Aleksandr Lobanov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Sergeyevich Lobanov | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbek SSR | ||
Boʻyi | 190 cm (6 ft 3 in) | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Vazni | 80 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Navbahor | ||
Raqami | 86 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2006 | Soʻgʻdiyona | 25 | (0) |
2007 | Qaysar | 18 | (0) |
2008 | Aqjayiq | 9 | (0) |
2009 | Buxoro | 4 | (0) |
2011 | Jayhun | 10 | (0) |
2012—2015 | Paxtakor | 107 | (0) |
2016 | Persepolis | 8 | (0) |
2016—2019 | Paxtakor | 72 | (0) |
2019—2023 | Metallurg | 50 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2018 | Oʻzbekiston | 20 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (7-aprel 2023 uchun) |
Aleksandr Lobanov 1986-yili 4-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Namanganning „Navbahor“ futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.[1][2][3]
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Lobanov professional futboldagi ilk faoliyatini 2005-yili Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. Soʻgʻdiyona tarkibida u 25ta oʻyinda maydonga tushgan. 2007-yili Qozogʻistonning „Qaysar“ futbol klubiga oʻtadi va u yeda bir mavsumda 18ta uchrashuvda maydonga tushadi. Keyingi yili qozogʻistonning boshqa bir futbol klubi „Aqjayiq“ safiga oʻtadi, u yerda ham bir mavsum oʻynab, 9ta oʻyinda klub sharafini himoya qiladi. Lobanov 2009-yili Oʻzbekistonga qatadi va Buxoroning „Buxoro“ klubiga kelib qoʻshiladi, Buxoro safida ikki mavsum oʻynaydi va 4ta uchrashuvda maydonga tushadi. 2011-yili Nukusning „Orol“ klubiga oʻtadi.
2012-yili u Paxtakor murabbiyining eʼtiboriga tushadi va „Paxtakor“ klubi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi. U birinchi mavsumdanoq Paxtakorning asosiy darvozaboniga aylanadi va oldingi asosiy darvozabon Temur Joʻrayevning oʻrnini egallaydi. u Shu vaqtga qadar Paxtakor safida 90ta uchrashuvga maydonga tushdi.
Persepolis
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning yanvarida Lobanov Fors koʻrfazi Pro-ligasi vakili „Persepolis“ bilan olti oylik shartnoma imzoladi. Unga 55-raqamli futbolka berildi.[4] U 2016-yilning 12-fevralida „Persepolis“ safida „Fulad“ ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda oʻzining birinchi oʻyinini qayd etdi. Fors diyorida atigi yarim mavsumda sakkizta oʻyinda oʻynadi va Eron klubining ikkinchi darvozaboni bilan raqobatda magʻlub boʻldi. Shu yilning iyul oyi oxirida „Paxtakor“ga qaytdi. 2019-yilda „Metallurg“ (Bekobod) jamoasiga koʻchib oʻtdi[5]. 2023-yil mavsum soʻngida Bekobod klubidagi besh yillik faoliyatidan soʻng „Metallurg“ jamoani tark etgan[6][7]. 2024-yil fevral oyida "Navbahor" jamoasi bilan shartnoma imzolagan[8].
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Lobanov 2015-yildan boshlab bir qancha oʻyinlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safiga jalb etiladi va 2015-yilning 3-sentabrida 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichidan joy olgan Oʻzbekiston Yaman uchrashuvida ilk debyutini oʻtkazadi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Klub safida
Paxtakor
- Oʻzbekiston chempioni (2): 2012, 2014, 2015
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2018
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2017
Persepolis
- Fors koʻrfazi Pro ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2015-16
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sports.kz Еще та лимита. Часть 3“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ „Sports.ru Йемена мать! Как Узбекистан одержал первую победу при Самвеле Бабаяне“. 2018-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-yanvar.
- ↑ „Footballfacts.ru Александр Лобанов“. 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-fevral.
- ↑ „Tasnim News Agency – Iran’s Persepolis Signs Uzbekistan International Keeper Lobanov“. Tasnim News Agency.
- ↑ „Лобанов, Алиқулов, Абдураимов ва яна 4 футболчи "Металлург"дан кетди“ (2024-yil 4-yanvar).
- ↑ „"Металлург" таркибини 7 нафар футболчи тарк этди“ (2024-yil 4-yanvar).
- ↑ „Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг собиқ биринчи рақамли дарвозабони “Навбаҳор”га ўтмоқда“ (2024-yil 6-yanvar).
- ↑ „"Навбаҳор" Ўзбекистон МТЖ собиқ дарвозабонини ўз сафига қўшиб олди“ (2024-yil 10-fevral).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Aleksandr Lobanov haqida turkum mavjud |
- Aleksandr Lobanov Footballzz saytida
- Aleksandr Lobanov Eurosport saytida
- Aleksandr Lobanov Espnfc saytida
- Aleksandr Lobanov Footballfacts saytida
- Aleksandr Lobanov Soccerway saytida
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Aral Samali klubi futbolchilari
- Metallurg Bekobod klubi futbolchilari
- FC Akzhayik futbolchilari
- FC Kaisar jamoasi futbolchilari
- Persepolis F.C. futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Osiyo oʻyinlari 2006 futbolchilari
- Erondagi chet ellik erkak futbolchilari
- Qozogʻistondagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar
- SSSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar