Nodirbek Qoʻziboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nodirbek Qoʻziboyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nodirbek Qoʻziboyev
Tavallud sanasi 17-fevral 1985-yil (1985-02-17) (39 yosh)
Tavallud joyi Oltiariq tumani Fargʻona Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2007 Oʻzbekiston Neftchi 103 (15)
2008 Oʻzbekiston Paxtakor 17 (0)
2009 Xitoy Qingdao Hailifeng F.C. - (-)
2010—2011 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 6+ (0)
2011—2013 Oʻzbekiston Istiqlol Toshkent - (-)
2014—2016 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 45 (7)
2017 Oʻzbekiston Sementchi
Boshqargan klublari
2018—2019 Oʻzbekiston Iftixor (Yordamchi murabbiy)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nodirbek Qoʻziboyev (ruscha: Кузибаев Нодыр; 17- fevral 1985-yil, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR) – Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi va qanot vingeri pozitsiyalarida oʻynagan[1]. Bolalar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodirbek futbolchilik faoliyatini 2002-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubida boshlagan. 2008-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi safida oʻynagan. 2009-yilgi mavsumda Xitoyning „Qingdao Hailifeng F. C.“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2010-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 2011-yilgi mavsumda Toshkentning boshqa bir jamoasi, Istiqlol klubida faoliyatini davom ettirgan. 2014-yilgi mavsumda „Qoʻqon 1912“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi safida BAA oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida ishtirol etgan[2]. 2006-yilda Osiyo oʻyinlari musoboqasida Olimpiya terma jamoasi aʼzosi sifatida maydongga tushgan. Milliy terma jamoaning bir necha yigʻinlariga jalb etilgan boʻlsada rasmiy oʻyinlarda maydongga tushmagan.

Murabbiylik foaliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilgi mavsumda Oltariqning „Iftixor“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan[3] va jamoa tarkibidagi bir necha futbolchi bilan kelisha olmay urgani uchun futboldan butunlay chetlatilgan[4]. 2019-yilgi mavsumda uning tergov davomida aybsizligi aniqlanib, futboldan chetlatish jazosi bekor qilingan[5][6].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nodirbek 2015-yil uylangan[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]