Kontent qismiga oʻtish

Dinamo (futbol klubi, Samarqand)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
FC Dinamo Samarqand
Toʻliq nomi Dinamo Samarqand futbol klubi
Laqabi The Lions (Oʻzbekcha: Sherlar)
Arslonlar
Dinamochilar
Asos solingan 1960 (64 yil avval) (1960)
Stadioni Dinamo stadioni
Sigʻimi 13,800
President Oʻzbekiston Akbar Shukurov
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Vadim Abramov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 8 (2024)
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Dinamo (Samarqand futbol klubi) (inglizcha: FC Dinamo Samarqand, tojikcha: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) – futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi.

Jamoaning vujudga kelishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.

Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.

Jamoa nomlari tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“

  • 1960–1963: Dinamo Samarqand
  • 1963–1967: Spartak Samarqand
  • 1967–1968: Soʻgʻdiyona Samarqand
  • 1968–1970: FK Samarqand
  • 1970–1976: Stroitel Samarqand
  • 1976–1991: Dinamo Samarqand
  • 1991–1993: Maroqand Samarqand
  • 1993–1997: Dinamo Samarqand
  • 1997–1998: Afrosiyob Samarqand
  • 1998–2000: FK Samarqand
  • 2000–2008: FK Samarqand-Dinamo
  • 2008–present: FK Dinamo Samarqand

SSSR Chempionatlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.

Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.

1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.

Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirilgan. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritilgan. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.

1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.

1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.

1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.

Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.

80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.

SSSR chempionati natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga SSSR Kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Liga OʻR D M UG OʻG O Ism Liga
1960 3st 16 30 4 8 18 30 78 16 SSSR bayrogʻi Yuriy Mamedov 6 SSSR bayrogʻi Artyom Vartazarov
1961 3st 15 30 5 8 17 39 76 18 SSSR bayrogʻi Vitaliy Nikitin 4 SSSR bayrogʻi Artyom Vartazarov
1962 nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi
1963 3st 12 28 7 9 12 25 42 23 SSSR bayrogʻi Ruben Shohnazarov 5 SSSR bayrogʻi Anatoliy Morozov

SSSR bayrogʻi Saveliy Safronov

1964 3st 6 32 12 13 7 31 23 37 SSSR bayrogʻi Rashid Mamedov 10 SSSR bayrogʻi Saveliy Safronov

SSSR bayrogʻi Ruslanbek Dzasoxov

1965 3st 15 38 12 9 17 43 65 33 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi Ruslanbek Dzasoxov

SSSR bayrogʻi Yuriy Yusupov

1966 3st 14 36 9 10 17 25 32 28 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi
1967 3st 4 42 16 17 9 40 32 49 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi
1968 3st 3 42 19 16 7 55 38 54 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi
1969 3st 2 46 23 15 8 70 37 61 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi
1970 3st 11 32 7 11 14 35 40 25 SSSR bayrogʻi SSSR bayrogʻi
1971—1975 Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan
1976 3st 19 40 14 5 21 38 49 33 SSSR bayrogʻi Anatoliy Melixov 10 SSSR bayrogʻi Viktor Orlov
1977 3st 15 40 13 10 17 50 51 36 SSSR bayrogʻi Aleksand Mosesov 13 SSSR bayrogʻi Sergey Budagov
1978 3st 19 44 12 10 22 46 69 34 SSSR bayrogʻi Sergey Grigorovich 19 SSSR bayrogʻi Yakov Kaprov
1979 3st 7 46 21 10 15 59 39 52 SSSR bayrogʻi Sergey Grigorovich 18 SSSR bayrogʻi Bahodir Ibrohimov

SSSR bayrogʻi Vitaliy Krasnoshyokov

1980 3st 1 36 26 4 6 80 38 56 SSSR bayrogʻi Erkin Vohidov 17 SSSR bayrogʻi Birodar Abduraimov
1981 3st 2 40 27 7 6 76 33 61 SSSR bayrogʻi Sergey Xrulyov 17 SSSR bayrogʻi Pyotr Shubin
1982 3st 1 36 25 6 5 63 19 56 SSSR bayrogʻi Erkin Vohidov

SSSR bayrogʻi Sharif Fayziev

15 SSSR bayrogʻi Vladimir Desyatchikov
1983 3st 3 40 22 8 10 70 45 52 SSSR bayrogʻi Sergey Grigorovich 21 SSSR bayrogʻi Vladimir Desyatchikov
1984 3st 1 38 21 13 4 67 39 55 SSSR bayrogʻi Gennadiy Ichevskiy 26 SSSR bayrogʻi Vladimir Desyatchikov
1985 3st 4 32 16 8 8 47 27 40 SSSR bayrogʻi Gennadiy Ichevskiy 12 SSSR bayrogʻi Aleksand Mosesov

SSSR bayrogʻi Nikolay Kiselyov

1986 3st 3 36 20 9 7 63 31 49 SSSR bayrogʻi Gennadiy Ichevskiy

SSSR bayrogʻi Vladimir Gurmushov

12 SSSR bayrogʻi Nikolay Kiselyov
1987 3st 4 36 18 8 10 56 43 44 SSSR bayrogʻi Vladimir Gurmushov 12 SSSR bayrogʻi Aleksandr Ivankov
1988 3st 14 36 13 5 18 46 60 31 SSSR bayrogʻi Mixail Fomin

SSSR bayrogʻi Sergey Yurin

8 SSSR bayrogʻi Aleksandr Ivankov
1989 3st 13 40 15 9 16 53 52 39 SSSR bayrogʻi Olim Tillayev 16 SSSR bayrogʻi Vladimir Fedin
1990 4st 4 38 19 7 12 67 39 45 SSSR bayrogʻi Sharif Fayziev 12 SSSR bayrogʻi Shavkat Ahmerov

SSSR bayrogʻi Yuriy Mamedov

1991 4st 8 50 25 8 17 92 69 58 SSSR bayrogʻi Hamza Jabborov 17 SSSR bayrogʻi Rustam Istamov

Oʻzbekiston Chempionatlarida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqil Oʻzbekistonda klub uzoq vaqtdan beri Oʻzbekiston Oliy ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. (2018-yil>dan buyon Oʻzbekiston Superligasi deb yuritiladi). 20-asrning oxirgi yillarida va soʻnggi vaqtlarda (1994, 1998, 2016, 2018, 2020, 2021, 2023) Birinchi ligada (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladi) oʻynagan.

1992-yilda SSSR parchalanganidan soʻng klub nomi „Maroqand“ga oʻzgartirilgan va Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining dastlabki, 1-mavasumida ishtirok etgan. „Maroqand“ jamoasi debyut mavsumida 17 jamoa orasida 10-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston Kubogida esa yarim final bosqichiga qadar yetib borgan. 1993-yilda klub oʻzining „Dinamo“ nomini qaytardi. Ammo jamoa oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bosqichida toʻxtadi. „Dinamo“ 1994-yilgi mavsumni Birinchi ligada oʻtkazgan va 2-oʻrinni egalab Oliy ligaga qaytgan. 1997-yilda jamoa yana muvaffaqiyatsiz oʻyinlari sababli 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketgan. 1997-yil 2-yarmidan 1998-yil oxirigacha klub „Afrosiyob“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 1998-yilgi mavsumda jamoa Birinchi ligada 2-oʻrinni egalladi va yana Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.

Dinamo klubi 2013-yilgi mavsumda

1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.

1998-yil oxirida klub nomi Samarqand deb oʻzgartirildi (2000-yilgacha). 1999-yil Oliy ligaga qaytgan mavsumida 5-oʻrinda yakunlagan. 2000-yilda jamoa tarixidagi eng yuqori yutuqlarini qoʻlga kiritdi. Oliy ligada 4-oʻrin va 1999/2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, unda Samarqand klubi Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil oxirida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deb oʻzgartirildi va 2008-yil oxirigacha saqlanib qoldi. 2001-yilgi mavsumdan boshlab klub katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Oliy ligada oʻrta dehqonlardan biriga aylandi.

1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.

Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.

Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.

2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.

2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…

Dinamo jamoasi 2007-yil Quruvchi jamoasi qarshi.

2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.

Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis – bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.

„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari – Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.

Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.[1]

2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallagan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.

2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko bilan 2-oʻrinni egalladi.

Yillar davomida erishgan eng yaxshi yutugʻi 2007-yilda 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida klub oʻzining tarixiy nomi „Dinamo“ ga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda. 2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallab turgan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda u birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Oliy ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017-yilgi mavsumda 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) yana elitadan chiqib ketdi.

2018-yilda Samarqand „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro-ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni egalladi.

Klub afsonalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Oleg Gorvits.

Dinamo uchun eng koʻp liga musoboqalarida gol urgan futbolchi: Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hamza Jabborov (95 ta gol).

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.

Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.

Mahalliy tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng Yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin D M UG OʻG O Ism Liga
1992 1 10 32 8 10 14 29 46 26 Yarim final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hamza Jabborov 17 Rossiya Nikolai Solovyov
1993 1 16 30 6 3 21 22 59 15 Chorak final Oʻzbekiston Aleksandr Babayan

Oʻzbekiston Izzatillo Fayzullayev

4 Oʻzbekiston Rustam Istamov
1994 2 2 34 22 7 5 81 29 51 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hamza Jabborov 24 Oʻzbekiston Ahmad Ubaydullayev
1995 1 11 30 10 5 15 24 37 35 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hamza Jabborov 11 Oʻzbekiston Ahmad Ubaydullayev
1996 1 10 30 11 1 18 36 45 34 Dastlabki guruh bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hamza Jabborov 12 Oʻzbekiston Ahmad Ubaydullayev

Oʻzbekiston Sergey Dotsenko

1997 1 15 34 8 8 18 35 73 32 Birinchi saralash bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Olim Tillayev

Oʻzbekiston Izzatillo Fayzullayev

7 Oʻzbekiston Sergey Dotsenko
1998 2 2 38 26 8 4 105 44 86 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Timur Iskanderov 30 Oʻzbekiston Mahmud Rahimov
1999[2] 1 5 30 15 8 7 57 38 53 Ikkinchi oʻrin Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Jafar Iresmetov 19 Oʻzbekiston Mahmud Rahimov
2000 1 4 38 24 3 11 92 47 75 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Muhsin Muhammadiyev 26 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov
2001 1 12 34 14 3 17 62 68 45 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Muhsin Muhammadiyev 15 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov
2002 1 13 30 9 5 16 24 46 32 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ravshan Bozorov

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Alisher Polatov

6 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov
2003 1 8 30 11 2 17 40 46 35 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Mixail Fomin 7 Oʻzbekiston Birodar Abduraimov
2004 1 13 26 6 2 18 25 48 20 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Asqar Beknazarov 5
2005 1 8 26 11 3 12 28 32 36 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Umid Isoqov 6
2006 1 8 30 12 4 14 39 39 40 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Bahodir Nasimov 9
2007 1 5 30 14 8 8 48 36 50 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Farhod Tojiyev 20 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov
2008 1 6 30 12 6 12 40 30 42 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ilyos Qurbonov 11 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

2009 1 9 30 11 5 14 44 42 38 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Bahodir Nasimov 10 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov
2010 1 12 26 6 9 11 28 33 27 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Jafar Irismetov 11 Oʻzbekiston Azamat Abduraimov

Oʻzbekiston Viktor Jalilov

2011 1 10 26 8 5 13 23 25 29 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ivan Nagayev 6 Oʻzbekiston Viktor Jalilov

Oʻzbekiston Ahmad Ubaydullayev

2012 1 9 26 9 2 15 27 29 29 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Roʻzimboy Ahmedov 11 Oʻzbekiston Ahmad Ubaydullayev
2013 1 8 26 8 8 10 28 36 32 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Farrux Shotursunov 8 Oʻzbekiston Kamo Gazarov

Oʻzbekiston Ravshan Haydarov

2014 1 10 26 8 4 14 25 39 28 Chorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Sanʼat Shixov 7 Oʻzbekiston Ravshan Haydarov

Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

2015 1 16 30 6 7 17 28 48 25 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Kamoliddin Murzoyev 8 Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

Oʻzbekiston Bahrom Hakimov

2016 2 1 32 26 4 2 86 19 82 1/16 final bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Amirjon Safarov 22 Oʻzbekiston Bahrom Hakimov

Oʻzbekiston Ilhom Sharipov

2017 1 12 30 8 8 14 21 35 32 Yarim final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Amirjon Safarov 4 Oʻzbekiston Ilhom Sharipov

Germaniya Edgar Gess

Oʻzbekiston Oleg Tyulkin

2018 2 5 32 15 7 10 41 26 52 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Pavel Purushkin 10 Oʻzbekiston Ilhom Sharipov

Oʻzbekiston Davron Fayziyev

2019 1 14 26 6 6 14 25 47 24 Uchinchi saralash bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Qadambay Nurmetov 5 Oʻzbekiston Davron Fayziyev

Turkmaniston Toshmurod Ogʻamurodov

2020 2 3 20 9 5 6 25 19 32 Ikkinchi saralash bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Oybek Nurmatov 5 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Sergey Lushan

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ravshan Ahmedov

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Jasur Hakimov

2021 2 2 20 11 2 7 33 28 35 Nimchorak final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Roʻzimboy Ahmedov 12 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov
2022 1 14 26 3 6 17 24 47 15 Guruh bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Marat Bikmayev 8 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Predrag Rogan

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Andrey Shpilov

Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vadim Abramov

2023 2 2 20 11 8 1 35 11 41 Yarim final Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Joel Kojo 12 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vadim Abramov
2024 1 8 26 9 5 12 35 38 32 Guruh bosqichi Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Anvar Xojimirzayev 10 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vadim Abramov
2025 1

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo kubogi egalari kubogi 2 - - 2 5 4 0

2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan. „Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).

Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Umumiy

hisob

2000/2001 Osiyo kubogi egalari kubogi Birinchi bosqich Turkmaniston Nebitchi 2-3 3-4 5-7

Klubning eski logotiplari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub stadioni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dinamo Samarqand stadioni.

Dinamo Samarqand. PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.

1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.

1-mart 2024-yil haloatiga koʻra[3]
Amplua Futbolchi
1  UZB DR Farhod Rahmatov
2  UZB HM Doston Foteyev
3  UZB HM Ulugʻbek Abdullayev
4  UZB HM Odil Abdumajidov
5  UZB HM Anvarjon Fayzullayev
6  BLR HM Artyom Sokol
7  GHA YH Francis Narh
8  UZB YH Xislat Halilov
9  UZB YH Humoyunmirzo Iminov
10  KGZ HJ Joel Kojo
11  UZB YH Damir Temirov
13  UZB DR Ravshanbek Yagudin
14  UZB HJ Bahodir Nasimov
16  UZB YH Javlonbek Malikov
17  UZB HM Salim Mustafoyev
Amplua Futbolchi
18  UZB YH Dilshod Rahmatullaev
19  UZB HJ Elnurbek Saitmuratov
20  BRA YH Ratinho Fransisko Jurani
21  UZB HJ Anvar Xojimirzayev
22  UZB YH Sanjar Shoahmedov
23  UZB HJ Farrux Ikromov
24  UZB YH Boburbek Yorbekov
26  UZB HM Komil Sharofutdinov
29  UZB HJ Vladimir Kozak
30  UZB HJ Abubakir Moʻydinov
35  GHA HJ Emmanuel Yaghr
44  SRB HM Dušan Mijić
58  UZB YH Husniddin Gʻofurov
77  UZB HM Vohidjon Oqboʻtayev
99  UZB HJ Muhammadbobur Asadullayev
Amplua Futbolchi
12  UZB DR Nodirbek Qayumov
15  UZB HM Diyorbek Dushanov
25  UZB YH Parviz Farmonov
27  UZB YH Oybek Hamroqulov
28  UZB HJ Shahriyor Umrzoqov
Amplua Futbolchi
31  UZB HJ Islomjon Xoldorov
33  UZB HJ Javohir Gulmatov
34  UZB HM Gʻolibjon Bahromov
37  UZB HJ Firdavs Abdurahmonov

Klub hodimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub rahbariyati va maʼmuriyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekiston Furqat Rahimov – Klub Prezidenti
  • Oʻzbekiston Firdavs Karimov – Vitse Prezident
  • Oʻzbekiston Odil Ziyotov – Maʼmur

Murabbiylar shtabi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

Yil Trener
1961-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Aleksey Lapshin
1962—1979-yillar maʼlumot yoʻq
1976-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vyacheslav Koltsov
1980—1981-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Birodar Abduraimov
1982—1984-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vladimir Desyatchikov
1985-yil (1-bosqich) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Aleksey Masesov
1985—1986-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Nikolay Kiselyov
1987—1988-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Aleksandr Ivankov
1989-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vladimir Fedin
1990-yil (1-davra) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Shavkat Axmerov
1990-yil (2-bosqich) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Yuriy Mamedov
1991-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Rustam Istamov
1992-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Nikolay Solovyov
1993-yil (1-bosqich) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Rustam Istamov
1993-yil (2-bosqich) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vladimir Desyatchikov
1994—1997-yillar maʼlumot yoʻq
1998—2000-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Mahmud Rahimov
2000—2002 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov
2003-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Birodar Abduraimov
2004—2006 maʼlumot yoʻq
2007—2008-yillar Turkmaniston bayrogʻi Toshmurod Ogʻamurodov
2008—2010 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Azamat Abduraimov
2010—2011 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Viktor Jalilov
2011—2012 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ahmad Ubaydullayev
2012-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Sergey Arslanov
2013-yil (1-bosqich) Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Kamo Gazarov
2013—2014-yillar Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ravshan Haydarov
2014—2015-yillar Turkmaniston bayrogʻi Toshmurod Ogʻamurodov
2015-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Baxrom Hakimov
2016-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Uchqun Qobilov
2016-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ilhom Sharipov
2017-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Edgar Gess
2017-yil Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Oleg Tyulkin
2018 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ilhom Sharipov
2018—2019 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Davron Fayziev
2019 Turkmaniston bayrogʻi Toshmurod Ogʻamurodov
2020 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Ravshan Ahmedov
2020[5] Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Sergey Lushan
2020 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Jasur Hakimov
2021-yil[6] Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Hakim Fuzaylov[7]
2022 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Predrag Rogan[8]
2022 Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Andrey Shipilov[9]
2022—h. v. Dinamo (futbol klubi, Samarqand) Vadim Abramov

Mashhur Futbolchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Dinamo" oʻyinchisi Bahodir Nasimov „rubin“ klubi tarkibida.

Samarqand „Dinamo“si Oʻzbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.

Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qoʻshni Buxoro viloyatining asosiy jamoasi „Buxoro“ klubi hisoblanadi.

Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.

Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.

Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, „Sherdor“ va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .

Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarqandliklar“; „Yoʻlbarslar“ – shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzbekcha: Koʻhna shaharliklar) – Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.

Urgut shahrida joylashgan „Urgaz carpet“ maʼsuliyati cheklangan jamiyat klub homiysi hisoblanadi kompaniya yirik gilam ishlab chiqarish klasteri hisoblanadi.

  1. „АРХИВ. 2009 йилги "Динамо" - "Бунёдкор" учрашуви ёхуд "Лой жанги-2"“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  2. „Архив. "Динамо-1999"дан кимларни танидингиз?“. 2023-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  3. „Dinamo jamoasi tarkibi“. PFL.UZ. 2024-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-fevral 2024.
  4. „Расман: Вадим Абрамов «Динамо» билан шартнома имзолади“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  5. „Расмий хабар: Сергей Лушчан - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „Ҳаким Фузайлов - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  7. „Суперлигага олиб чиққан мураббий билан ҳамкорликни давом эттирмоқчи бўлган "Динамо" Ҳаким Фузайлов билан дўстона хайрлашди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  8. „"Динамо" бош мураббийи истеъфога чиқарилди. Унинг ўрнига маҳаллий мутахассис тайинланди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  9. „"Жамоа ўзгаришга муҳтож. Раҳбариятдан ва самарқандлик мухлислардан узр сўрайман". Андрей Шипилов "Динамо"дан истеъфога чиқишини маълум қилди“. 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.