Kontent qismiga oʻtish

Rauf Inileyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rauf Inileyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ishmirzayev Sadriddin Saidmuratovich
Tavallud sanasi 8-oktyabr 1950-yil (1950-10-08) (74 yosh)
Tavallud joyi Тoshkent
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Boʻyi 172 sm
Ampluasi yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1973-1975-yy.
?-?
1980-1984- yy.
1985-1988-yy.
Sovet Ittifoqi Paxtakor
Sovet IttifoqiMehnat
Sovet IttifoqiStart (Toshkent)
Sovet IttifoqiStar (Jizzax)
(? (?)
? (?)
104↑ (2)
116 (0))
Boshqargan klublari
1989-1990-yy.
1993-1996-yy.
1997-2000-yy.


2006-2007-yy.
2007-2008-yy.
2009-2010-yy.
2010-2011-yy.
2014-yil
2016-2017-yy.
Sovet Ittifoqi Star (Jizzax) klub bosh murabbiyi
OʻzbekistonChilonzor (Toshkent)
OʻzbekistonSoʻgʻdiyona
OʻzbekistonShoʻrtan
OʻzbekistonAndijon
OʻzbekistonOʻzbekiston (yosh.)
OʻzbekistonOʻzbekiston
OʻzbekistonBuxoro
OʻzbekistonSoʻgʻdiyona
QozogʻistonMaxtaaral
OʻzbekistonObod
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Inileyev Rauf Talgatovich (1950-yil 8-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) —oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchi sifatidagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rauf Inileyev oʻzining professional faoliyatini 1973-yil boshida futbolchi sifatida boshlagan. Oʻsha yili u Toshkentning „Pahtakor“ jamoasida toʻp surgan boʻlishiga qaramasdan asosiy jamoaga qoʻshila olmagan va 1975-yilda klubni tark etgan[1]. Keyingi yillarda „Mehnat“ (Jizzax), „Start“ (Toshkent) va „Star“ (Jizzax) klublarida oʻynagan.

1988-yilda esa uning oʻyin faoliyati yakunlangan.

Murabbiy sifatida ishga qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-yildan Jizzax viloyatidagi „Yoshlik“ klubida murabbiy boʻlib ishlagan. 1993-yil Toshkentda yangi tashkil etilgan „Chilonzor“ jamoasiga taklif qilingan va u yerda 1996-yilgacha faoliyat yuritgan. 1997-yilda „Soʻgʻdiyona“ futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi va 2000-yilgacha Jizzaxda ishlaydi[2]. Keyinchalik u „Shoʻrtan“ va „Andijon“ kabi klublarni ham boshqargan.

2006-yil boshida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan. Oʻsha yili Inileyev terma jamoasi bilan Qatarda boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Osiyo oʻyinlari chorak finaliga qadar yetib borgan. Keyinchalik 2006-yilning oxirida Valeriy Nepomnyashchiy bosh murabbiy lavozimidan bo ‘shatilganidan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2007-yil Osiyo Kubogida terma jamoa bilan birga ishtirok etgan[3]. Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalga chiqadi va Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnirni tark etadi. Rauf Inileyev oʻsha yili Oʻzbekistonda va „OFKda yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb topilgan.

2008-yil sentabr oyida 2010-yilgi jahon chempionati uchun saralash bahslari doirasida muvaffaqiyatsiz matchlardan soʻng Inileyev Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan chetlatiladi.

2009-yil yanvar oyida Rauf Inileyev „Buxoro“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi ammo shu mavsum oxirida Buxoro Oliy ligadan birinchi ligaga tushib, 15-oʻrinni egallaganligi sababli ishdan boʻshatiladi.

2010-yil 22-mart kuni Inileyev birinchi ligaga koʻtarilib olgan „Soʻgʻdiyona“ga bosh murabbiy etib tayinlagan. Bir yil oʻtib, Inileyev „Soʻgʻdiyona“ ni Oliy ligaga olib chiqdi ammo oʻsha mavsumda jamoa yana birinchi ligaga tushib ketadi. Bu magʻlubiyatdan keyin Rauf Inileyev yana ushbu klubni tark etadi.

2014-yil 21-yanvar kuni Inileyev Qozogʻistonning birinchi ligasida ishtirok etadigan Qozog istonning „Maxtaaral“ klubi bilan shartnoma imzolaydi[4]. Ammo 2014-yil 30-iyun kuni „Maxtaaral“ bosh murabbiyi lavozimidan isteʼfoga chiqadi. 2016-yil dekabr oyidan Toshkentning „Obod“ klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyatini davom ettirgan[5].

  • 2007-yilda „OFKdagi yilning eng yaxshi murabbiyi“;[6]
  • 2007-yilda „Yilning eng yaxshi murabbiyi“