Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Fomichyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Fomichyov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vladimir Aleksandrovich Fomichyov
Tavallud sanasi 18-may 1954-yil (1954-05-18) (70 yosh)
Tavallud joyi Olmaota, Qozogʻiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1972—1975 Qayrat 0 (0)
1977—1978 Vostok ? (3)
1979—1986 Ekibastuzets 127 (5)
Boshqargan klublari
1991—1993 Batir
1994 Qozogʻiston U21
1996—1997 Ulytau
1998—1999 Qozogʻiston U21
1999 CSKA-Qayrat
2000 Qozogʻiston (vaqtinchalik)
2001 Manguistau
2002 Jenis
2002—2003 Qozogʻiston U21
2003 Ekibastuzets
2004—2005 Oqjetpes
2007 Nasaf
2008—2010 Taraz
2010—2012 Mashʼal
2013 Vostok
2015—2017 Kyzyl-Jar SK
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Aleksandrovich Fomichyov (1954-yil 18-mayda tugʻilgan[1]) – sovet va qozogʻistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir qator jamoalarda murabbiylik qilgan. Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Futbolchilik faoliyatini 1972-yilda Olmaotaning „Qayrat“ klubida boshlagan. 1975-yilda Qozogʻiston davlat jismoniy tarbiya institutini parallel ravishda tamomlagan. Qiziloʻrdaning „Orbita“ (1975—1976), Ust-Kamenogorskning „Vostok“ (1976—1978) va „Ekibastuzets“ (1979—1986) klublarida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekibastuzets jamoasida futbolchilik faoliyatini yakunlagan va besh yil davomida Ekibastuzning „Gornyak“ SK jamoasida klub boshligʻi lavozimida ishlagan. 1991-yilda Vladimir mahalliy „Botir“ jamoasiga murabbiylik qila boshlagan. Botir jamoasi 1993-yilda Qozogʻiston chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Bu Fomichyovning murabbiy sifatidagi birinchi muvaffaqiyati edi.

1994, 1998—1999, 2002—2003-yillarda Fomichyov Qozogʻiston yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy lavozimida ishlagan. Uning rahbarligida jamoa dastlab 1998-yilda Tailandda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatining yarim finaliga chiqdi, keyin esa 1999-yilda Nigeriyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl olgan. Murabbiyning oʻzi esa OFK tomonidan ikki marta 1998-yil oktyabr va 1999-yil iyun oylarida Osiyoning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. Oʻsha jamoa tarkibida keyinchalik Qozogʻiston terma jamoasida oʻynagan Devid Loriya, Aleksandr Kuchma, Andrey Travin, Igor Soloshenko, Aidar Kumisbekov, Yevgeniy Tarasov kabi futbolchilar maydonga tushishgan[2]. Yoshlar jamoasi bilan muvaffaqiyatli ishlashi uchun Fomichyov Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga sazovor boʻlgan.

1999—2000-yillarda Fomichyov mamlakat olimpiya terma jamoasiga ham ustozlik qilgan. Jamoa saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtkazgan. 2000-yilgi Sidneyda boʻlib oʻtgan Olimpiada sarlash boshqichining hal qiluvchi pley-off oʻyinida Hidetoshi Nakata boshchiligidagi Yaponiya olimpiya terma jamoasiga yoʻllanmani boy bergan. 2000-yil oxirida u Qozogʻiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi vazifasida ishlagan. Uning qoʻl ostidagi jamoa dekabr oyida bitta oʻyin oʻtkazdi va Birlashgan Arab Amirliklariga 2:5 hisobida magʻlub boʻlgan. 2001-yilda Fomichyov Qozogʻiston klublari terma jamoasini 2001-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Sharqiy Osiyo oʻyinlariga olib borgan va bronza medallari bilan qaytgan.

Bunga parallel ravishda Fomichyov qozoq klublariga ham ustozlik qilgan. 1996—1998-yillarda „Gornyak“ FK, 1998-yildan 2000-yilgacha „Qayrat-SSKA“ (Olmaota), 2001-yilda „Mangʻistau“ klublarida bosh murabbiy boʻlgan. 2002-yilda Astananing Jenisn jamoasii boshqargan va 2002-yil 17-oktyabrda futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogida gʻolib chiqqan. 2003-yilda u Ekibastuzets bosh murabbiyi boʻlgan. 2004—2006-yillarda „Oʻqjetpes Koʻkchetav“ klubini, 2007-yilda Qarshining „Nasaf“ klubini, 2008—2010-yillarda Qozogʻistonning „Taraz“ klubini boshqargan.

2010-yilda Oʻzbekistonning Muborakning „Mash’al“ klubida ikki mavsum bosh murabbiy boʻlgan[3][4]. 2012-yil oxirida Qozogʻistonga qaytib, 2013-yilda „Vostok Ust-Kamenogorsk“ga ustozlik qilgan, 2014-yilda Rossiyaning Kaliningrad „Baltika“ klubini boshqargan, keyin esa 2015-yilda Qozogʻiston birinchi ligasida ishtirok etgan „Qizil-Jar“ klubini boshqargan[5].

Murabbiylik yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • OFK tomonidan 1998-yil oktyabr oyida Osiyoning eng yaxshi murabbiyi
  • OFK tomonidan 1999-yil iyun oyida Osiyoning eng yaxshi murabbiyi.