Said Seyidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Said Seýidow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Said Ýusupowiç Seýidow
Tavallud sanasi 22-yanvar 1962-yil (1962-01-22) (62 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, USSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkmaniston (murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980-1982 Kolhozchi
1982 Jizzax 1 (0)
1983—1984 Kolhozchi 43 (4)
1986 Kolhozchi 22 (1)
1989 Ahal 39 (13)
1990 Köpetdag 20 (3)
1991 Soʻgʻdiyona 25 (3)
1991 Ahal 17 (0)
1992—1993 Nebitçi ?
1994—1995 Nisa ?
Boshqargan klublari
1996—1998 Büzmeýin
1999—2000 FC Galkan
2000—2004 Nisa
2005—2006 Navbahor
2006 Shoʻrtan
2007—2010 Mashʼal Academy
2010 Nasaf
2011—2012 Buxoro
2014 Köpetdag
2015-2019 Aşgabat FK
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Said Yusupovich Seyidov (ruscha: Саид Юсупович Сеидов ; turkmancha: Said Ýusupowiç Seýidow; 1962-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — turkman futbol murabbiyi, sobiq sovet futbolchisi. „Ahal“ klubining hozirgi bosh murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seyidov Ashxobodda tugʻilgan.[1] Faoliyatini Ashxobodning „Kolxozchi“ klubida boshlagan. Keyinchalik u Oʻzbekiston SSRning „Zvezda Jizzax“ klubida, shuningdek, Turkmaniston SSRning „Kopetdag“, „Ahal“, „Nebitchi“, „Nisa“ va „Turan“ klublarida oʻynagan. Futboldagi faoliyatining koʻp qismini yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-1998-yillarda Buzmeyin FK bosh murabbiyi boʻlgan.

1999-2000-yillarda „Galkan Ashxobod“ klubida katta murabbiy boʻlib ishlagan.

2000-2004-yillarda „Nisa Ashxobod“ klubida katta murabbiy bo‘lgan.

2002-yilda Turkmaniston yoshlar terma jamoasida katta murabbiy sifatida ishlagan.

2003-2004-yillarda Turkmaniston milliy terma jamoasida katta murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati final bosqichiga chiqqani uchun Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan futbol murabbiyi unvoni bilan taqdirlangan.

2005-2006-yillarda Namanganning „Navbahor“ klubida (O‘zbekiston) murabbiy bo‘lib ishlagan.

2006-yil — „Shoʻrtan“ FK (Gʻuzor, Oʻzbekiston) — murabbiy.

2007—2010-yillar „Mashʼal“ FK akademiyasi (Muborak, O‘zbekiston) — bosh murabbiy.

2010-yil — „Nasaf“ FK (Qarshi, Oʻzbekiston) — o‘rinbosarlar jamoasi murabbiyi.

2011-2012-yillar „Shoʻrtan“ (Gʻuzor, Oʻzbekiston) — katta murabbiy.

2014-yil „Buxoro“ klubi (Oʻzbekiston) — bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi.

To‘rt yil davomida 2015-2019-yillar oraligʻida „Köpetdag Ashxobod FK“ bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Ishning birinchi yilidayoq jamoa Turkmaniston Birinchi ligasida g‘olib chiqdi va Yoqari Ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Uning boshchiligida „Kopetdag“ 2018-yilgi Turkmaniston kubogini qo‘lga kiritdi.

2019-yilning 6-avgustida Seyidov „Ashxobod“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.[2] 2020-yilning iyul oyida u o‘zaro kelishuvga koʻra klubni tark etdi.[3]

2020-yilning 19-avgustida u Yoqari Liga klubi FC Ahal bilan shartnoma imzoladi.[4]

2022-yil 31-mart kuni Seyidov Turkmaniston terma jamoasini boshqardi. [5]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

FK Köpetdag Ashxobod
  • Turkmaniston Birinchi ligasi (1): 2015
  • Turkmaniston kubogi (1): 2018

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Said Seýidow at Global Sports Archive