Kontent qismiga oʻtish

Toshmurod Ogʻamurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Toshmurod Ogʻamurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Toshmurod Shamakovich Ogʻamurodov
Tavallud sanasi 18-avgust 1952-yil (1952-08-18) (72 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Boʻyi 174 cm (5 ft 8 12 in)
Boshqargan klublari
Yillar Jamoalar
1990—1993 Turkmaniston Nebitchi
1994—1995 Turkmaniston Nisa
1994 Turkmaniston Turkmaniston
1996—1998 Turkmaniston Kopetdag
2000—2001 Turkmaniston Kopetdag
2001—2005 Oʻzbekiston Paxtakor
2002—2004 Oʻzbekiston Oʻzbekiston (assistant)
2005—2006 Qozogʻiston Qayrat
2007—2009 Oʻzbekiston Dinamo
2010 Oʻzbekiston Lokomotiv
2011 Oʻzbekiston Shoʻrtan
2012 Oʻzbekiston Paxtakor (assistant)
2012—2013 Oʻzbekiston Buxoro
2014—2015 Oʻzbekiston Dinamo
2015—2017 Oʻzbekiston Buxoro
2019 Oʻzbekiston Dinamo
2020 Oʻzbekiston Qizilqum

Toshmurod Shamakovich Ogʻamurodov (turkmancha: Täçmyrat Shamakowiç Agamyradow, ruscha: Ташмурад Шамакович Агамурадов; 1952-yil 18-avgustda tugʻilgan) – turkman futboli murabbiyi. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, 2004-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi, 2004-yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiylari uchligiga kirgan. Toshmurod Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmaniston sport qoʻmitasi maktab-internati bitiruvchisi. Keyinchalik, 1974-yilda Turkman davlat universiteti jismoniy tarbiya fakulteti murabbiylik boʻlimini tamomlagan. Toshmurodning „Kolxozchi“ qishloq sport jamiyatida ishlagan. Keyingi yetti yil davomida Ashxobod viloyati va Ashxobod shahridagi turli bolalar va oʻsmirlar maktablarida ishlagan.

1990—1993-yillarda „Nebitchi“ jamoasida murabbiylik qilgan. 1991-yilda Nebitchi Balkanabat klubini boshqargan. 1994—1996-yillarda „Nisa Ashxobod“ klubini boshqargan. 1994-yili Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarining futbol turnirida Turkmaniston terma jamoasi murabbiyi boʻlgan[1]. 1995-yilda esa Turkmaniston olimpiya futbol jamoasiga ustozlik qilgan[2]. 1997-yil iyun oyida Turkmaniston terma jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. Shuningdek, 1997-yilning iyul oyida Nisa Ashxobod jamoasiga qaytib kelgan va 1998-yilda Köpetdog Ashxobod jamoasini boshqargan. 1999-yilda Moskvadagi Rossiya Federatsiyasi futbol murabbiylari oliy maktabiga oʻqishga kirgan. Bir yil oʻtgach oʻqishni tugatgan. 2000-yil fevral oyida Italiyaning „Milan“ futbol klubi bazasida amaliyot oʻtagan.

2000-yilning martidan 2001-yilning iyunigacha yana „Kopetdog Ashxobod“ va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. 2001—2005-yillarda Toshkentning „Paxtakor“ klubini boshqargan va 2004-yilda „Yil murabbiyi“ deb topilgan. 2002-yildan 2004-yil boshiga qadar Oʻzbekiston terma jamoasida murabbiy-maslahatchi lavozimida ishlagan. Shu bilan birga, 2003-yildan 2005-yil avgustigacha Toshkentning „Paxtakor“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. 2006-yil 1-iyundan 21-avgustgacha u Qozogʻistonning „Qayrat Olmaota“ klubini boshqargan[3]. Soʻngra Oʻzbekistonga qaytib, 2007—2008-yillar davomida Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga, 2009—2010-yillarda esa Toshkentning „Paxtakor“ klubining seleksionerlik boʻlimiga rahbarlik qilgan. 2010-yil iyulidan 2011-yilgacha Toshkentning „Lokomotiv“ klubini boshqargan, keyinchalik esa „Paxtakor“ jamoasidagi avvalgi lavozimiga qaytgan. 2011-yil iyulidan 2011-yil oktyabrigacha „Shoʻrtan Gʻuzor“ jamoasiga murabbiylik qilgan. 2011-yilning sentyabrida yana „Paxtakor“ murabbiylar shtabiga taklif qilingan va u yerda klub bosh murabbiyi maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.

2011-yilning 28-sentyabrida Ravshan Xaydarov ishdan boʻshatilgach, uning oʻrniga Murod Ismoilov vaqtincha klub bosh murabbiyi etib tayinlangach, Agamurodov Ismoilovning yordamchi murabbiyi boʻlib, yana klubga qaytgan[4][5].

2012-yil iyun oyida Jamshid Saidov oʻrniga Agamurodov Buxoro FK bosh murabbiyi etib tayinlangan[6][7]. 2013-yil 10-noyabrda Buxoro jamoasidagi oʻrnini tark etgan va 2014-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan. 2015-yilning 2-iyulida Dinamodagi lavozimini tark etishini eʼlon qilgan. „Dinamo“ jamoasini tark etgach, 2015-yilning 10-iyulida „Buxoro“ FKda maslahatchi murabbiy sifatida ishlagan[8][9][10].

Nebitchi Balkanobod
  • Yokari Ligasi ikkinchi oʻyinchisi: 1992-yil
  • Yokari Liga 3: 1993-yil
  • Turkmaniston kubogi sohibi: 1992-yil
Nisa Ashxobod
  • Yokari Liga ikkinchi oʻrinchisi: 1995, 1995
Köpetdag Ashxobod
  • Ýokary Liga (2): 1998, 2000
  • Turkmaniston kubogi (2): 1996/97, 2000
  • MDH kubogi yarim finali: 1997, 1998, 2001
  • Osiyo Kubogi egalari kubogi yarim finali: 1997-98
Paxtakor
  • Oʻzbekiston ligasi (5): 2002, 2002, 2003, 2004, 2005[11]
  • Oʻzbekiston kubogi (3): 2001/02, 2002/03 va 2004
  • Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali: 2002-03, 2004
  • MDH kubogi yarim finali: 2003-yil
Turkmaniston
  • Osiyo oʻyinlarining chorak finali: 1994, 1998
  • Oʻzbekiston futbolining eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshmurod Ogʻamurodovning oʻgʻli Ahmad ham turkmanistonlik futbol murabbiy.

  1. „ru:Биография Агамурадова Т. Ш“ (ruscha). dinamo-fan.ucoz.ru. Qaraldi: 23-iyul 2012-yil.
  2. International Matches 1997 – Asia
  3. „Kayrat-Almati KTJ“ (Almati) – Kazaxstanskiy futbol | KAZ-Football.kz | Futbol Kazaxstana
  4. "Murod Ismailov appointed as acting head coach of Pakhtakor (Wayback Machine saytida 2018-08-07 sanasida arxivlangan). UzDaily.com. 28 September 2011.
  5. "U „Paxtakora“ noviy trener. gazeta.uz. 2011-09-28.
  6. „"T.Agamurodov "Buxoro" bosh murabbiyi etib tayinlandi"“. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-sentabr 2022-yil.
  7. T.Agamurodov „Buxoro“ bosh murabbiyi etib tayinlandi
  8. „Т.Агамуродов "Бухоро" бош мураббийи этиб тайинланди“ (oʻzbekcha). stadion.uz (6-iyun 2012-yil). Qaraldi: 6-iyun 2012-yil.
  9. „Тачмурод Агамуродов — "Қизилқум" бош мураббийи“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  10. „Расмий хабар: Тачмурод Агамуродов - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.
  11. „Ўзбекистон чемпионатида ғолиб чиққан хорижлик мураббийлар. Арвеладзе, Силва, Сколари, Агамуродов...“. 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-noyabr.