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko va durang uchun bir ochko oladi . Magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar umumiy ochkolar boʻyicha tartiblangan. Agar jamoalar ochkolari teng boʻlsa, qoidalar quyidagi tartibda qoʻllanadi:
- oʻzaro uchrashuv(lar) natijasiga koʻra;
- oʻzaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga koʻra;
- oʻzaro uchrashuvlarda urilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqiga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda urilgan va oʻtkazib yuborilgan toʻplar farqiga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda urilgan toʻplar soniga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan toʻplar soniga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda erishilgan gʻalabalar soniga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda uchralgan magʻlubiyatlar sonining aks taʼsiriga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda safar oʻyinlarida erishilgan gʻalabalar soniga koʻra;
- barcha uchrashuvlarda uy oʻyinlarida uchralgan magʻlubiyatlar sonining aks taʼsiriga koʻra.
Pro liganing barcha ishtirokchi klublari oʻz tuzilmasida, shuningdek, U-19 jamoasiga ham ega. Ushbu jamoalari Superliga klublarining U-19 tarkiblari qatori umumiy Oʻzbekiston U-19 chempionatida ishtirok etadi.
Pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Liga mavsumi soʻngida uchinchi va toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar 2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasining 12 va 13-oʻrinini qoʻlga kiritgan jamoalari bilan Oʻzbekiston Superligasi yoʻllanmasi uchun Pley-off (oʻtish oʻyinlari) oʻyinlarini oʻtkazadi.
Media qamrovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Pro Ligasi uchrashuvlari Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali namoyish etiladi[5]. Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasining Uzreport TV bilan Pro liga uchrashuvlari teletranslyatsiyasi boʻyicha tuzgan shartnomasi 2024-yil 31-dekabrga qadar moʻljallangan. Rejaga muvofiq, Uzreport TV Pro liga uchrashuvlari jonli translyatsiyasi sonini yildan-yilga koʻpaytirib bormoqda.[6][7]
Homiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Pro liga darajasini oshirish boʻyicha 2020-yildan boshlab koʻplab loyihalarni amalga tatbiq etib kelyapti[8]. 2021-yilda Uzreport TV va Oʻzbekiston Professional futbol ligasi va Volkswagen shirkati ilk homiylik shartnomasi imzolashdi va shu tariqa tarixda ilk marta Oʻzbekiston Pro ligasi oʻz homiysiga ega boʻldi[9].
Joriy jamoalar – Stadion va joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar | Joylashuvi | Stadionlar | Sigʻimi |
---|---|---|---|
Aral | Nukus | QRFAM | 4,000 |
Buxoro | Buxoro | Doʻstlik stadioni | 8,000 |
Doʻstlik | Toshkent | Doʻstlik stadioni | 8,000 |
Mashʼal | Muborak | Bahrom Vafoev nomli stadion | 10,000 |
Olimpik MobiUZ Toshkent | Toshkent | Doʻstlik stadioni | 8,000 |
Qoʻqon 1912 | Qoʻqon | Istiqlol stadioni | 20,000 |
Shoʻrtan | Gʻuzor | Gʻuzor stadioni | 7.000 |
Xorazm | Urganch | Xorazm (stadion) | 13.500 |
Jamoa oʻzgarishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Reyting jadval 1992—2022-yillardagi mavsumlardagi natijlari asosida tuzilgan.
Umumuiy reyting jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pos | Jamoa | Mavsum | Oʻyin | Gʻal | Dur | Magʻ | U.G. | Oʻ.G. | G/F | Ochko | 1 | 2 | 3 | Eng yaxshi |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Xorazm (Xorazam) | 21 | 684 | 319 | 115 | 255 | 1098 | 977 | +121 | 1072 | ||||
2 | NBU-Osiyo (Toshkent) | 17 | 652 | 303 | 101 | 186 | 1052 | 733 | +319 | 1010 | ||||
3 | Shahrixon Rash Milk (Andijon) | 18 | 636 | 267 | 94 | 275 | 943 | 977 | −34 | 895 | ||||
4 | Kimyogar (Toshkent) | 14 | 500 | 253 | 82 | 165 | 925 | 634 | +291 | 841 | ||||
5 | Zarafshon (Navoiy) | 17 | 550 | 261 | 82 | 217 | 858 | 837 | 835 | |||||
6 | Sementchi (Quvasoy) | 12 | 423 | 249 | 60 | 114 | 876 | 482 | 807 | |||||
7 | Shoʻrchi-Lochin | 16 | 576 | 238 | 95 | 253 | 944 | 979 | 802 | |||||
8 | Orol | 21 | 674 | 224 | 95 | 255 | 790 | 1282 | 760 | |||||
9 | Shoʻrtan (Gʻuzor) | 15 | 495 | 223 | 63 | 199 | 871 | 704 | 737 | |||||
10 | Guliston | 12 | 428 | 212 | 75 | 151 | 744 | 536 | 689 | |||||
11 | Mash’al (Muborak) | 11 | 364 | 217 | 64 | 95 | 762 | 370 | 675 | |||||
12 | Qoʻqon 1912 | 10 | 348 | 195 | 58 | 95 | 674 | 436 | 643 | |||||
13 | Kosonsoy | 16 | 510 | 189 | 84 | 257 | 706 | 921 | 630 | |||||
14 | Mash’al-2 (Muborak, Qashqadaryo) | 11 | 344 | 151 | 70 | 123 | 512 | 420 | 521 | |||||
15 | Qizilqum | 8 | 306 | 156 | 54 | 100 | 477 | 377 | 490 | |||||
16 | Sitora (Buxoro) | 10 | 382 | 148 | 53 | 179 | 560 | 682 | 475 | |||||
17 | Oqtepa | 11 | 380 | 185 | 53 | 140 | 665 | 568 | +97 | 608 | ||||
18 | Yangiyer | 9 | 260 | 129 | 41 | 90 | 548 | 358 | 428 | |||||
19 | Norin | 9 | 336 | 128 | 65 | 143 | 463 | 538 | 414 | |||||
20 | Gʻallaorol | 11 | 348 | 121 | 53 | 186 | 455 | 688 | 406 | |||||
21 | XIva | 8 | 294 | 220 | 41 | 123 | 394 | 469 | 401 | |||||
22 | Surxon | 11 | 324 | 117 | 53 | 144 | 406 | 479 | 396 | |||||
23 | Uz-Dong-Ju | 6 | 202 | 82 | 29 | 71 | 323 | 255 | 387 | |||||
24 | Istiqlol (Toshkent) | 7 | 276 | 109 | 52 | 114 | 441 | 432 | 382 | |||||
25 | Zomin | 10 | 258 | 109 | 38 | 121 | 435 | 424 | 365 | |||||
26 | Lokomotiv BFK | 10 | 312 | 111 | 43 | 158 | 418 | 541 | 353 | |||||
27 | Dinamo (Samarqand) | 6 | 176 | 109 | 33 | 34 | 274 | 165 | 338 | |||||
28 | Metallurg (Bekobod) | 6 | 238 | 108 | 45 | 84 | 392 | 305 | 333 | |||||
29 | Rohat (Qibray) | 6 | 250 | 96 | 42 | 115 | 379 | 438 | 331 | |||||
30 | Andijon | 5 | 156 | 106 | 29 | 21 | 330 | 128 | 317 | |||||
31 | Bagʻdod | 6 | 234 | 96 | 35 | 92 | 358 | 319 | 300 | |||||
32 | Soʻgdiyona | 4 | 126 | 91 | 2 | 20 | 293 | 139 | 300 | |||||
33 | Chilonzor | 3 | 136 | 75 | 23 | 48 | 309 | 155 | 248 | |||||
34 | Nasaf-2 | 9 | 251 | 76 | 29 | 134 | 336 | 471 | 242 | |||||
35 | Nasaf | 5 | 192 | 81 | 26 | 75 | 279 | 299 | 235 | |||||
36 | Shayxontohur | 7 | 232 | 68 | 31 | 133 | 320 | 516 | 235 | |||||
37 | Alanga | 7 | 200 | 69 | 22 | 109 | 256 | 391 | 229 | |||||
38 | AGMK | 4 | 150 | 64 | 33 | 53 | 231 | 209 | 225 | |||||
39 | Gʻazalkent | 5 | 204 | 67 | 30 | 107 | 230 | 365 | 222 | |||||
40 | Navbahor-2 | 4 | 160 | 66 | 31 | 63 | 218 | 226 | 220 | |||||
41 | Vobkent | 3 | 112 | 69 | 14 | 29 | 252 | 163 | 218 | |||||
42 | Paxtakor-2 (Toshkent) | 7 | 212 | 55 | 42 | 115 | 289 | 406 | 213 | |||||
43 | Istiqlol (Fargʻona) | 4 | 114 | 66 | 14 | 34 | 204 | 116 | 212 | |||||
44 | Yoshlik (Toʻraqoʻrgʻon, Namangan) | 6 | 220 | 76 | 25 | 129 | 273 | 459 | 207 | |||||
45 | Hazorasp (Hazorasp, Xorazm) | 4 | 140 | 61 | 17 | 62 | 220 | 117 | 200 | |||||
46 | Lokomotiv (Toshkent) | 3 | 90 | 60 | 12 | 18 | 226 | 70 | 192 | |||||
47 | Toʻqimachi (Fargʻona) | 3 | 132 | 58 | 13 | 61 | 236 | 244 | 187 | |||||
48 | Gʻijduvon (Buxoro) | 7 | 196 | 52 | 38 | 106 | 248 | 404 | 185 | |||||
49 | Atlaschi (Margʻilon, Fargʻona) | 6 | 167 | 66 | 26 | 75 | 255 | 297 | 185 | |||||
50 | Hisor (Shahrizsabz, Qashqadaryo) | 4 | 180 | 54 | 18 | 108 | 262 | 436 | 180 | |||||
51 | Bunyodkor-2 (Toshkent) | 7 | 168 | 49 | 31 | 88 | 216 | 270 | 176 | |||||
52 | FK OLtinkol (Oltinkol, Andijon) | 2 | 136 | 57 | 21 | 58 | 215 | 223 | 174 | |||||
53 | Angren (Angren, Toshkent Vil) | 3 | 94 | 57 | 10 | 27 | 196 | 119 | 171 | |||||
54 | Yozyovon-Lochinlari | 4 | 128 | 50 | 17 | 61 | 194 | 249 | 167 | |||||
55 | Xotira-79 (Uychi, Namangan) | 6 | 180 | 48 | 21 | 111 | 232 | 438 | 165 | |||||
56 | Sherdor (Samarqand) | 5 | 138 | 48 | 16 | 64 | 189 | 250 | 160 | |||||
57 | Buxoro (Buxoro) | 3 | 76 | 47 | 14 | 15 | 149 | 68 | 154 | |||||
58 | Turon (Yaypan, Fargʻona) | 3 | 74 | 45 | 15 | 14 | 139 | 62 | 150 | |||||
59 | Chust-Paxtakor (Chust, Namangan) | 6 | 159 | 41 | 26 | 92 | 173 | 311 | 149 | |||||
60 | Quva FK (Quva, Fargʻona) | 4 | 136 | 44 | 15 | 77 | 65 | 262 | 147 | |||||
61 | Lokomotiv (Kogon Buxoro) | 4 | 144 | 58 | 19 | 67 | 229 | 213 | 146 | |||||
62 | Olimjon Akbarov (Yaypan, Fargʻona) | 3 | 98 | 42 | 19 | 37 | 123 | 107 | 145 | |||||
63 | Neftchi (Fargʻona) | 3 | 62 | 40 | 10 | 18 | 109 | 58 | 130 | |||||
64 | Obod (Toshkent) | 2 | 60 | 40 | 8 | 12 | 159 | 70 | 128 | |||||
65 | Boʻkalik (Toshkent Vil) | 2 | 94 | 35 | 17 | 42 | 139 | 155 | 122 | |||||
66 | Lochin (Zangi-ota, Toshkent Vil) | 2 | 80 | 36 | 7 | 37 | 138 | 185 | 115 | |||||
67 | Kattaqoʻrgʻon-Dinamo (Samarqand) | 2 | 72 | 33 | 12 | 27 | 108 | 91 | 111 | |||||
68 | Registon (Samarqand) | 4 | 112 | 31 | 12 | 69 | 125 | 186 | 105 | |||||
69 | Rubin (Nurafshon, Toshkent Vil) | 2 | 60 | 29 | 17 | 14 | 103 | 62 | 104 | |||||
70 | Zafar (Zafarobod, Jizzax) | 2 | 94 | 29 | 11 | 54 | 124 | 206 | 98 | |||||
71 | Akademiya (Toshkent) | 1 | 38 | 41 | 4 | 3 | 107 | 38 | 97 | |||||
72 | Spartak (Toshkent) | 3 | 81 | 24 | 23 | 34 | 87 | 81 | 95 | |||||
73 | MHSK (Toshkent) | 2 | 72 | 28 | 9 | 35 | 116 | 132 | −16 | 93 | ||||
74 | Toʻpalang (Sariosiyo, Surxondaryo) | 1 | 43 | 30 | 3 | 10 | 127 | 63 | 89 | |||||
75 | Diyor (Bulungʻur, Samarqand) | 2 | 98 | 25 | 13 | 61 | 119 | 177 | 88 | |||||
76 | Imkon-Oltariq (Oltariq, Fargʻona) | 2 | 60 | 26 | 8 | 26 | 71 | 91 | 86 | |||||
77 | Dinamo (Qashqadaryo) | 2 | 60 | 24 | 10 | 26 | 81 | 79 | 82 | |||||
78 | Bunyodkor (Toshkent) | 1 | 38 | 27 | 5 | 6 | 94 | 32 | 80 | |||||
79 | Mebelchi (Yangiyoʻl, Toshkent vil) | 2 | 84 | 24 | 14 | 46 | 71 | 126 | 74 | |||||
80 | Doʻstlik (Doʻstlik, Jizzax) | 1 | 34 | 21 | 6 | 7 | 60 | 21 | 69 | |||||
81 | Sokol (Uchquduq, Navoiy) | 1 | 34 | 22 | 3 | 9 | 55 | 33 | 69 | |||||
82 | Spartak (Buxoro) | 2 | 52 | 21 | 5 | 26 | 76 | 82 | 68 | |||||
83 | Nurafshon-Buxoro (Buxoro) | 2 | 66 | 20 | 6 | 40 | 92 | 125 | 66 | |||||
84 | Chagʻoniyon (Denov, Surxondaryo) | 2 | 68 | 18 | 11 | 39 | 87 | 160 | 65 | |||||
85 | Oltin-Boshoq (Samarqand) | 1 | 38 | 20 | 3 | 15 | 62 | 54 | 63 | |||||
86 | Sirdaryo (Guliston, Sirdayo) | 2 | 72 | 16 | 7 | 49 | 86 | 155 | 55 | |||||
87 | Baliqchi (Andijon) | 1 | 38 | 16 | 4 | 18 | 77 | 87 | 52 | |||||
88 | Doʻstlik (Toshkent Vil) | 1 | 30 | 21 | 5 | 4 | 61 | 26 | 47 | |||||
89 | Yigiruvchi (Jizzax) | 2 | 84 | 14 | 7 | 63 | 84 | 231 | 46 | |||||
90 | Iftixor (Oltariq, Fargʻona) | 2 | 60 | 14 | 6 | 40 | 61 | 166 | 45 | |||||
91 | Navoiazot (Navoiy) | 1 | 38 | 13 | 5 | 20 | 40 | 57 | 44 | |||||
92 | Miyonkol (Kattaqoʻrgʻon, Samarqand) | 1 | 38 | 14 | 2 | 22 | 51 | 78 | 44 | |||||
93 | Labsa (Buxoro) | 1 | 32 | 13 | 4 | 15 | 47 | 48 | 43 | |||||
94 | FK-Rishton (Rishton, Fargʻona) | 2 | 64 | 10 | 8 | 46 | 47 | 103 | 39 | |||||
95 | Popfen (Pop, Namangan) | 1 | 40 | 10 | 7 | 23 | 64 | 94 | 37 | |||||
96 | Doʻstlik (Jizzah) | 1 | 42 | 9 | 8 | 24 | 53 | 89 | 35 | |||||
97 | Qoʻshtepa (Qoʻshtepa, Fargʻona) | 1 | 32 | 8 | 11 | 13 | 37 | 51 | 35 | |||||
98 | Neftchi (Oltariq, Fargʻona) | 1 | 30 | 10 | 4 | 16 | 45 | 61 | 34 | |||||
99 | Sergili (Toshkent) | 2 | 72 | 10 | 3 | 59 | 58 | 178 | 33 | |||||
100 | Doʻrmon Sport (Toshkent) | 2 | 52 | 10 | 3 | 39 | 45 | 120 | 33 | |||||
101 | Buxoro-2 (Buxoro) | 2 | 52 | 9 | 6 | 37 | 51 | 130 | 33 | |||||
102 | Olimpik (Toshkent) | 1 | 20 | 9 | 4 | 7 | 38 | 24 | 31 | |||||
103 | Ohangaron-S (Oxangaron, Toshkent Vil) | 1 | 32 | 8 | 6 | 18 | 44 | 62 | 30 | |||||
104 | Soliqchi (Keles, Toshken Vil) | 1 | 32 | 8 | 6 | 18 | 27 | 58 | 30 | |||||
105 | Chigʻatoy (Chigʻatoy, Toshkent Vil) | 1 | 28 | 8 | 6 | 14 | 39 | 46 | 30 | |||||
106 | Urganch (Xorazm) | 1 | 38 | 8 | 5 | 25 | 42 | 94 | 29 | |||||
107 | Jomboy (Jomboy, Samarqand) | 2 | 52 | 7 | 4 | 41 | 36 | 105 | 25 | |||||
108 | Fc Olmaliq (Olmaliq) | 1 | 30 | 9 | 6 | 15 | 37 | 52 | 24 | |||||
109 | Yashnobod (Toshkent) | 1 | 28 | 7 | 3 | 18 | 39 | 78 | 24 | |||||
110 | Diyonat (Toshkent) | 1 | 30 | 9 | 5 | 16 | 30 | 29 | 23 | |||||
111 | Paxtachi (Uzun, Surxandaryo) | 1 | 30 | 9 | 4 | 17 | 40 | 64 | 22 | |||||
112 | Andijon-2 (Andijon) | 1 | 28 | 6 | 4 | 18 | 33 | 67 | 22 | |||||
113 | Shoʻrtan-2 (Gʻuzor, Qashqadaryo) | 1 | 22 | 4 | 7 | 11 | 25 | 38 | 19 | |||||
114 | Savay (Qoʻrgontepa, Andijon) | 1 | 30 | 7 | 4 | 19 | 25 | 79 | 18 | |||||
115 | Zirabuloq (Narpay, Samarqand) | 1 | 20 | 3 | 2 | 15 | 26 | 51 | 11 | |||||
116 | Ittifoq-Navoiy (Navoi) | 1 | 20 | 3 | 1 | 16 | 19 | 61 | 10 | |||||
117 | FK Toshkent (Toshkent) | 1 | 28 | 2 | 3 | 23 | 19 | 37 | 9 | |||||
118 | AOZSK (Andijon) | 1 | 34 | 2 | 3 | 29 | 17 | 88 | 9 | |||||
119 | Notukimachi (Pop, Namangan) | 1 | 30 | 4 | 0 | 26 | 16 | 34 | 8 | |||||
120 | Paxtaobod (Paxtaobod, Andijon) | 1 | 42 | 2 | 2 | 38 | 30 | 153 | 8 | |||||
121 | Romiton (Romiton, Buxoro) | 1 | 38 | 1 | 3 | 34 | 12 | 35 | 6 | |||||
122 | Zadaryo Trans (Mingbuloq, Namnagan) | 1 | 32 | 1 | 2 | 29 | 10 | 53 | 5 |
2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasi | |
2024-yilgi Oʻzbekiston Pro ligasi | |
2024-yilgi Oʻzbekiston Birinchi ligasi | |
Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi | |
Klub endi mavjud emas |
Barcha mavsumlar chempionlar, sovrindorlar va toʻpurarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsumlar boʻyicha barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublar boʻyicha gʻalabalar soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qalin yozilgan klublar 2024-yilgi mavsumda Pro ligada raqobatlashmoqda. Kursivdagi klublar endi mavjud emas.
Klub | Gʻolib | Gʻolib mavsumlar | 2-oʻrin | 3-oʻrin |
---|---|---|---|---|
Mashʼal | 4
|
1994, 2013, 2019, 2024 | 3
|
0
|
Qoʻqon 1912 | 3
|
1997, 2001, 2009 | 1
|
3
|
Soʻgʻdiyona | 3
|
2003, 2007, 2012 | 1
|
0
|
Andijon | 3
|
2005, 2018, 2022 | 1
|
1
|
Guliston | 2
|
1992, 2002 | 2
|
1
|
Xorazm | 2
|
1995, 2008 | 1
|
0
|
Shoʻrtan | 2
|
2004, 2014 | 0
|
0
|
Lokomotiv | 2
|
2011, 2023 | 1
|
0
|
Dinamo | 1
|
2016 | 4
|
1
|
Sementchi | 1
|
2017 | 1
|
3
|
Neftchi | 1
|
2021 | 1
|
0
|
Buxoro | 1
|
2010 | 2
|
0
|
Turon | 1
|
2020 | 0
|
1
|
Atlaschi | 1
|
1993 | 0
|
0
|
Zarafshon | 1
|
1996 | 0
|
2
|
Yangiyer | 1
|
1998 | 0
|
1
|
Semurgʻ | 1
|
1999 | 0
|
1
|
Akademiya | 1
|
2000 | 0
|
0
|
Bunyodkor | 1
|
2006 | 0
|
0
|
Obod | 1
|
2015 | 0
|
1
|
Doʻstlik (Toshkent viloyati) | 0
|
1
|
0
| |
Surxon | 0
|
1
|
0
| |
Kosonsoy | 0
|
1
|
1
| |
Chilonzor | 0
|
1
|
0
| |
Metallurg | 0
|
1
|
0
| |
Kimyogar (Chirchiq) | 0
|
1
|
1
| |
Toʻpalang | 0
|
1
|
0
| |
Vobkent | 0
|
1
|
0
| |
UzDongJu (Andijon) | 0
|
1
|
1
| |
Doʻstlik (Doʻstlik tumani) | 0
|
1
|
0
| |
Mashʼal-2 | 0
|
1
|
2
| |
Oqtepa | 0
|
1
|
1
| |
Norin (Haqqulobod) | 0
|
1
|
0
| |
Istiqlol (Fargʻona) | 0
|
1
|
1
| |
NBU Osiyo | 0
|
0
|
4
| |
Qizilqum | 0
|
0
|
2
| |
Bogʻdod | 0
|
0
|
1
| |
Sokol Uchquduq | 0
|
0
|
1
| |
Istiqlol Toshkent | 0
|
0
|
1
| |
Olimpik Toshkent | 0
|
0
|
1
|
Mavsumlar boʻyicha Pro liga sovrindor jamoalari murabbiylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Superligasi
- Oʻzbekiston Kubogi
- Oʻzbekiston Superkubogi
- Oʻzbekiston Liga kubogi
- Oʻzbekiston Birinchi ligasi
- Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Про Лига Узбекистана“. Transfermarkt.
- ↑ Pervaya Liga: 1996 – 1998, 25 Noyabrya 2008 (ruscha)
- ↑ „Высшая и Первая лиги Узбекистана сменят названия“ (ru). Gazeta.uz (2017-yil 21-noyabr).
- ↑ „O'zbekiston Superligasi va Pro ligasi reglamenti: 7-bob Proliga formati“. 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
- ↑ „Pro liganing media va tijorat huquqlari bo'yicha UZREPORT TV bilan kelishuvga erishildi“. pfl.uz (2020-yil 15-iyul). 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
- ↑ „Pro Liga vakillari translyatsiyalarni intiqlik bilan kutmoqda“ (2020-yil 30-iyul). 2022-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Pro Liga UzReport Tv va Futbol TV'da namoyish etiladi“ (15 iyu 2020 12:41). 20-iyul 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Volkswagen brendi Pro-liganing rasmiy homiysiga aylandi“ (2021-yil 26-aprel). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylandi“ (2021-yil 26-aprel). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Bunedkor-Kokand“ – pobeditel turnira, 29.10.2009 (Wayback Machine saytida 6 May 2016 sanasida arxivlangan) (ruscha)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Oʻzbekiston Pro ligasi haqida turkum mavjud |
- Oʻzbekiston Pro ligasi[sayt ishlamaydi] OʻzPFL saytida
- Oʻzbekiston Pro ligasi Transfermarkt saytida
- Oʻzbekiston Pro ligasi Soccerway saytida