Vladimir Kilikevich
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 30-noyabr 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Jdanov, Donetsk | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Mariupol | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2000—2007 | Mariupol | 36 | (0) |
2000—2007 | Mariupol-2 | 83 | (19) |
2007 | Aleksandriya | 16 | (2) |
2007—2008 | Oulun Pallo | 15 | (5) |
2008—2009 | Tortyon Pallo 47 | 8 | (3) |
2009 | Desna | 6 | (1) |
2009—2012 | Iskra-Stal | 63 | (24) |
2011 | Tiraspol | 31 | (10) |
2013 | Dinamo Samarqand | 12 | (2) |
2013 | Buxoro | 9 | (0) |
2015 | Narva-Trans | 32 | (3) |
2017—2021 | Kolos | ||
2017 | Yarud | ||
Milliy terma jamoa | |||
2013—2014 | Ukraina U-21 | 1 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2020—21 | Yarud | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Vladimir Vladimirovich Kilikevich (ukraincha: Володимир Володимировіч Кілікевіч; 30-noyabr, 1983-yil) — ukrainalik sobiq futbolchi, hujumchi. Yarud klubi bosh murabbiyi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda Kilikevich professional faoliyatini „Ilyichevets“ klubida boshlagan. Ilychevetsning asosiy jamoasida Kilikevich 37 ta oʻyinda qatnashdi va birorta ham gol ura olmadi. „Mariupol-2“ futbol klubiga oʻtdi. „Ilyichevets-2“ klubida 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.
2007-yilda „Aleksandriya“ klubi bilan shartnoma imzoladi va bu klubda 1 yil oʻynadi. Shu vaqt ichida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Keyinchalik u Finlandiyaning „Oulun Pallo“ klubiga sotildi. Uning navbatdagi manzili esa Finlandiyaning „Tornyon Pallo“ jamoasi boʻldi. 2009-yil oʻrtasida shartnomani bekor qilib, Ukrainaga qaytdi.
Ukrainada u „Desna“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2009-yilning sentyabriga qadar jami 6 oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. 2009-yil oxirida Moldovaning „Iskra-Stal“ klubiga oʻtdi va u yerda 2012-yil oxirigacha oʻynadi. Shu vaqt ichida 43 ta oʻyinda maydonga tushdi, 19 ta gol urdi[1].
2013-yil boshida Samarqandning „Dinamo“ klubi Kilikevichga eʼtibor qaratdi. „Dinamo“ tarkibida Kilikevich yarim mavsum oʻynadi va shu vaqt ichida liganing 12 ta oʻyinida qatnashib, 2 ta gol urdi. 2013-yil oxirida oʻzbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ ga oʻtdi.
2015-yilning bahorida tajribali hujumkor yarim himoyachi Estoniya Meisterligasi klubi — „Narva-Trans“ bilan shartnoma imzoladi[2]. 2015-yil sentyabr oyi oxirida „Nomme Kalju“ga qarshi kubok oʻyinida Kilikevich xorijiy jamoalar safida oʻzining 50-golini urdi[3].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vladimir Kilikevich 2003-yilda Ukraina yoshlar terma jamoasi tarkibida 1 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2020—21-yilgi mavsum boshidan u Ukraina Ikkinchi ligasida debyut qilgan Mariupolning „Yarud“ klubini boshqargan[4].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Iskra-Stal“ tarkibida
- Moldova chempionati vitse-chempioni: 2009—10
- Moldaviya kubogi sohibi: 2010—11
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Владимир Киликевич: «Хотелось бы играть в чемпионате Украины»“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
- ↑ „Владимир Киликевич: «Задача вернуться в лидеры эстонского футбола»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
- ↑ „«50 голов мариупольца в зарубежных командах»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
- ↑ „pfl.ua“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.