Kontent qismiga oʻtish

Zoran Marušić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zoran Marušić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Zoran Marušić
Tavallud sanasi 29-noyabr 1993-yil (1993-11-29) (31 yosh)
Tavallud joyi Kraljevo, FR Yugoslavia
Boʻyi 1.87 m
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sloga Kraljevo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010–2016 Sloga Kraljevo 84 (10)
2014Voždovac (ijara) 2 (0)
2016 Slavija Sarajevo 7 (1)
2016 Krupa 10 (1)
2017 BSK Borča 9 (0)
2017—2018 Temnić 29 (2)
2018 Sloboda Užice 14 (0)
2019 Dnyapro Mogilev 25 (4)
2020 Neman Grodno 27 (10)
2021 Dinamo Tbilisi 9 (16)
2022 Navbahor 25 (11)
2023 Dinamo Tbilisi 33 (17)
2024 Nasaf 22 (9)
2025— Neftchi 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 9-dekabr uchun)

Zoran Marushich (serbcha: Зоран Марушић; talaffuzi: Zoran Marushich; 1993-yil 29-noyabr, Kralevo) – serbiyalik professional futbolchi, „Neftchi“ klubida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

U oʻz shahridagi Bambi maktabida futbol oʻynashni boshlagan, keyin mahalliy Sloga jamoasining maktabiga oʻtadi. U 2010/11 yilgi mavsumda Sloga jamoasi uchun asosiy jamoa dar ajasidagi birinchi oʻyinlarini Serbiya uchinchi divizionining gʻarbiy zonasi turnirida oʻtkazadi hamda u yerda jamoasi gʻalabaga erishadi.. 2012/13-yilgi mavsumdan boshlab u jamoaning asosiy tarkibida doimiy oʻrin egallaydi. Avvaliga u himoyachi va markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi, keyinroq himoya markaziga oʻtkaziladi. 2013-yil sentabr oyida hujumchilarning jarohati tufayli u hujum pozitsiyasiga oʻtadi va birinchi liganing ikkita bahsida 5 ta gol uradi hamda jami 2013/14 yilgi mavsumning kuzgi qismida 7 ta gol urishga erishdi, lekin kelasi mavsum qaysi jamoada toʻp surishi mavhumligicha qoldi[1][2].

2014-yilda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan Sloga klubi barcha futbolchilarga klubni tark etishga ruxsat beradi va Marushich yuqori divizionda oʻynagan „Vojdovats“ga ijaraga oʻtadi. U klubdagi debyut oʻyinini 2014/15 yilgi mavsumning uchinchi davrasida toʻgʻri keldi, 2014-yil 23-avgustda Belgradning „Rada“ klubiga qarshi oʻtkazadi hisob esa (1:6), tanaffusda almashtiriladi[3]. Keyingi oʻyinda u toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, ammo shundan soʻng u qishki tanaffusgacha, yaʼni klubni tark etgunga qadar maydonda tushurilmadi.

2015-yil boshida u Sloga klubiga qaytadi, ammo jarohatlar tufayli juda kam oʻynadi. Klubi bilan birgalikda u ikkinchi diviziondan uchinchi divizionga tushib ketadi.

2016-yil boshida u Bosniya chempionatining „Slaviya“ (Sarayevo) klubiga oʻtadi va yozda u Bosniya ligasining yangi klubi hisoblangan „Krupa“ jamoasiga qoʻshildi ammo dastlab, u zaxiradan maydonga tushadi. 2017-yilda u Serbiyaga qaytadi va birinchi liga klublarida oʻynaydi Borca, Temnic va Sloboda (Uzice), bu klublarning barchasi Marushich oʻynagan mavsumlarda quyi ligaga tushib ketish zonasidan joy olishgan.

2019-yilda u Belarus chempionatining „Dnyapro“ jamoasiga oʻtadi. U birinchi mavsumda 4 ta gol va „Rux Brest“ga qarshi oʻtish oʻyinlarida bitta gol urdi, biroq uning jamoasi penaltilar seriyasida magʻlub boʻladi va oliy ligadan tushib ketganidan soʻng klub tarqatib yuboriladi. 2020-yilda u Belarusning yana bir klubi – „Neman“(Grodno) tarkibida oʻynaydi, 10 ta gol bilan chempionat toʻpurarlari oʻntaligiga kiradi hamda oʻyinlarning birida – Mozirning „Slaviya“ (3:1) jamoasiga qarshi bahsda xetrik qayt etadi[4].

2021-yilda u Tbilisining „Dinamo“ klubiga oʻtib, ikki yilga moʻljallangan shartnoma imzolaydi[5][6]. 2021-yilgi Gruziya Superkubogi sohibi, eng yaxshi toʻpurar (16 gol) va 2021-yilgi Gruziya chempionatining kumush medali sohibi. 2022-yilda Oʻzbekistonning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Ushbu jamoa bilan dastlabki mavsumning oʻzida Oʻzbekiston vitsa-chempionigiga erishib, jamoa bilan Oʻzbekiston kubogi finaligacha yetib bordi[7]. 2023-yilgi mavsumda Gruziyga, FC Dinamo Tbilisi jamoasi tarkibiga qaytdi.

2024-yil yanvar oyida Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolangan[8]. 2024-yilgi mavsum davomida klub asosiy toʻpurar hujumchisi boʻlgan va Oʻzbekiston Superligasida 22 ta oʻyinda 9 ta gol muallifi boʻlgan. Uning sermahsul oʻyinlari va Nasaf jamoasining yaxshi natijalari sababli Qashqadaryo klubi ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni boʻlgan. Umumiy mavsum muobaynida 29 ta oʻyinda ishtirok etgan va 14 ta ol muallifi boʻlgan.

2024-yilgi mavsumda yakunida Qarshi jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng klubni tark etgan va 9-dekabrda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

  • Oʻzbekiston Superligasi gʻolibi: 2024
  • Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2024
  1. „KRALJEVČANI PRESKOČILI MLAVU“. 28-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  2. „MARUŠIĆ TORPEDOVAO INĐIJCE“. 13-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  3. „VOŽDOVAC VS. RAD BEOGRAD 1 — 6“. 15-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-mart 2021-yil.
  4. SLAVIA VS. NEMAN GRODNO 1 – 3
  5. Zoran Marusic will play in Dinamo
  6. Dinamo Tbilisi (2021-yil 15-yanvar). „Zoran Marusic will play in Dinamo“ (English). Press-reliz.
  7. Bobur Akmalov. „Avvalgilariga o‘xshamagan Superliga. Yakun va kelasi mavsum haqida #Boricha“ (O'zbekcha). kun.uz (13-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2022-yil.
  8. „Расман: Зоран Марушич - "Насаф" футболчиси!“ (2024-yil 5-yanvar).