Kontent qismiga oʻtish

Vohid Masudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vohid Masudov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vakhid Yunusuly Masudov
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1959-yil (1959-10-10) (65 yosh)
Tavallud joyi Jambul, Qozogʻiston SSR, Soviet Union
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977–1978 Ximik Jambul
1978 Xorazm
1979 Meliorator Qiziloʻrda
1980–1989 Qayrat Olma-Ota 242 (25)
1990 Terek Grozny 33 (13)
1991–1992 Qayrat Olma-Ota 52 (4)
1993 Dostyk Almaty 24 (5)
1993–1994 Preußen Hameln [de] 22 (1)
1994 SC Göttingen 05
1994 Aktyubinets 15 (2)
Milliy terma jamoa
1992–1996 Qozogʻiston 10 (0)
Boshqargan klublari
1990 Terek Grozny (assistant)
1991–1992 Qayrat Olma-Ota (oʻyinchi murabbiy)
1993 Dostyk (player-manager)
1994 Aktyubinets (oʻyinchi murabbiy)
1995 Yelimay Semipalatinsk (oʻyinchi murabbiy)
1996–1997 Qayrat Olma-Ota (oʻyinchi murabbiy)
1998 Qayrat SSKA
1999 Taraz
2000 Shakhter Karagandy
2001 Qayrat
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vohid Masudov (qozoqcha: Вахид Юнусұлы Масудов, 10-oktyabr 1959-yil, Jambul) – sovet va qozoq sobiq futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Qozogʻiston terma jamoasi tarkibida 1992-1996-yillarda oʻynagan. SSSR sport ustasi (1986). Murabbiylikda „A“ toifadagi litsenziyasiga ega[1].

1977-yil professional faoliyatini „Ximik“ (Jambul) jamoasida debyut qildi.

Oradan bir yil oʻtib Xonqaning „Xorazm“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va unga Xorazm jamoasiga oʻtishni sobiq „Ximik“ futbolchisi Kristofer Kaskinidi tavsiya qildi. 1978-yil kuzida Jambulga qaytib, u harbiy xizmatga chaqiruv qogʻozini oldi va Qiziloʻrdaning „Orbita“ jamoasiga xizmat qilish uchun ketdi.

1980-yilda "Qayrat" ustozi Igor Semyonovich Volchok uni oʻzining jamoasi taklif qildi va u Olma-Otada jamoasining kelajakdagi muhim futbolchilaridan biriga aylanishini aytdi. 1980-yil 7-aprelda Masudov „Qayrat“ safida SSSR oliy ligasida "Dinamo" Tbilisiga qarshi oʻyinda debyut qildi[2]. 1980-yilgi mavsumning ikkinchi bosqichida u klubning asosiy oʻyinchiga aylandi. U jamoaning yetakchisi va sardori edi.

1990-yilda u „Terek“ uchun bir mavsumni oʻtkazdi. 1991-yilda u yana 2 mavsum davomida „Qayrat“ ga qaytdi[3].

1992-yil 1-iyunda „Qozogʻiston“ terma jamoasi safida Markaziy Osiyo kubogi turniri doirasida „Turkmaniston“ terma jamoasiga qarshi oʻz debyut oʻyinini oʻtkazgan[4][5]. U terma jamoada jami 10 ta oʻyin oʻtkazgan, terma jamoa sardori boʻlgan.

1993-yilda „Doʻst Olmaota“ klubida oʻynagan, 1993-yil kuzida Germaniyaning „Oberliga“ klubi „Preussen 07 Hameln“da oʻynash uchun Germaniyaga ketgan. U Germaniyaning „Göttingen 05“ klubida ham oʻynagan[6][7].

Germaniyadan qaytgach, „Aktobenets“ klubida oʻyinchi murabbiy boʻldi. 1995-yilda „Elimai“ jamoasi safida ham oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yildan murabbiylik faoliyatini boshladi. U „Qayrat“ jamoasini boshqardi, bir vaqtning oʻzida oʻyinchi murabbiy sifatida maydonga tushdi. 1999-yilgi mavsum oxirida u jamoani tark etdi. 1999-yil avgustidan 2000-yil mayigacha „Taraz“ klubini boshqargan. 2000-yilning iyulidan dekabrigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor-Ispat-Karmet“ klubini boshqargan.

2001-yilda u Qayratga qaytib keldi va u yerda faqat avgust oyigacha qoldi. 2001—2002 yillarda Qozogʻiston terma jamoasini boshqargan. 2002-yilda „Vostok-Oltin“ jamoasini boshqargan. 2003-yil iyun-iyul – „Aktobe-Lento“ jamoasida murabbiy[8]. 2004-yilda „Jetisu“ klubida ishlagan[9]. 2005—2006-yillarda Qaragʻandaning „Shaxtyor“ jamoasi boshqargan. 2007—2008-yillarda „Qayrat“ klubini boshqargan.

2009-yil Astananing „Lokomotiv“ murabbiyi bo'lib ishlagan. Fevral oyida, jamoa bilan bir necha oylik ishlagandan soʻng, Qozogʻiston chempionati boshlanishiga bir hafta qolganda, u oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqish haqida xat yozgan[10]. 2009-yilning mart oyida u „Atirau“ klubini boshqargan. Tez orada u jamoa bilan birgalikda 2009-yilgi Qozogʻiston kubogi sohibiga aylandi. 2010-yilning mart oyida Qozogʻiston Superkubogi uchun „Aktobe“ bilan oʻyin oldidan u jamoa bilan shartnoma bekor qilinib jamoadan ketgan[11]. 2010-yilda u „Vostok“ 1-ligasi jamoasini boshqarib, uni Premer-ligaga olib chiqdi. 2011-yilning may oyida 10-turdan soʻng oilaviy sabablarga koʻra (xotinining kasalligi) jamoani tark etdi[12]. 2012-yilning avgust oyida u Olmaotaning „Qayrat“ jamoasi murabbiylar shtabiga qoʻshildi[13]. 2013-yildan 2015-yilgacha u mavsum davomida „Ordabasi“, „Astana-1964“ va „SSKA“ klublarini boshqargan.

2016-yilning fevral oyidan Qozogʻiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻldi[14]. 2016-yildan 2017-yilgacha „Ural Akjayik“ bosh murabbiyi boʻlgan[15][16]. 2018-yilning yanvarida Maʼsudov „Atirau“ bosh murabbiyi etib tayinlangan, biroq dastlabki toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng, aprel oyida isteʼfoga chiqarilgandi[17]. 2019-yil „Taraz“ [18][19] 2021-yilning yanvaridan iyuniga qadar „Maktaoral“ ustozi[20][21] sifatida murabbiylik faoliyatini olib bordi. 2021-yil iyun-iyul – "Aktobe" jamoasini boshqargan[22][23]. 2022-yilning yanvaridan „Qozogʻiston U19“ yoshlar jamoasi murabbiyi[24], 2022-yilning iyunidan 2023-yilning yanvarigacha Qaragʻandaning „Shaxtyor“ klubi bosh murabbiyi bo'lib ishlagan[25][26].

  1. „Вахид Масудов получил категорию "А"“ (ru). olympic.kz (2022-yil 25-noyabr). 2010-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  2. „ВАХИД МАСУДОВУ– 60 ЛЕТ!“ (ru). kff.kz (2019-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  3. „Вахид Масудов: "Футбол - это книга, которую в разном возрасте понимаешь по разному"“ (ru). kaz-football.kz (2011-yil 22-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  4. „ВАХИД МАСУДОВУ– 60 ЛЕТ!“ (ru). kff.kz (2019-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  5. „Дивизион Вахида Масудова пройдет в Казахстане“ (ru). dfl.org.ru (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  6. „В футболе, как в жизни, национальность значения не имеет“ (ru). sports.kz (2014-yil 16-aprel). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  7. „Вахид Масудов: раньше футбол был религией“ (ru). businessfm.kz (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  8. „Официально: Вахид Масудов – главный тренер "Актобе"“ (ru). kazfootball.kz (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  9. „Вахид Масудов возглавил талдыкорганский "Жетысу"“ (ru). caravan.kz (2004-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  10. „"Локомотив" без тренера“ (ru). uefa.com (2009-yil 1-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  11. „В команде "Атырау" сменился тренер“ (ru). diapazon.kz (2010-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  12. „Вахид Масудов покинул "Восток"“ (ru). sports.kz (2011-yil 10-may). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  13. „Вахид Масудов стал тренером "Кайрата"“ (ru). vesti.kz (2012-yil 2-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  14. „Вахид Масудов назначен старшим тренером молодежной сборной Казахстана“ (ru). kff.kz (2016-yil 22-fevral). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  15. „Вахид Масудов назначен главным тренером ФК "Акжайык"“ (ru). prosportkz.kz (2016-yil 23-iyul). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  16. „Вахид Масудов покинул "Акжайык"“ (ru). kazfootball.kz (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  17. „Вахид Масудов покинул "Атырау"“ (ru). kazfootball.kz (2018-yil 9-aprel). 2020-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-yanvar.
  18. „Вахид Масудов назначен главным тренером ФК "Тараз"“ (ru). inform.kz (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  19. „Официально: Вахид Масудов покинул "Тараз"“ (ru). kazfootball.kz (2019-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  20. „Масудов назначен главным тренером "Мактаарала"“ (ru). sports.ru (2021-yil 5-fevral).
  21. „Вахид Масудов покинул "Мактаарал" и отправился в "Актобе"“ (ru). kazfootball.kz (2021-yil 6-iyul).
  22. „Вахид Масудов возглавил "Актобе"“ (ru). vesti.kz (2021-yil 7-iyun).
  23. „Масудов покинул "Актобе", проработав в клубе 1,5 месяца“ (ru). .sports.ru (2021-yil 26-iyul).
  24. „ОФИЦИАЛЬНО: ВАХИД МАСУДОВ – ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ЮНОШЕСКОЙ СБОРНОЙ КАЗАХСТАНА U-19“ (ru) (2022-yil 25-yanvar).
  25. „ВАХИД МАСУДОВ — ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ФК "ШАХТЕР"“ (ru). shakhter.kz (2022-yil 28-iyun).
  26. „Манзорро покинул "Астану", "Актобе" продлил контракт с одним из капитанов, а в "Шахтере" новый главный тренер“ (ru). prosports.kz (2023-yil 19-yanvar).