Kontent qismiga oʻtish

Vazgen Manasyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vazgen Manasyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vazgen Ignatovich Manasyan
Tavallud sanasi 13-mart 1958-yil
Tavallud joyi Stalinabad, Tojikiston SSR, Soviet Union
Vafot sanasi 9-yanvar 2024-yil(2024-01-09)
(65 yoshda)
Vafot joyi Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975–1979 Politekhnik Dushanbe
1979–1992 Pamir Dushanbe 425 (123)
1992 FC Zenit Saint Petersburg 4 (0)
1992–1994 FC Vorskla Poltava 70 (19)
1995 FC Kolos Karapyshi
1995 FC Nyva-Cosmos Myronivka 2 (0)
1996 FC Industriya Borovsk 19 (6)
Milliy terma jamoa
1992 Tojikiston 1 (0)
Boshqargan klublari
2003 FC Volochanin-Ratmir Vyshny Volochyok (assistant)
2003–2004 FC Volochanin-Ratmir Vyshny Volochyok
2005 FC Chernomorets Novorossiysk
2008 FC Stal Dniprodzerzhynsk
2011 Lokomotiv Toshkent
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vazgen Ignatovich Manasyan (ruscha: Вазген Игнатович Манасян; 1958-yil 13-martda – 9-yanvar 2024-yil) – Asli arman millatiga mansub tojikistonlik professional sobiq futbol murabbiyi va futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dushanbeda futbol oʻynay boshlagan. 1968—1970-yillarda „Charm toʻp“ Butunittifoq musobaqasida qatnashgan[1]. Keyin Dushanbedagi „Spartak“ qoshidagi 5-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga oʻqishga kirdi. Valeriy Fayzrahmonov va Valeriy Korcheyevlardan tahsil olgan.

1975—1979-yillarda Tojikiston Politexnika institutida tahsil olgan va bir vaqtning oʻzida institut jamoasi tarkibida Tojikiston chempionatida oʻynagan. 1979-yil sentyabr oyida Pomi klubiga taklif qilindi. Manasyan dastlab oʻrinbosarlar tarkibida oʻynadi va u yerda toʻpurarlik xislatlarini koʻrsatdi.

U 1980-yilda „Pomir Dushanbe“ jamoasi tarkibida SSSR Birinchi ligasida professional debyutini amalga oshirgan.

1980-yildan jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. Birinchi mavsumda u chempionatning barcha 46 uchrashuvida maydonga tushib, 16 ta gol urgan. Keyingi mavsumlarda ham koʻp gol urildi va jamoa birinchi ligada yetakchi oʻrinlarda boʻldi. 1986-yilgi chempionatda u 27 ta gol urgan. Bu koʻrsatkich unga mavsumning birinchi ligasining eng sermahsul toʻpurari uchun „Komsomolets Tajikistan“ gazetasining „Oltin butsa“ sovrini sohibi boʻlish imkonini berdi.

1987-yil 31-mayda „Rostselmash“ klubiga qarshi safar oʻyinida u birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi milliy chempionatdagi 100-golini kiritdi. 1988-yilgi mavsumda u jamoaga birinchi liga chempionatida kichik oltin medallarni qoʻlga kiritishga va SSSR Oliy ligasiga chiqishga yordam berdi. Natijada 120 ta gol bilan Birinchi liganing eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi[2].

Oliy ligada u unchalik sermahsul oʻynamadi – uch mavsumda atigi 3 ta gol urdi[3].

1992-yil aprel oyida SSSR parchalanganidan soʻng u „Pomir“ jamoasini tark etib, „Zenit“ klubiga oʻtdi.[4] Hujum orti pozitsiyasi harkat qildi va 4 ta oʻyin oʻtkazdi[5].Oʻyinlar davomida olgan jaroxati unga tarkibda mustahkam oʻrin olishiga toʻsqinlik qildi.

U Dushanbega qaytib, jarohatini toʻliq davoladi va Ukrainaga koʻchib oʻtdi. Ukrainada yerda bir necha mavsumni Vorskla klubi safida Birinchi liga musoboqasida oʻtkazdi va Ukraina fuqaroligini oldi[6]. Faoliyatini 1996-yilda Rossiya ikkinchi ligasining „Sanoat“ (Borovsk) jamoasida yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yili Tojikiston terma jamoasi safida 1 ta oʻyin oʻtkazgan[7].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Poltavaga qaytib keldi va u yerda KFK jamoasiga ustozlik qildi va Poltava viloyatining turli yoshdagi terma jamoasiga bosh murabbiy boʻldi.

2003-yilning dekabr oyidan boshlab u Volochanin-Ratmir klubiga murabbiylik qiladi.[8] 2004-yilda jamoani tark etgan.

2005-yilda u Janubiy Federal okrugining havaskorlar ligasida oʻynagan „Novorossiysk“ klubida ishlagan.[9]

2006—2007-yillarda u Pavlovskaya qishlogʻidan „Kolos“ jamoasini boshqargan.[10]

2011-yil mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida ishtirok etgan Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan.[11] Keyinchalik Vazgen klub murabbiylar shtabiga aʼzo boʻlgan bie necha yil yordamchi murabbiy sifatida ishlagan[12]. 2021-yilgi mavsumda maʼlum davrda Yaypaning „Turon“ klubi murabbiylar shatabida ishlagan.

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki farzandi bor. Katta qizi Olga va oʻgʻli Arsen (01/08/1987 y.). Olga Poltava viloyatining bosh pediatri boʻlib ishlaydi. Arsen Manasyan ham futbolchilik kasbini tanlagan[13].

2021-yilda Manasyan saraton kasalligiga chalingan va bir necha yillar davomida bu kasallik bilan kurashgan. 2024-yil 9-yanvarga oʻtar kechasi Toshkentda vafot etgan[14][15][16].

  1. Vazgen Manasyan – Prirojdyonniy bombardir[sayt ishlamaydi]
  2. „Манасян Вазген“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-may.
  3. „Манасян Вазген“. 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-may 2012-yil.
  4. „Статистика на сайте zenit-history.ru“. 8-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2013-yil.
  5. „История «Зенита». Сезон 1992“ (deadlink). 2009-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2009-yil.
  6. „Офіційний сайт Федерації футболу України“. 27-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
  7. „International Matches 1992 — Asia“. 15-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyul 2010-yil.
  8. Iz „Pamira“ – v tverskuyu Venesiyu[sayt ishlamaydi]
  9. Manasyan Arsen Vazgenovich
  10. „В списке футболистов мира есть и павловчане“ (ruscha). Pav-edin23.ru (13-fevral 2014-yil). 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-iyul 2019-yil.
  11. „Вазген Манасян трудоустроился в Узбекистане“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2012-yil.
  12. Vazgen Manasyan stal pomoщnikom glavnogo trenera tashkentskogo „Lokomotiva“
  13. Manasyan Arsen Vazgenovich
  14. „Ушёл из жизни ветеран таджикского футбола Вазген Манасян – Федерация Футбола Таджикистана“ (ru-RU). Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.
  15. „"Локомотив"нинг собиқ мураббийи вафот этди“ (2024-yil 9-yanvar).
  16. „"Локомотив" собиқ бош мураббийи Вазген Манасян вафот этди“ (2024-yil 9-yanvar).
  17. „УШЕЛ ИЗ ЖИЗНИ ВЕТЕРАН ТАДЖИКСКОГО ФУТБОЛА ВАЗГЕН МАНАСЯН“ (Russian). fft.tj. Tajikistan Football Federation (2024-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 9-yanvar.