Dilshod Nuraliyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-noyabr 1969-yil | ||
Tavallud joyi |
Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Lokomotiv (Тoshkent) U21 | ||
Boshqargan klublari | |||
Yillar | Jamoalar | ||
2008—2010 2011—2013 2014—2015 2015 2017 2018 2019 2020— 2020 |
Paxtakor (akademiya) Oʻzbekiston (17yoshgacha) Paxtakor-2 Oʻzbekiston (22 yoshgacha) Oʻzbekiston (15yoshgacha) Surxon Oʻzbekiston (17 yoshgacha) Lokomotiv (Тoshkent) U21 Lokomotiv (Тoshkent) |
Dilshod Nuraliyev (Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida 1969-yil 19-noyabrda tugʻilgan) —oʻzbek futbolchisi va murabbiyi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Paxtakor“ jamoasi bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murabbiylik faoliyatini „Paxtakor“ akademiyasida boshlagan. Nuraliyev 2009-yilda „Paxtakor“ klubida 1996-yilda tugʻilgan oʻyinchilar jamoasida murabbiy vazifasini bajargan kezlari bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib chiqqan. 2009-yil 1-iyundan 4-iyungacha Kiyevda XX-asrning 60-70-yillari afsonaviy darvozaboni sharafiga atab „Viktor Bannikov kubogi 2009“ xalqaro turniri oʻtkazilgan. Nuraliyev boshchiligidagi „Paxtakor-1996“ jamoasi guruh bosqichining uchta oʻyinida ham gʻalaba qozonib, finalda Kiyevning „Dinamo“ jamoasi bilan toʻqnash keladi va tengdoshlari ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi[1][2][3].
2009-yilning noyabr oyida „Paxtakor-1996“ jamoasi Krasnodarda Valentin Ivanov tavalludining 75 yilligi sharafiga oʻtkazilgan xalqaro turnirda gʻolib boʻladi. 6 jamoa ishtirokida oʻtgan turnirning birinchi turida oʻtkazilgan oʻyinlar natijasiga koʻra gʻolib va sovrindorlar aniqlanib keying bosqichga oʻtkazilgan. 8-noyabr kuni Krimsk shahrida oʻtgan turning soʻnggi hal qiluvchi bahsida „Paxtakor“ yoshlari Nazranning „Angusht“ jamoasini 6:0 hisobida magʻlub etishgan[4][5]. Bundan tashqari, „Paxtakor-1996“ jamoasi Nuraliyev boshchiligida 2009-yilda Mixail An va Fedorov xotirasiga bagʻishlangan „Paxtakor-79“ (Oʻzbekiston) turnirlarida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan.
2010-yilda Nuraliyev boshchiligidagi „Paxtakor-1996“ akademiyasi jamoasi Alkobendas (Ispaniya) shahrida oʻtkazilgan „Goalearning International“ xalqaro yoshlar turnirida ishtirok etishadi. Turnirda 8 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borgan. Guruh bosqichida „Paxtakor“ futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari har uchala oʻyinda ham gʻalaba qozonishgan. Avvaliga „Adarve“ jamoasini 3:1 hisobida magʻlub etib, keyin „Atletiko Madrid“ni 2:0 hisobida magʻlub etadi. Uchinchi turda esa „San-Fernando“ yoshlar jamoasini ham 2:0 hisob bilan magʻlub etgan. Yarim finalda „Alkobendas“ jamoasi bilan toʻqnash kelgan „Paxtakor“ shiddatli kurashda minimal 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Turnir finalida „Paxtakor“ jamoasi „Alkala“ jamoasini 4:0 hisobida magʻlub etib, turnir gʻolibiga aylangan. Beshta oʻyinda Nuraliyev shogirdlari raqiblar darvozasiga jami 13 ta gol urib, oʻz darvozalaridan ikkita gol oʻtkazib yuborishgan[6][7][8].
15-17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda Nuraliyev 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanadi. Uning rahbarligida 2011-yil 1-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi 2012-yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan oʻtgan milliy terma jamoamiz guruhda birinchi oʻrinni egallaydi. 2012-yilda BAAda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida milliy terma jamoa asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang oʻynagan. Yaponiya oʻsmirlarini penaltilar seriyasida 3:2 hisobida magʻlub etib, birinchi oʻrinni egallaydi. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 16 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Qitʼa kubogini qoʻlga kiritgan mamlakatning birinchi terma jamoasiga aylanadi.[9][10]
2012-yilgi 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, jamoa 2013-yili Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiratadi. Jamoa guruhda ishonchli oʻyin namoyish etib keying bosqichga oʻtadi. Ammo 1/8 finalda kutilmaganda Gondurasga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy beradi. Nuraliyev oʻyin oldidan jamoa hujumkor futbol oʻynashini takidlab oʻtadi. Biroq 24-daqiqada terma jamoa himoyachisi Akramjon Komilov maydondan chetlatilgani sababli Nuraliyev oʻyinni qayta tiklashga majbur boʻladi va jamoa dastlab rejalashtirilgan taktikani amalga oshira olmaydi.
2012-yil yakuniga koʻra Nuraliyev Oʻzbekiston futbol federatsiyasi tomonidan „Yilning eng yaxshi bolalar va oʻsmirlar murabbiyi“ va Mirjalol Qosimovdan keyingi nominatsiya boʻyicha yilning ikkinchi murabbiyi deb topilgan[11]. 2012—2013-yillarda Nuraliyev ketma-ket ikki marta „Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan.
2013-yil dekabr oyi oxirida Dilshod Nuraliyev birinchi ligada toʻp surayotgan „Paxtakor-2“ jamoasiga murabbiy etib tayinlanadi[12].
22 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]UFFning 2015-yil 23-iyun kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Viktor Jalilovni 22 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Dilshod Nuraliyev murabbiy yordamchisi etib tayinlanadi[13].
15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nuraliyev 2017-yilda 15 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston terma jamoasiga yangi murabbiy etib tayinlanadi. 2017-yil sentabr oyida Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati-2018 saralash turnirida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi guruhda atigi 3-oʻrinni egallab, 2006-yildan buyon ilk bor Osiyo chempionatiga chiqa olmaydi. 2017-yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi Nuraliyevni terma jamoadagi qoniqarsiz natijasi uchun lavozimidan ozod qiladi.
2018-yil 3-fevral kuni Nuraliyev „Surxon“ (Termiz) klubiga bosh murabbiy etib tayinlanadi.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Paxtakor“ jamoasi bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2009-yil — Valentin Ivanov sharafiga oʻtkazilgan xalqaro turnir gʻolibi.
- 2009-yil — „Viktor Bannikov kubogi“ xalqaro turniri gʻolibi.
- 2010-yil — Alkobendasdagi „Goalearning International“ xalqaro turniri gʻolibi.
Oʻzbekiston U15-17jamoasi bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2012-yil — U16 Osiyo chempionati gʻolibi.
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2012-yil — Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi.
- 2013-yil — Oʻzbekistonda yil murabbiyi.
- 2012,2013-yillar — Yilning eng yaxshi yoshlar murabbiyi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Кубок Банникова — 2009“ (deadlink). ffk.kiev.ua (5-iyun 2009-yil). 9-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „«Пахтакор» обыграл киевское «Динамо» и завоевал Кубок Банникова“. Uzreport.uz (6-iyun 2009-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „«Динамо» (до 13): второе место на Кубке Банникова-2009“. Официальный сайт «Динамо» Киев (5-iyun 2009-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „«Пахтакор» выигрывает пока что только заграницей“. Uzreport.uz (9-noyabr 2009-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Футболисты из Узбекистана стали победителями международного турнира в честь Валентина Иванова“ (deadlink) (8-noyabr 2009-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Воспитанники «Пахтакора» выиграли турнир в Испании“. UzDaily.uz (23-iyun 2010-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2022-yil.
- ↑ „Победа «Пахтакора» в Испании!“ (deadlink) (23-iyun 2010-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Uzbekistan football team, Pakhtakor Club visits GOALearning Residence“ (inglizcha) (deadlink). Intersoccermadrid.com. (28-iyun 2010-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Юношеская сборная Узбекистана по футболу стала чемпионом Азии“. gazeta.uz (7-oktabr 2012-yil). 29-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Юношеская сборная Узбекистана (до 16) выигрывает главный трофей в Азии“. sports.ru (7-oktabr 2012-yil). 29-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ФФУ наградила лауреатов 2012 года“ (deadlink). olympic.uz (21-fevral 2013-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Илхом Муминжонов будет тренировать молодых пахтакоровцев“. Championat.asia (8-yanvar 2013-yil). 8-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Джалилов сменил Ашурматова на посту главкома олимпийской сборной Узбекистана“ (deadlink). sports.uz (25-iyun 2015-yil). 26-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ О награждении в связи с двадцать второй годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования и других социальных сфер, 23.08.2013 (Wayback Machine saytida 8-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan)