Kontent qismiga oʻtish

Dostonbek Tursunov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dostonbek Tursunov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dostonbek Tursunov
Tavallud sanasi 13-iyun 1995-yil (1995-06-13) (29 yosh)
Tavallud joyi Oltiariq tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eron Esteghlal Khuzestan F.C.
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Oʻzbekiston Neftchi 2 (0)
2016 Oʻzbekiston Qoʻqon 1912 24 (2)
2017 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod 7 (1)
2017—2018 Oʻzbekiston Neftchi 33 (1)
2019 Yaponiya Renofa Yamaguchi FC 17 (0)
2020 Janubiy Koreya Busan IPark 16 (1)
2021—2022 Xitoy Chongqing Liangjiang Athletic F.C. 9 (2)
2022—2023 Oʻzbekiston Paxtakor 19 (2)
2024— Eron Esteghlal Khuzestan F.C. 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 10 (0)
2016—2018 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-23 24 (4)
2018— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dostonbek Tursunov (13-iyun 1995-yilda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, „Esteghlal Khuzestan F. C.“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatining ilk yillarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Qoʻqon 1912“ jamoasida oʻynagan. 2017-yilning birinchi yarmida Bekobodning „Metallurg“ jamoasida toʻp surgan. 2017-yildan yana „Neftchi“da oʻynab, sardorga aylandi. 2018-yilning dekabr oyida u Yaponiyaning „Renofa Yamaguchi“ga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzoladi.[2]

2024-yil fevral oyida Eronning „Esteghlal Khuzestan F. C.“ jamoasi bilan 2024-yil 30-iyunga qadar shartnoma imzolagan[3].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida 24 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. 2018-yilning may oyida u oʻz mamlakati terma jamoasida debyut qilgan. Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 5ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[4]

Faoliyat statitikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston terma jamoasi[4]
Yillar Isht Gol
2018 3 0
2019 2 1
Jami 5 1