Kontent qismiga oʻtish

Ravshan Doʻrmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ravshan Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ravshan Chorshanbeyivich Doʻrmonov
Tavallud sanasi 4-mart 1971-yil (1971-03-04) (53 yosh)
Tavallud joyi Termiz Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 24-oktyabr 2018-yil(2018-10-24)
(47 yoshda)
Vafot joyi Termiz Oʻzbekiston
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Vazni 72 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyati yakunlangan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989 Sovet Ittifoqi Surxon 32 (2)
1990 Sovet Ittifoqi Dinamo Samarqand 16 (2)
1991 Sovet Ittifoqi Neftchi (Fargʻona) 21 (0)
1991 Sovet Ittifoqi Surxon 16 (0)
1992 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 2 (0)
1992   Oʻzbekiston Atlaschi (Margʻilon) 15 (5)
1993—1995 Oʻzbekiston Surxon 78 (32)
1996—1997 Oʻzbekiston MHSK 22 (3)
1997—1999 Oʻzbekiston Surxon 66 (38)
2000 Oʻzbekiston Buxoro 15 (2)
2001—2002 Oʻzbekiston Surxon 53 (12)
2003 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona ? (16)
2004 Oʻzbekiston Shoʻrtan ? (28)
2005 Oʻzbekiston Xorazm ? (18)
2006 Oʻzbekiston Surxon ? (4)
Boshqargan klublari
2010—2011 Oʻzbekiston Surxon
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2007-yil 1-yanvar uchun)

Ravshan Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1971-yil 4-mart, Termiz – 24-oktyabr 2018-yil[1], Termiz) – Sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan[2].

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan akalari singari faoliyatini Termizning „Surxon“ klubida 1989-yilda boshlagan. Termiz jamoasida bir mavsum oʻynagach 1990-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan. 1991-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan taklif olgan va yarim mavsum davomida Fargʻona klubi tarkibida 1991-yilgi SSSR Birinchi ligasida ishtirok etgan. 1991-yilning yoz oyida „Surxon“ jamoasiga qaytib SSSR Ikkinchi ligasi oʻynagan. 1992-yilda yana „Neftchi“ jamoasiga qaytdi va yozgi transfer oynasida Margʻilonning „Atlaschi“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. 1993-yilgi mavsumda Termizga, „Surxon“ klubiga qaytdi va uch mavsum davomida eng yaxshi toʻpurariga aylandi. 1996-yilgi mavsumda Toshkentning „MHSK“ klubi bilan shartnoma imzolagan va bir yarim mavsum davomida Toshkent klubi tarkibida oʻynagan. 1997-yil mavsumning ikkinchi qismida Termizga qaytdi va 2000-yilgacha „Surxon“ klubi tarkibida oʻynagan. 2000-yilgi mavsumda „Buxoro“ jamoasida oʻynagan. 2001—2002-yilgi mavsumda „Surxon“ jamoasida oʻynagan. 2003-yilgi mavsumda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida oʻynagan. 2004-yilgi mavsumda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda „Xorazm“ jamoasida oʻynagan. 2006-yilgi mavsumda Termizga qaytgan va shu yilning oʻzida „Surxon“ klubida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan murabbiylik faoliyatini oʻzining asosiy faoliyati oʻtgan jamoasi, Surxon klubida boshlagan. 2010—2011-yillarda „Surxon“ klubida bosh murabbiylik qilgan. Shundan soʻng Termiz klubida bir necha yil boshqa lavozimlarda ham faoliyat yuritgan[3]. Ravshan 2018-yil 24-oktyabrda Termizda vafot etgan[1]. vafotidan soʻng bir necha bor faxriylar va Ravshan doʻstlari oʻrtasida Ravshan Doʻrmonov xotira turniri oʻtkazildi[4][5].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Doʻrmonovning Ikki akasi Abdusamad va Rustam Doʻrmonov ham futbolchi boʻlib uch aka uka bir vaqtda „Neftchi“ (Fargʻona) klubida oʻynagan.