Nasaf (futbol klubi)
Nasaf | |||
Toʻliq nomi | Nasaf futbol klubi | ||
Laqabi | „Ajdarlar“ | ||
Asos solingan | 1986 | ||
Stadion | Qarshi markaziy stadioni | ||
Prezidenti | Shuxrat Aslanov | ||
Bosh direktori | Alisher Yusupov | ||
Murabbiyi | Roʻziqul Berdiyev | ||
Budjeti | 8 million dollar | ||
Vebsayt | Rasmiy sayti | ||
Musobaqasi | Oʻzbekiston Superligasi | ||
2024 | 1 | ||
|
Nasaf – Qarshi shahrining (Qashqadaryo viloyati) futbol jamoasidir. 1986-yilda tashkil topgan. Klub „ajdarlar“ laqabi bilan ham mashhur. 1997-yildan boshlab Oʻzbekiston Super Ligasi qatnashchisi[1]. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogida 4 marta golib boʻlgan.
Tarixi
Jamoa nomi
- 1986—1991: Geolog
- 1992: Paxtachi
- 1993—1995: Nasaf FK
- 1996: Dinamo-Nasaf
- 1996—h. v.: Nasaf FK
Tarix
„Nasaf“ jamoasi 1987-yilda tashkil etilgan. Jamoa Oʻzbekiston oliy ligasida 1997-yildan beri ishtirok etadi.
1994-yilda Qashqadaryo viloyati tarixida ilk marotaba Muborakning „Mashʼal“ jamoasi birinchi ligada gʻoliblikni qoʻlga kiritib, kelgusi mavsumdan kuchlilar safida qatnasha boshladi. Ammo yosh, tajribasiz, asosan mahalliy yigitlardan tashkil topgan jamoa ikki yil oliy ligada oʻz oʻrnini saqlab qoldi. Oʻsha tarkibda hozirda barcha yaxshi taniydigan Asror Aliqulov, Anvar Berdiyev, Oleg Qahhorov singari charm toʻp ustalari harakat qilishgan. 1997-yil viloyat rahbariyatining saʼy-harakati bilan „Mashʼal“ oliy ligadagi oʻz oʻrnini „Nasaf“ jamoasiga boʻshatib bergan. Bungacha birinchi ligada Qarshi shahri sharafini „Dinamo-Nasaf“ (avvalgi nomlari „Geolog“, „Nasaf“) jamoasi himoya qilib kelgan. „Mashʼal“ esa birinchi ligada „Dinamo-Nasaf“ oʻrnini egalladi. Shu tariqa viloyatning ikki jamoasi oʻzaro rokirovkasidan soʻng 1997-yilgi mavsumdan boshlab „Nasaf“ klubining oliy ligadagi ishtiroki boshlangan. Oʻsha yili qarshidagi „Mehnat“ stadioni qayta rekonstruksiya qilinib, „Nasaf“ markaziy stadioniga aylantirildi. qarshiliklar debyut mavsumni Viktor Borisov murabbiyligida kuchli oltilikda yakunlashga erishishdi.[2]
1998-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yanada yuqorilashda davom etdi. Garchi „Andijon“ jamoasidan qabul qilingan qaqshatqich (0:6) magʻlubiyatdan keyin bosh murabbiy Viktor Borisov isteʼfoga chiqqan boʻlsa-da, uning adashi Viktor Makarov bilan jamoa finishga beshinchi boʻlib yetib kelgan. Ammo oʻzining uchinchi mavsumini klub oʻz tarixidagi hozirgacha eng yomon natija – 11-oʻrin bilan yakunlagan. Oʻsha 1999-yilgi omadsizlikdan keyin jamoada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Tarkib 80 foizga yangilandi. Jamoaga qoʻqonlik mutaxassis Bahrom Hakimov bosh murabbiy etib tayinlandi. Ushbu murabbiy qoʻl ostida „Nasaf“ birin-ketin oʻz tarixidagi eng yuqori choʻqqilarni zabt eta boshladi. XX asrning ilk yillaridayoq „Nasaf“ chempionatimizda peshqadamlardan umuman hayiqmaydigan jamoa sifatida gavdalandi. qarshida oʻtgan bellashuvlarda amaldagi chempion „Doʻstlik“ va „Neftchi“, „Navbahor“ „Paxtakor“ jamoalari ham magʻlubiyat alamini tatib ortlariga qaytishdi. Oʻsha yili jamoa chempionatda 85 ochko toʻplab, 20 jamoa orasida mavsumni uchinchi pogʻonada yakunladi. Bu qarshiliklarning oliy liga tarixidagi dastlabki medallari edi. Jamoa hujumchisi Zafar Xolmurodov ham chempionat toʻpurarlari bahsida jamoasi singari „bronza“ pogʻonani band etdi. Jamoa raqiblari darvozasini 92-marta ishgʻol etgan boʻlsa, shu gollarning salkam uchdan bir qismiga Xolmurodov mualliflik qildi. 2001-yilgi mavsumda ham „Nasaf“ yana bronza medalini oʻz muzeyiga olib ketdi.
2001-2002-yilgi Osiyo chempionlari kubogida mamlakat sharafini himoya qilish „Nasaf“ning chekiga tushdi. „Doʻstlik“ va „Neftchi“ jamoalari bu turnirda qatnashishdan bosh tortgach, bu vazifa „Nasaf“ga yuklandi va qarshilik futbolchilar oʻshanda qitʼada shov-shuvli natijalarni qayd etishgandi. Dastlab Turkmaniston va Tojikiston chempionlari mahv etilgach, BAA da tashkil etilgan guruh bosqichida mezbonlar, Eron hamda Quvayt chempionlariga munosib qarshilik koʻrsatishdi. „Nasaf“chilar mamlakatimiz jamoalari orasida „Neftchi“dan keyin qitʼaning eng nufuzli musobaqasida yarim finalga qadar yetib kelishdi. Albatta mamlakatning uchinchi jamoasining qitʼa turnirida toʻrtinchi pogʻonani egallashi ham ancha yuqori natija hisoblanadi. Oʻzbekiston kubogida ham jamoa finalga qadar yetib keldi va „Paxtakor“ga magʻlub boʻldi (1:3).
2003—2004-yillarda jamoa sovrindorlar safiga kirolmay qolishi natijasida Bahrom Hakimovning „Nasaf“dagi besh yillik faoliyati nihoyasiga yetgan. 2005-yilda ukrainalik Oleg Morozov jamoani boshqaruviga olgach, qarshiliklar birinchi davrani birinchi pogʻonada yakunlashdi. Ammo mavsum oxiriga kelib jamoa uchinchi bor bronza medallarga sazovor boʻldi. 2006-yili Bahrom Hakimov yana „Nasaf“ga qaytdi va jamoa bilan toʻrtinchi marta bronzani qoʻlga kiritgan.
Oliy ligadagi 11-mavsumga kelib asosiy tarkibning oʻzagi bir necha yillardan beri saqlanib qolgan boʻlsa-da, baribir vaqt oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Natijada 2007-yili ikkinchi davrani Fomichyov qoʻl ostida oʻtkazgan qarshiliklar kuchli oltilikda yakunlashdi. 2008-yilgi mavsumda esa „Nasaf“ 9-oʻrin bilan cheklandi. Natijada yil oxiriga kelib klub rahbariyatida jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. „Nasaf“ni oliy ligadagi muvaffaqiyatlariga tamal toshini qoʻygan Bahrom Davlatov jamoa rahbari va menejeri etib tayinlandi. Nafaqat Qashqadaryoda, balki mamlakatimizdagi yetakchi sanoat korxonalaridan biri hisoblangan „Shoʻrtangaz Kimyo“ majmuasi klub muassisi va bosh homiysi qilib belgilandi.
2009-yilda Viktor Kumikov qoʻl ostida „Nasaf“ futbolchilari mavsumni koʻtarinki ruhda oʻtkazib, uch yillik tanaffusdan keyin beshinchi bor bronza medal egasiga aylanishdi.[3] Mavsum-2010 da esa birinchi davrada jamoani Viktor Kumikov, ikkinchi davradan esa ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko boshqara boshladi. Natija esa yana – 3-oʻrin. Shuningdek, keyingi ikki yil ichida klub qoshida futbol akademiyasi ish boshladi va oʻzining ilk kurtaklarini berdi. Unga Ukrainadan Sergey Petrovich Kucherenko taklif etildi. Jamoa qoshidagi futbol maktab tarbiyalanuvchilari (1994 – 1995-yilda tugʻilgan) oʻz tengqurlari orasida 2010-yili mamlakat chempioniga aylandi.
2011-yil jamoa tarixidagi eng esda qolarli mavsum sifatida yodda qoladigan boʻldi. Mavsum avvalida tarkibga bir qator tajribali va iqtidorli futbolchilarni jalb etgan qarshiliklar oldiga bir yoʻla uchta musobaqa – Osiyo futbol konfederatsiyasi kubogi, Oʻzbekiston chempionati va kubogi bellashuvlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qoʻyildi. Ukrainalik taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qoʻl ostida qarshilik futbolchilar 2011-yili Osiyo Futbol Konfederatsiyasi kubogini qoʻlga kiritishdi.
„Nasaf“ 2012-yilgi futbol mavsumini yangi murabbiy qoʻl ostida boshladi. Jamoada ancha yillar toʻp surgan va jamoaning haqiqiy yetakchisi hamda keyingi uch yilda yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Roʻziqul Berdiyev boshqaruviga oʻtdi. Jamoamizning Osiyo chempionlar ligasidagi ishtiroki ham muvaffaqiyatsiz kechdi. Roʻziqul Berdiyev mavsumning birinchi davrasi yakunlanmasdan turib, bosh murabbiylik lavozimidan ozod qilinadi. Mavsum oxiriga kelib, uning oʻrnida faoliyat yuritgan murabbiyning ishidan qoniqmagan klubimiz rahbariyati yana jamoa boshqaruvini Berdiyevga topshirishadi. Shu yili jamoamiz chempionatni 4-pogʻonada yakunlashdi. Oʻzbekiston Kubogi finalida esa Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga magʻlub boʻldi.
2013-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlagan jamoamiz mavsum oxiriga kelib, peshqadamlar safidan joy oldi. Shu yili jamoamiz yana bronza sovrini sohibiga aylandi va oʻz tarixida toʻrtinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finalchisiga aylandi. Ammo finalda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasiga yutqazib (2:1) qoʻygan jamoamiz billur sovringa egalik qila olmadi. Shu yilgi mavsum yakuni boʻyicha Roʻziqul Berdiyev mamlakatimizning „Eng yaxshi murabbiyi“ nominatsiyasi boʻyicha yil laureatiga aylandi. Jamoamiz shuningdek Osiyo chempionlar ligasini pley-offda boshlaydigan boʻldi.
Afsuski, 2014-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvi jamoamiz uchun omadsiz yakunlandi. Jamoamiz safarda Qatarning „Al-Jaish“ klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va asosiy eʼtiborini ichki chempionatga qaratdi. Natijada „Nasaf“ oʻz tarixida sakkizinchi marotaba bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
2015-yilgi futbol mavsumi klubimiz tarixida oʻchmas iz qoldiradigan boʻldi. Yaʼni „Nasaf“ oʻz tarixida beshinchi marta Oʻzbekiston Kubogi finaliga chiqib, 17-oktyabr kuni Jizzax shahrida oʻtkazilgan final uchrashuvida Toshkentning „Bunyodkor“ klubini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va Oʻzbekiston Kubogi sohibiga aylandi. Chempionat yakuni boʻyicha toʻqqizinchi marotaba bronza sovrindoriga aylandi.
2016-yilgi futbol mavsumi ham jamoamiz uchun omadli boshlandi. „Nasaf“ klubi 2016-yil 17-fevral kuni Toshkent shahridagi muhtasham „Bunyodkor“ stadionida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvida, amaldagi mamlakat chempioni Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va oʻz tarixida birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi.
2017-yilgi mavsum jamoamiz uchun koʻtarinki ruhda oʻtdi. „Nasaf“ oʻz tarixida ikkinchi bor kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu natijaga klubimiz 2011-yili ilk marta erishgan edi. Bu orqali klubimiz OCHL-2018 musobaqasini pley-off bosqichidan boshlaydigan boʻldi. Bundan tashqari jamoamiz ustozi Roʻziqul Berdiyev, murabbiylik faoliyatida uchinchi marta OʻFF tomonidan „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ sifatida eʼtirof etildi.
Jamoamiz 2018-2019-yillardagi pasayishdan soʻng[4] 2020-yilgi futbol mavsumini kutilganidan ancha yuqori ruhda oʻtkazdi va yakunda oʻz tarixida uchinchi bor kumush medallarni rasmiylashtirib qoʻydi. Eng qiziqarlisi jamoamiz Superliga jamoalari ichida eng yosh jamoa boʻlgani holda ushbu natijaga erishdi. Futbolchilarimizning bu natijaga erishishiga bosh sababchilardan biri boʻlgan Roʻziqul Berdiyev oʻz murabbiylik faoliyati davomida toʻrtinchi bor Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Roʻziqul Berdiyev ushbu sovrinlarning barchasini aynan „Nasaf“ bilan qoʻlga kiritgan. 2020-yilda bosh jamoamizdan tashqari oʻrinbosarlar jamoasi ham sovrinli oʻrinlardan joy oldi va chempionatning bronza medallari bilan taqdirlandi. „Nasaf“ U-18 jamoasi esa qatorasiga uchinchi marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
2021-yilda jamoa 10 yillik tanaffusdan soʻng yana OFK Kubogida ishtirok etdi. Bu safargi jamoa 10 yil oldingi jamoadan butunlay farq iladi. Sababi hozirgi jamoaning asosini oʻz vaqtida poydevori qoʻyil „Nasaf“ futbol maktabining tarbiyalanuvchilari tashkil etadi. Jamoa yosh boʻlishiga qaramasdan OFK Kubogi finaligacha yetib bordi. Afsuski Bahraynda boʻlib oʻtgan final uchrashuvida maydon egalari „Al Muharraq“ jamoasiga magʻlub boʻldi. Joriy mavsumda 41 rasmiy uchrashuv oʻtkazgan jamoa sovrinsiz qolmadi. Samarqandda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kubogi Finalida qarshiliklar oʻzlarining ashaddiy raqiblaridan biri boʻlgan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan kuch sinashdi va yakunda bir kishi kam boʻlib qolgan jamoamiz iroda koʻrsatib 1:2 hisobida gʻalaba qozonishdi[5].
2023—2024-yilgi Oʻzbekiston chempionati
Oʻzbekiston Superligasi 2023—2024-yilgi mavsumni Nasaf jamoasi 4-aprel kuni Qarshimarkaziy stadionida „Andijon“ klubiga qarshi bahs bilan boshladi. Oʻyin andijonliklarning kichik 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[6]. Super Liga 2-turini Qarshi jamoasi Toshkentning „Turon“ jamosiga Qarshi oʻtkazgan. Qashqadaryoda boʻlgan oʻyinda Qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[7]. Superliganing 3-tur uchrashuvida Nasaf Buxoro klubi mehmoni boʻlgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[8]. 4-tur oʻyinida Qizilqum mehmoni boʻlgan qarshiliklar 1:1 hisobidagi oʻyin bilan murosa koʻchasini tanlaganlar[9]. Beshinchi turda Nasaf futbolchilari Surxon jamoasi ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonishgan[10]. Superliganing oltinchi tur bahsida Bunyodkor mehmoni boʻlgan Nasaf jamoasi 1:1 hisobidagi durrang natijani qayd etishdi[11]. Superliganing yettinchi tur bahsida Olimpik jamoasini qabul qilib 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba erishishgan[12]. Toʻqqizinchi tur bahsida qarshliklar Navbahro futbol klubi bilan bahslashgan, oʻyin 0:0 hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan[13]. Oʻninchi tur bahsida Metallurg jamoasini 2:1 hisboda magʻlubiyatga uchratishgan[14]. Oʻn ikkinchi turda Soʻgʻdiyona mehmoni boʻlgan qarshiliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishgan[15]. Superliganing oʻn uchinchi turida Toshkentning OKMK klubini qabul qilgan Nasaf jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[16]. Oʻn toʻrtinchi tur bahsida nasaf jamoasi Andijon mehmoni boʻlishgan, oʻyin 0:0 hisobidagi durrang bilan yakunlangan[17]. Superliganing oʻn beshinchi tur bahsida Qarshi jamoasi Turnon futbol klubiga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berishgan[18]. Keyingi turni Qarshining Nasaf jamoasi oʻz uy stadionida Buxoro futbol klubiga qarshi oʻtkzilishi rejalashtirilgan.
Jamoaning rekordlari
Jamoa tarkibida eng koʻp maydonga chiqqan oʻyinchi – Roʻziqul Berdiyev (314 marotaba).
Jamoaning eng yaxshi toʻpurari – Zafar Xolmurodov (181 ta).
Bir mavsumda eng koʻp toʻp kiritgan futbolchi – Zafar Xolmurodov (30 ta, 2000-yil).
Eng yirik gʻalabasi – 7:0 („Metallurg Bekobod“, 2004-yil), 8:1 („Andijon“, 2004-yil).Eng yirik magʻlubiyati – 0:6 („Andijon“, 1998-yil).
Stadion
Qarshi „Markaziy“ oʻyingohi 2006-yilda Qarshi shahri mezbonlik qilgan „Umid nihollari“ musobaqasi uchun qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2008-yilda „Nasaf“ futbol klub uy uchrashuvlarini aynan shu oʻyingohda qabul qilishni boshlagan.
„Markaziy“ oʻyingoh turli xil xalqaro musobaqalar OFK Kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi, 21 yoshlilar oʻrtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasi oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2011-yilda Qarshi shahrida boʻlib oʻtgan OFK Kubogi finalida „Nasaf“ jamoasi Quvaytning „Quvayt SK“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib Oʻzbekistonda klublar oʻrtasida birinchi xalqaro musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritgan.
2006-yilda foydalanishga topshirilgan. 2011 va 2017-yillarda qaytda taʼmirlangan. Dastlab oʻyingoh 16 000 muxlisga moʻljallangan boʻlsa, hozirgi vaqtda 21 000 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Oʻyingohda 4 ta kiyim almashtirish xonasi, 12 ta yuqori martabali mehmonlar VVIP xonasi, 900 VIP oʻrindiqlari, 2 ta tibbiyot xonasi, 2 ta hakamlar xonalari mavjud.
Ichki oʻyinlar tarixi
Xalqaro maydondagi oʻyinlar
- Xalqaro maydondagi barcha natijalar 2024-yil 21-fevral xolatiga koʻra toʻgʻri
Musobaqa | Oʻ | Gʻ | D | M | UG | QG |
---|---|---|---|---|---|---|
Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | 9 | 5 | 2 | 2 | 17 | 14 |
OFK kubogi | 26 | 19 | 3 | 4 | 70 | 20 |
Osiyo Chempionlar ligasi | 43 | 13 | 12 | 18 | 46 | 55 |
Jami | 78 | 37 | 17 | 24 | 133 | 89 |
Mavsum | Musobaqa | Bosqich | Klub | Uy | Safar | Natija |
---|---|---|---|---|---|---|
2001-02 | Osiyo chempionlar kubogi | Birihchi raund | FK Köpetdag Aşgabat | 1-0 | 3-0 | 4-0 |
Second round | Umed Dushanbe | 4-1 | 3-2 | 7-3 | ||
Chorak final | Al-Kuwait | 1-1 | Ikkinchi | |||
Esteghlal | 1-1 | |||||
Al-Wahda | 2-1 | |||||
Yarim final | Suwon Samsung Bluewings | 0-3 | ||||
Uchinchi oʻrin uchun | Esteghlal | 2-5 | ||||
2010 | OFK kubogi | C guruhi | Al-Ahed | 4-0 | 4-0 | Ikkinchi |
Al-Jaish | 2-1 | 1-1 | ||||
Kazma | 1-2 | 0-0 | ||||
Nimchorak final | Al-Karamah | 0-1 | ||||
2011 | OFK kubogi | A guruhi | Al-Ansar | 3-0 | 4-1 | Birinchi |
Al-Tilal | 7-1 | 3-2 | ||||
Dempo | 9-0 | 4-0 | ||||
Nimchorak final | Al-Faisaly | 2-1 | ||||
Chorak final | Chonburi | 0-1 | 1-0 | 1-1 (q.v)
(4-3 p) | ||
Yarim final | Al-Wehdat | 1-0 | 1-1 | 2-1 | ||
Final | Al-Kuwait | 2-1 | ||||
2012 | Osiyo chempionlar ligasi | A guruhi | Al-Jazira | 2-4 | 1-4 | Toʻrtinchi |
Esteghlal | 0-2 | 0-0 | ||||
Al-Rayyan | 0-1 | 1-3 | ||||
2014 | Osiyo chempionlar ligasi | 2-saralash bosqichi | El Jaish | 1-5 | ||
2015 | Osiyo chempionlar ligasi | D guruhi | Tractor Sazi | 2-1 | 2-1 | Uchinchi |
Al-Ahli | 0-0 | 1-2 | ||||
Al-Ahli | 0-1 | 0-0 | ||||
2016 | Osiyo chempionlar ligasi | D guruhi | Al-Ahli | 2-1 | 1-2 | Toʻrtinchi |
El Jaish | 0-0 | 0-1 | ||||
Al-Ain | 1-1 | 0-2 | ||||
2017 | Osiyo chempionlar ligasi | 2-saralash bosqichi | Al-Hidd | 4-0 | ||
Play-off bosqichi | Al-Fateh | 0-1 | ||||
2018 | Osiyo chempionlar ligasi | Play-off bosqichi | Al-Faisaly | 5-1 | ||
C guruhi | Persepolis | 0-0 | 0-3 | Uchinchi | ||
Al-Wasl | 1-0 | 2-1 | ||||
Al-Sadd | 1-0 | 0-4 | ||||
2021 | OFK kubogi | F guruhi | Alay | 4-0 | Birinchi | |
Khujand | 3-0 | |||||
Altyn Asyr | 2-0 | |||||
Markaziy Osiyo Zona finali | Ahal | 3-2 | ||||
Inter-zona play-off yarim finali | ATK Mohun Bagan | 6-0 | ||||
Inter-zona play-off finali | Lee Man | 3-2 (q.v) | ||||
Final | Al-Muharraq | 0-3 | ||||
2022-yil | Osiyo chempionlar ligasi | Play-off bosqichi | Baniyas | 2-0 | ||
E guruhi | Al-Sadd | 3-1 | 1-1 | Ikkinchi | ||
Al-Wehdat | 2-0 | 2-2 | ||||
Al-Faisaly | 0-1 | 0-0 | ||||
Nimchorak final | Al-Shabab | |||||
2023-yil | Osiyo chempionlar ligasi | |||||
B guruhi | Al-Faisaly | 3-1 | 0-1 | Birinchi | ||
Al-Sadd | 3-1 | ? | ||||
Sharjah | 1-1 | 1-0 | ||||
Nimchorak final | Al Ain | 0-0 | 2-1 | 1-2 |
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1)
- 2024
- Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sovrindori: (4)
- 2011, 2017, 2020, 2023
- Oʻzbekiston Superligasi bronza sovrindori: (7)
- 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (4)
- 2015 , 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston Kubogi finalisti: (5)
- 2002, 2003, 2011, 2013, 2016
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2)
- Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalchisi: (1)
- 2001/02
- AFC Kubogi sohibi: (1)
- 2011
- AFC Kubogi finalchisi (1)
- 2021
- „Halol oʻyin uchun“ sovrini sohibi.
- 2011, 2022
Texnik xodimlar
Murabbiylar shtabi
Lavozim | Ism |
---|---|
Bosh murabbiy | Roʻziqul Berdiyev |
Yordamchi murabbiy | Shuhrat Toshpoʻlatov |
Yordamchi murabbiy | Ilnur Sibagatulin |
Yordamchi murabbiy | Davron Karimqulov |
Yordamchi murabbiy | Andrey Bezborodov |
Darvozabonlar murabbiyi | Asliddin Hasanov |
Boshqaruv
Lavozim | Ism |
---|---|
Prezident | Shuhrat Aslanov |
Bosh direktor | Alisher Yusupov |
Sport direktori | Sergey Kucherenko |
Texnik direktor | Botir Qorayev |
Futbolchilar
Joriy tarkib
- 2024-yil 31-iyul[21]
|
|
U19
# | Futbolchi | Oʻyin | Daqiqa | Bosh | Alm | Qoʻsh | Zax | Gol§ | OʻG | Toʻp | Gol+Toʻp | SK | 2SK | QK |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
83 | Asilbek Maʼrupov | 0 | ||||||||||||
39 | Nazirjon Rahmatullayev | 0 | ||||||||||||
46 | Avazbek Abdurakhmonov | 0 | ||||||||||||
25 | Mirjalol Nurmamatov | 1 | 1 | 1 | ||||||||||
5 | Muhammadbobur Moʻydinov | 1 | 90 | 1 | ||||||||||
79 | Diyor Rahmatilloyev | 1 | 1 | |||||||||||
79 | Otabek Ikromov | 1 | 32 | 1 | 1 | |||||||||
19 | Ravshan Xayrullayev | 1 | 90 | 1 | ||||||||||
49 | Samandar Toʻychiyev | 1 | 1 | |||||||||||
18 | Sarvar Abduhamidov | 1 | 90 | 1 | ||||||||||
49 | Firdavs Hamidullayev | 1 | 1 | |||||||||||
71 | Dostonbek Qurbonov | 1 | 68 | 1 | 1 | |||||||||
24 | Roʻziboy Fayzullayev | 2 | 165 | 2 | 1 | |||||||||
35 | Sayidin Mavlonov | 2 | 66 | 2 | ||||||||||
2 | Ulugʻbek Xoliqov | 2 | 58 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||||||
70 | Alisher Xayrullayev | 2 | 180 | 2 | 1 | |||||||||
57 | Xosil Erkinov | 2 | 43 | 2 | 1 | |||||||||
74 | Abdullajon Dehqonov | 2 | 34 | 1 | 1 | 1 | ||||||||
56 | Muhammadali Abdualiyev | 3 | 45 | 3 | 1 | 1 | 1 | |||||||
93 | Asror Shamsutdinov | 4 | 208 | 2 | 1 | 1 | 2 | |||||||
60 | Dovrugʻbek Abdugʻaniyev | 4 | 15 | 3 | 1 | 1 | ||||||||
59 | Abbos Musaboyev | 4 | 2 | 1 | 3 | |||||||||
63 | Sanjarbek Ablayev | 4 | 156 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||||
59 | Akbar Rixsiyev | 4 | 4 | |||||||||||
21 | Xumoyunmirzo Zaylidinov | 4 | 68 | 1 | 1 | 1 | 2 | |||||||
67 | Murodjon Erkinov | 5 | 218 | 2 | 1 | 2 | 1 | |||||||
64 | Dilshod Rahmonov | 5 | 130 | 1 | 2 | 2 | 1 | |||||||
73 | Azizbek Anvarov | 7 | 441 | 5 | 3 | 2 | 2 | |||||||
1 | Samandar Joʻrabekov | 8 | 540 | 6 | 2 | |||||||||
72 | Samirjon Rabbimov | 9 | 648 | 7 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | |||||
40 | Dilshod Pirimqulov | 11 | 403 | 2 | 6 | 3 | 2 | 2 | 1 | |||||
89 | Kamron Hamroyev | 12 | 4 | 1 | 11 | |||||||||
52 | Jasur Jumanazarov | 12 | 635 | 7 | 4 | 4 | 1 | 3 | ||||||
32 | Zafarbek Rahimjonov | 13 | 1044 | 11 | 1 | 1 | 1 | 4 | 2 | |||||
49 | Bexruz Abdullayev | 13 | 659 | 8 | 6 | 4 | 1 | 9 | 9 | 1 | ||||
44 | Asrorbek Otaxonov | 13 | 965 | 11 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 4 | ||||
51 | Muhammadyusuf Orifjonov | 13 | 1085 | 12 | 6 | 1 | 10 | 10 | 5 | 1 | ||||
37 | Shohruxxon Noʻmonov | 15 | 1159 | 14 | 5 | 1 | 4 | |||||||
92 | Samandar Islomov | 15 | 98 | 2 | 2 | 8 | 5 | 1 | 1 | 1 | ||||
98 | Dilruh Aliyev | 16 | 1165 | 13 | 2 | 3 | 2 | |||||||
36 | Mansur Sharipov | 16 | 341 | 1 | 1 | 11 | 4 | 2 | ||||||
27 | Ravshanbek Abdumannonov | 17 | 1420 | 16 | 4 | 1 | 12 | 12 | 5 | |||||
45 | Artyom Miftiyev | 18 | 1265 | 15 | 2 | 3 | 2 | |||||||
42 | Ibrohim Ergashaliyev | 18 | 1492 | 18 | 8 | 11 | 11 | 3 | ||||||
38 | Ali Rixsiboyev | 19 | 1666 | 19 | 1 | 2 | 2 | 3 | ||||||
43 | Ruslan Mangold | 20 | 1790 | 20 | 2 | 14 (2) | 14 | 5 | ||||||
58 | Ozodbek Ergashev | 29 | 1242 | 14 | 7 | 10 | 5 | 2 | 2 | 6 |
U21
# | Futbolchi | Oʻyin | Daqiqa | Bosh | Alm | Qoʻsh | Zax | OʻG | Toʻp | Gol§ | Gol+Toʻp | SK | 2SK | QK |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
67 | Murodjon Erkinov | 1 | 11 | 1 | ||||||||||
49 | Firdavs Hamidullayev | 1 | 44 | 1 | ||||||||||
73 | Azizbek Anvarov | 2 | 122 | 1 | 1 | |||||||||
60 | Dovrugʻbek Abdugʻaniyev | 2 | 5 | 1 | 1 | |||||||||
21 | Xumoyunmirzo Zaylidinov | 2 | 134 | 1 | 1 | 1 | ||||||||
72 | Samirjon Rabbimov | 3 | 270 | 3 | 1 | |||||||||
99 | Vladimir Vagin | 4 | 360 | 4 | ||||||||||
15 | Dilshod Raxmanov | 4 | 173 | 2 | 2 | 2 | ||||||||
98 | Dilruh Aliyev | 5 | 5 | |||||||||||
43 | Ruslan Mangold | 5 | 206 | 2 | 1 | 3 | ||||||||
26 | Mirkomil Abdurazzoqov | 7 | 427 | 6 | 3 | 1 | 2 | 2 | 1 | |||||
51 | Muhammadyusuf Orifjonov | 8 | 297 | 1 | 1 | 6 | 1 | 2 | 2 | 2 | ||||
77 | Asilbek Qayumov | 8 | 477 | 6 | 6 | 2 | 2 | 2 | 1 | |||||
79 | Otabek Ikromov | 9 | 216 | 3 | 3 | 3 | 3 | 1 | 1 | |||||
42 | Ibrohim Ergashaliyev | 9 | 295 | 3 | 2 | 4 | 2 | 1 | ||||||
2 | Arslonbek Bahromov | 10 | 581 | 7 | 3 | 2 | 1 | 1 | ||||||
37 | Shohruxxon Noʻmonov | 11 | 747 | 9 | 3 | 2 | 2 | |||||||
29 | Diyorbek Toirov | 12 | 784 | 10 | 7 | 1 | 1 | 3 | 3 | 3 | ||||
5 | Muhammadbobur Moʻydinov | 13 | 1068 | 13 | 3 | 1 | ||||||||
2 | Ulugʻbek Xoliqov | 13 | 503 | 5 | 2 | 3 | 5 | 1 | 1 | |||||
10 | Bektemir Abdumannonov | 13 | 928 | 11 | 5 | 2 | 6 (1) | 6 | 4 | |||||
40 | Dilshod Pirimqulov | 14 | 201 | 2 | 2 | 6 | 6 | |||||||
3 | Akbar Abdurasulov | 16 | 1339 | 15 | 1 | 1 | 4 | 1 | ||||||
20 | Daler Sharipov | 16 | 1235 | 14 | 3 | 2 | 7 | 7 | 4 | |||||
21 | Muhammadaziz Ibrohimov | 16 | 1062 | 11 | 4 | 3 | 2 | 1 | ||||||
44 | Asrorbek Otaxonov | 18 | 277 | 3 | 2 | 2 | 13 | 2 | ||||||
5 | Behruz Misiraliyev | 20 | 1367 | 15 | 1 | 1 | 4 | 1 | 1 | 4 | ||||
19 | Ravshan Xayrullayev | 20 | 1439 | 14 | 2 | 6 | 2 | 2 | 4 | 1 | ||||
18 | Sarvar Abduhamidov | 20 | 1683 | 20 | 8 | 1 | 1 | 2 | ||||||
27 | Ravshanbek Abdumannonov | 22 | 988 | 8 | 12 | 2 | 6 | 6 | 4 | |||||
35 | Samandar Murodboyev | 23 | 1890 | 21 | 2 | |||||||||
13 | Kamronjon Murodov | 23 | 418 | 5 | 5 | 13 | 5 | 1 | 1 | 3 | ||||
24 | Roʻziboy Fayzullayev | 23 | 1925 | 23 | 6 | 6 | ||||||||
28 | Nosirjon Abdusalomov | 23 | 1554 | 18 | 8 | 5 | (2) | 2 | 8 | |||||
1 | Samandarbek Joʻrabekov | 24 | 90 | 1 | 23 | |||||||||
32 | Zafarbek Rahimjonov | 24 | 1216 | 11 | 9 | 4 | 6 | 1 | ||||||
70 | Alisher Xayrullayev | 24 | 1804 | 23 | 15 | 1 | 2 | 2 | 6 | 1 | ||||
15 | Rian Islomov | 24 | 1851 | 22 | 9 | 2 | 4 (1) | 4 | 4 | 1 | ||||
41 | Behruz Abdullayev | 24 | 994 | 11 | 6 | 10 | 3 | 13 | 13 | 3 | 1 | |||
47 | Abduvohid Oxtoyev | 25 | 1195 | 14 | 7 | 10 | 1 | 1 |
Bosh murabbiylari tarixi
Ismi sharifi | Faoliyati davri |
---|---|
Viktor Borisov | 1997—1998 |
Viktor Makarov | 1998—1999 |
Bahodir Davlatov | 2000—2004 |
Oleg Morozov | 2005 |
Bahrom Hakimov | 2006 |
Vladimir Fomichyov | 2007 |
Viktor Kumikov | 2008—2010 |
Anatoliy Demyanenko | 2010—2012 |
Roʻziqul Berdiyev | 2012 |
Usmon Toshev | 2012 |
Roʻziqul Berdiyev | 2012—h. v. |
Mashhur futbolchilar
- Volodimir Dolganov
- Talyat Shayxametov
- Asror Aliqulov
- Sergey Andreev
- Roʻziqul Berdiyev
- Erkin Boydullaev
- Shohrux Gadoev
- Murod Zuhurov
- Islom Inomov
- Botir Qoraev
- Maqsud Karimov
- Yaroslav Krushelnitskiy
- Kamoliddin Murzoyev
- Fozil Musayev
- Shavkat Salomov
- Kenja Toʻrayev
- Lutfulla Toʻraev
- Artyom Filiposyan
- Noʻmon Hasanov
- Aleksandr Xvostunov
- Vladimir Shishelov
- Alisher Toʻychiyev
- Shuhrat Mamajonov
- Ramaz Jabnidze
- Kaxa Gogoladze
- Artur Gevorkyan
- Oleg Bazhenar
- Jorj Xudo
- Sergey Krot
- Dmitriy Kozachenko
- Anatoliy Matkevich
- Nikolay Pavlenko
- Andrey Yakovlyev
- Andrey Pereplyotkin
- Ivan Bošković
- Jorj Ivel
- Bojan Mališić
- Aleksandar Petrović
Yana qarang
Manbalar
- ↑ „Coca-Cola Суперлига-2020 жамоалари заявкаси“. pfl.uz. 2020-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
- ↑ „Мозийга қайтиб ёхуд "Насаф"нинг тарихий суратлари“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
- ↑ „АРХИВ. 2009 йилги "Бунёдкор" - "Насаф" учрашуви, майдонда Шомуродов ва Муртозаев“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „ВИДЕО АРХИВ. "Насаф" - "Бунёдкор". Мурзоевнинг суперголи ва Қаршидаги ажойиб муҳит“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
- ↑ „KLUB TARIXI“. 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15209[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15210[sayt ishlamaydi]
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15224[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ https://pfl.uz/uzb/m/match/15644[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
- ↑ „АРХИВ. "Насаф" - "Бунёдкор". Мурзоевнинг суперголи ва Қаршидаги ажойиб муҳит“. 2023-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-may.
- ↑ „Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" "Пахтакор"ни мағлуб этиб, ўз тарихида иккинчи маротаба Суперкубокда ғолиб чиқди“. 2023-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ „Nasaf jamoasi tarkibi“. transfermarkt.com. Qaraldi: 8-fevral 2024.
Havolalar
Vikiomborda Nasaf (futbol klubi) haqida turkum mavjud |
- Klub vebsayti
- Nasaf Telegram sahifasi
- Transfermarket Nasaf
- Nasaf Qarshi
- Oʻzbekiston futbol klublari
- Qashqadaryo viloyati futbol klublari
- Qarshida sport
- Oʻzbekiston kubogi gʻoliblari
- Oʻzbekiston Superkubogi gʻoliblari
- AFC Kubogi gʻoliblari
- Oʻzbekiston Superligasi jamoalari
- 1986-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
- 1986-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- Alifbo boʻyicha futbol klublari