Kontent qismiga oʻtish

Anvarjon Gʻofurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvarjon Gʻofurov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvarjon Husan ogʻli Gʻofurov
Tavallud sanasi 28-iyun 1995-yil (1995-06-28) (29 yosh)
Tavallud joyi Oltiariq tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 1.82 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Laqabi Husniddin
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami 20
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2018 Neftchi 43 (0)
2018—2020 Paxtakor 0 (0)
2019—2020   Surxon 40 (2)
2021 Surxon 26 (2)
2022 Neftchi 12 (0)
2022 Metallurg Bekobod 11 (0)
2023— Neftchi 36 (3)
Milliy terma jamoa
2012—2015 Oʻzbekiston U-20 5 (0)
2015—2018 Oʻzbekiston U-23 16 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 3-noyabr uchun)

Anvarjon (Husniddin) Husan ogʻli Gʻofurov (ruscha: Гафуров, Анварджон; 28-iyun 1995-yil, Oltiariq, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvarjon futbolchilik faoliyatini 2012-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. 2013-yil va 2014-yilgi mavsumlarda Toshkentning „NBU-Osiyo“ klubida oʻynagan Fargʻona klubi tarkibida uch mavsum davomida oʻynagan Anvarjon[1][2][3], 2018-yilgi mavsum oldidan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4]. Toshkent jamoasi dastlabki mavsumidayoq Gʻofurovni „Neftchi“ jamoasiga 2018-yilgi masvum uchun ijara bergan[5]. 2019-yilgi mavsumda Paxtakor jamoasiga qaytganidan soʻng, keyinchalik 2021-yilgacha Termizning „Surxon“ klubiga ijaraga berilgan[6][7][8]. 2021-yilda „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnomasi yakunlagach, Termiz jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnomasini uzaytirdi[9]. 2022-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga qaytdi[10] ammo murabbiylar bilan muammo sababli yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi. Yozgi transfer oynasida Bekobodning „Metallurg“ klubi bilan shartnoma imzolagan[11]. 2023-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga yana qaytdi[12][13] va mavsum yakunida shartnomani uzaytirgan.

2022-yilgi mavsum oldidan 2022-yilgacha Husniddin Gʻofurov ismi ostida faoliyat yuritib kelgan futbolchining ismi sharifi aslida Anvarjon Husan ogʻli Gʻofurov ekanli shu davrgacha ukasining ismi va pasport maʼlumotlari ostida faoliyat yuritgani aniqlangan. Bu borada Oʻzbekiston Futbolchilar Uyushmasi futbolchining oʻzi barcha maʼlumotlarni tan olganligi va bu borada afsusda ekanligi aytib oʻtganligi sababli, OʻFA etika qoʻmitasi futbolchiga intizomiy va jarima jazosi belgilagan[14].