Ikrom Aliboyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev | ||
Tavallud sanasi | 9-yanvar 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Toshkent Oʻzbekiston | ||
Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Seongnam FC | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2018 | Lokomotiv Toshkent | 97 | (11) |
2019—2021 | FC Seoul | 46 | (3) |
2021 | Daejeon Hana Citizen | 17 | (1) |
2022 | Paxtakor Toshkent | 18 | (0) |
2023 | Gangwon FC | 25 | (1) |
2023 | Gangwon FC Reserves | 3 | (0) |
2024— | Seongnam FC | 13 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2018 | Oʻzbekiston U-23 | 6 | (5) |
2015— | Oʻzbekiston | 28 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ikrom Isroiljon oʻgʻli Aliboyev (1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan) – Koreyaning Seongam FC klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.
Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16 ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan. Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015-yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3 ta oʻyinda qatnashgan[1][2].
2018-yil 13-dekabrda u K-liga 1 jamoasi FC Seul bilan uch yillik shartnoma imzoladi[3][4][5]. U 2020-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi va 2020-yilgi chempionat jadvalining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishi uchun klubga hissa qoʻshgan, ammo 2020-yilgi mavsumda jarohati tufayli mavsumni tark etishga majbur boʻlgan[6].
2021-yilda Aliboyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Seul“ klubi bilan shartnomasini bekor qildi va keyin K Liga 2 jamoasi „Daejeon Hana Citizen“ ga oʻtdi[7]. Keyin esa mavsum oxirida klubni tark etdi[8]. 2022-yilda u Oʻzbekistonga qaytib, Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtdi[9][10][11]. 2023-yilgi mavsum avvalida „Paxtakor“ jamoasi bilan xayrlashdi[12][13][14] va Janubiy Koreyaning „Gangwon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[15][16]. 2024-yildan Koreyaning „Seongam FC“ jamoasi futbolchisi[17][18]. 2024-yilda Koreya ligalarida 100 ta oʻyin oʻtkazgan dastlabki oʻzbekistonlik futbolchiga aylangan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 8 April 2024[19]
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
Lokomotiv Toshkent | 2013 | Oʻzbekiston Superligasi | 3 | 0 | 2 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||
2014 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||||
2015 | 25 | 2 | 2 | 0 | 3[izoh 1] | 0 | — | 30 | 2 | |||
2016 | 22 | 1 | 5 | 1 | 7[izoh 1] | 0 | — | 34 | 2 | |||
2017 | 22 | 4 | 5 | 0 | 3[izoh 1] | 0 | — | 30 | 4 | |||
2018 | 25 | 4 | 2 | 1 | 5[izoh 1] | 2 | — | 32 | 7 | |||
Jami | 97 | 11 | 16 | 2 | 18 | 2 | — | 131 | 15 | |||
FC Seoul | 2019 | K League 1 | 35 | 3 | — | — | — | 35 | 3 | |||
2020 | 11 | 0 | 2 | 0 | 2[izoh 1] | 1 | — | 15 | 1 | |||
2021 | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | |||||
Jami | 46 | 3 | 2 | 0 | 2 | 1 | — | 50 | 4 | |||
Daejeon Hana Citizen | 2021 | K League 2 | 17 | 1 | — | — | — | 17 | 1 | |||
Paxtakor Toshkent | 2022 | Oʻzbekiston Superligasi | 18 | 0 | 2 | 0 | 5[izoh 1] | 0 | 1[izoh 2] | 0 | 26 | 0 |
Gangwon FC | 2023 | K League 1 | 23 | 1 | 0 | 0 | — | 2[izoh 3] | 0 | 25 | 1 | |
Seongnam FC | 2024 | K League 2 | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | |||
Umumiy faoliyat | 203 | 16 | 20 | 2 | 25 | 3 | 3 | 0 | 251 | 21 |
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi[20][21]. Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 28 ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lokomotiv tarkibida
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (4): 2016, 2017, 2018, 2022
- Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014
- Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2016, 2017
- Oʻzbekiston Super kubogi gʻolibi: 2015
- Oʻzbekiston Super kubogi 2-oʻrini: 2014
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дастлабки давранинг 7 кашфиёти“ (2015-yil 24-iyul).
- ↑ „Ҳар бир жамоанинг ўз кашфиёти бор ёхуд олий лига-2015да порлаб чиққанлар“ (2015-yil 10-dekabr).
- ↑ „FC서울, 우즈벡 신성 알리바예프 영입 Retrieved December 13 2018.“. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
- ↑ „РАСМАН: Икром Алибоев "Сеул" футболчисига айланди“ (2018-yil 13-dekabr).
- ↑ „FC서울, 우즈벡 신성 알리바예프 영입 Retrieved December 13 2018.“. 2018-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-dekabr.
- ↑ „Икром Алибоев операция столига ётади. Барча харажатлар ўз ҳисобидан бўлади“ (2021-yil 21-fevral).
- ↑ „Расмий хабар: Икром Алибоев бошқа клубга ўтди“ (2021-yil 29-mart).
- ↑ „Икром Алибоев "Теджон"ни тарк этди“ (2022-yil 5-yanvar).
- ↑ '대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.
- ↑ „Расман: Икром Алибоев "Пахтакор" футболчисига айланди“ (2022-yil 20-yanvar).
- ↑ „Суперлига. Қишки трансферлар (ТОП 10)“ (2022-yil 26-fevral).
- ↑ „⚡️ "Пахтакор" Икром Алибоевни Жанубий Корея клубига сотади“ (2022/012/19).
- ↑ „"Пахтакор" Алибоевнинг трансферидан қанча даромад қилди?“ (2022-yil 29-dekabr).
- ↑ '대전과 결별' 알리바예프, 우즈벡 복귀…파크타코르 타슈켄트 이적 Retrieved January 20 2022.
- ↑ „Икром Алибоев яна Жанубий Кореяга қайтди. Унинг янги жамоаси номи маълум!“ (2024-yil 4-yanvar).
- ↑ „Расман: Икром Алибоев фаолиятини Жанубий Корея клубида давом эттиради“ (2022-yil 27-dekabr).
- ↑ „O'zbekistonlik futbolchi Koreyaning 7 karra chempioni va OCHL-2010 g'olibi bilan shartnoma tuzdi“ (2024-yil 5-yanvar).
- ↑ „Расман. Икром Алибоев фаолиятини Кореяда давом эттирадиган бўлди“ (2024-yil 9-yanvar).
- ↑ „I. ALIBAEV“. Soccerway. Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
- ↑ Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронга мағлуб бўлди, 15-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18-iyul 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „Икром Алибоев МТЖ сафида илк бор майдонга тушди“ (2015-yil 11-iyun).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ikrom Aliboyev Soccerway saytida
- Ikrom Aliboyev FootballDatabase.eu saytida
- Ikrom Aliboyev National-Football-Teams.com saytida
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found
- 9-yanvarda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Toshkentlik futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- FC Seoul futbolchilari
- Daejeon Hana Citizen futbolchilari
- Gangwon FC futbolchilari
- Seongnam FC futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Janubiy Koreyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- K liga 1 futbolchilari
- K liga 2 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston kishilari
- Pages with reference errors that trigger visual diffs