Kontent qismiga oʻtish

Ravshan Muhadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Röwşen Muhadowdan yoʻnaltirildi)
Ravshan Muhadov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow
Tavallud sanasi 23-sentyabr 1961-yil (1961-09-23) (63 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, SSSR[1]
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
?-1988 FK Köpetdag Aşgabat 208 (119)
1989 Paxtakor Toshkent 35 (8)
1990 CSKA Pamir Dushanbe 0 (0)
1990-1992 FK Köpetdag Aşgabat 76 (58)
1992-1993 Gençlerbirliği 18 (5)
1994 Yelimay 24 (15)
1995-1996 Yimpaş Yozgatspor 8 (1)
1995-1996 Nevşehirspor 14 (2)
1997 Yelimay 14 (1)
1997-1998 FK Köpetdag Aşgabat
Milliy terma jamoa
1992-1994 Turkmaniston 12 (3)
Boshqargan klublari
1999-2000 Nisa Aşgabat
1999-2000 Turkmaniston
2003-2007 Turkmenistan Olympic Team
2010-201? Ahal FK
2012-2013 Turkmenistan (youth)
2012-2013 Turkmenistan U-16
2016-201? Turkmaniston
2021 Turkmaniston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rovshen Abdurahmanovich Muhadov (turkmancha: Röwşen Abdurahmanowiç Muhadow; 1961-yil 23-sentyabr), turkman futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan[2]. Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiylardan biri. 1994-yil Qozogʻiston Respublikasi sport ustasi[3].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Muhadov 1961-yil 23-sentyabrda Ashxobodda (Turkmaniston SSR) tugʻilgan. Uning ukasi Charyyar ham turkmanistonlik taniqli futbolchi boʻlib, bir muddat Turkmaniston terma jamoasi shtab-kvartirasini boshqargan. Uning oʻgʻli Azat Turkmanistonning „Bolqon“ klubi va Turkmaniston terma jamoasida toʻp surgan.

Oʻyin faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhadov mahalliy „Kolxozchi“ (keyinchalik nomini Kopetdogʻga oʻzgartirgan) jamoasida ikkinchi ittifoq ligasida oʻynagan. U Ashxobod klubi safidagi ilk oʻyinini SSSR kubogida 1980-yili Lunchxutining „Guriya“ klubiga qarshi oʻtkazgan, tanaffusdan soʻng zaxiradan maydonga tushgan[4]. U 1982-yilda SSSR ikkinchi ligasida chempionatidagi debyut oʻyinini oʻtkazgan. U koʻp vaqtini Ashxobod klubida oʻynagan, jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Sermahsulligi yuqori boʻlgan va 1988-yilgi mavsumda 34 oʻyinda 24 gol urgan.

Muvaffaqiyatli 1988-yilgi mavsumdan soʻng 1989-yilda Muhadov SSSR birinchi ligasidagi Toshkentning „Paxtakor“ klubidan taklif olgan. U Oʻzbekiston klubi safida 35 ta oʻyin oʻtkazib[5], 8 ta gol urgan. Mavsum yakunida „Paxtakor“ turnir jadvalining oʻrtalaridan joy oldi va oliy ligaga qayta olmadi.

1990-yillarning boshlarida, Muhadov va uning katta ukasi Çaryyar Dushanbening „Pomir“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Keyinchalik ukasidan farqli oʻlaroq, Tojikiston klubi tarkibida oʻynamagan va Kopetdogʻ klubiga qaytgan[6].

1990-yillar oʻrtalarida u „Kopetdogʻ“ga qaytib keldi va u bilan 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar Ikkinchi ligada muvaffaqiyatli oʻynagan. Kopetdag jamoasida faoliyatini davom ettirgab Muhadov yana eng yaxshi toʻpurariga aylandi va 1991-yilgi mavsumda 42 oʻyinda 35 ta gol urib, SSSR Bufer ligasining sharqiy zonasida eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Kopetdag esa ikkinchi oʻrinni egallagan[7]. 1992-yilgi mavsumda klub bilan birgalikda Turkmaniston chempionatida start oldi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barcha sobiq ittifoq respublikalari oʻzlarining milliy chempionatlarini oʻtkaza boshladilar. Kopetdogʻ 1992-yilda Turkmanistonning birinchi chempionligini qoʻlga kiritgan.

1992-yilning oktabr oyida Turkmaniston chempionligini qoʻlga kiritgach, Muhadov oʻzini Turkiya chempionatida sinab koʻrishga qaror qildi va mavsum davomida poytaxtning „Genchlerbirligi“ klubida oʻynagan.

1994-yilda Muhadov Qozogʻiston Premyer-ligasining, Semipalatinsk shahrining „Elimay“ klubidan taklif olgan[8]. Qozog‘iston klubi tarkibida Muhadov 15 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻldi. Mavsum yakunida Qozogʻiston chempioni[9] va Qozogʻiston sport ustasi boʻlgan[10].

1995-yil oʻrtalaridan boshlab u yana Turkiyada quyi liga klublarida oʻynagan. U yerda avvaliga „Impash Yozgatspor“, keyin „Nevshehirspor“ jamoasida oʻynagan. 1997-yilda u Elimayga qaytdi, biroq avvalgi koʻrsatkichlarini takrorlay olmadi. 14 uchrashuvda atigi 1 ta gol urgan. 1998-yilda Muhadov Kopetdogʻga qaytib keldi va u yerda oʻzining oldingi sport formasiga yaqinlashdi[11] va yana Turkmaniston chempioni boʻlgan. 1998-1999-yilgi mavsumda Ashxobod klubi safida yana Turkmaniston chempioni boʻldi va shundan soʻng futbol maydonlarida oʻynashni tugatgan.

Xalqaro martaba

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhadov Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan. U Turkmaniston terma jamoasining birinchi oʻyinida Olmaotada Qozogʻistonga qarshi maydongga tushgan va 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan[12].

Milliy terma jamoa tarkibida Muhadov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan. 1992-yildan 2000-yilgacha terma jamoa safida jami 12 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhadov murabbiylik faoliyatini, futbolchilik faoliyatini yakunlagan paytda boshlagan. Faoliyati yakunlaginidan soʻng „Nisa“ klubi va Turkmaniston terma jamoasini boshqargan. Bu lavozimlarda u bir yildan kamroq vaqt ishlagan.

2003-2007-yillarda mamlakat olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. Ayni paytda yoshlar terma jamoasida ham murabbiylik qilgan.

2010-yilda Muhadov bir muddat „Ahal“ klubini boshqargan. 2011-yil sentyabr oyida Muhadov Pro murabbiylik litsenziyasini oldi. Bu unga dunyoning istalgan mamlakatidagi terma jamoalar va klublarni boshqarish huquqini beradi[13].

2012-yildan 2013-yilgacha Muhadov mamlakat yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan va u bilan 2012-yilda Turkmaniston prezidenti kubogini qoʻlga kiritgan[14].

2016-yilda Turkmaniston U-16 terma jamoasi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan[15]. Muhadov Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoniga ega[16].

2021-yil 12-mart kuni Muhadov Turkmaniston milliy futbol terma jamoasiga murabbiy boʻlgan[17].