Kontent qismiga oʻtish

Farhod Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farhod Tojiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farhod Fahritdinovich Tojiyev
Tavallud sanasi 9-aprel 1986-yil (1986-04-09) (38 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, SSSR
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2005 Paxtakor Toshkent 1 (0)
2006 Soʻgʻdiyona Jizzax 1 (0)
2006 Taraz 18 (2)
2007—2008 Dinamo Samarqand 37 (27)
2008—2009 Paxtakor Toshkent 37 (19)
2010 Tianjin Teda 4 (0)
2010—2012 Paxtakor Toshkent 21 (3)
2012 Shoʻrtan Gʻuzor 13 (4)
2013—2014 Lokomotiv 35 (30)
2015 T-Team FC 30 (40)
2015 Olmaliq FK 12 (6)
2017 T-Team 12 (5)
2017 Dinamo Samarqand 12 (0)
2018 Surxon Termiz 15 (5)
Milliy terma jamoa
2008-2014 O'zbekiston 20 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2017-yil 19-oktyabr uchun)

Farhod Faxritdinovich Tojiev (9-aprel 1986-yil Toshkent) — Oʻzbek futbolchisi, hujumchi ampulasida harakat qilgan. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farhod Tojiyev professional faoliyatini 2003-yilda Toshkentning "Paxtakor" klubida boshlagan, Oʻzbekiston chempionatidagi ilk oʻyinini 2005-yilda oʻtkazgan. 2006-yilda Qozogʻistonning „Taraz“ klubi tarkibida oʻynagan, 2007-yilda „Paxtakor“ga qaytgan.

Tojiyev „Paxtakor“ tarkibida 2007-2009-yillarda bir marta Oʻzbekiston chempioni, ikki marta Oʻzbekiston vitse-chempioni, ikki marta Oʻzbekiston kubogi sohibi va bir marta Oʻzbekiston kubogi kumush medali sohibi boʻlgan. Bu davrda Tojiev oʻttiz yetti uchrashuvda maydonga tushib, oʻn toʻqqizta gol urgan. Aynan „Paxtakor“ tarkibida Tojiev terma jamoa murabbiylari eʼtiborini oʻziga qarata olgan va 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylangan.

2010-yilning bahorida Farhod Tojiyev Xitoyga koʻchib oʻtdi va „Tyanjin Teda“ klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Umuman olganda, Xitoy klubi uchun yarim mavsumda u yettita oʻyinda maydonga tushib, bor-yoʻgʻi bitta gol urgan.

2010-yilning yozida Tojiev Xitoy klubi bilan shartnomasini bekor qilgan va Oʻzbekistonga qaytgan. Oradan koʻp oʻtmay, uni yana „Paxtakor“ safiga taklif qilishgan. „Paxtakor“ tarkibida u yana unvonlar yutishni boshladi va „Paxtakor“da oʻtkazgan bir yarim mavsum davomida Tojiyev Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sohibi va Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. Bu vaqt ichida u toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi urgan.

2012-yilning yozida uni "Shoʻrtan"ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Edgar Gess jamoasiga taklif qilgan va u Gʻuzor klubi bilan shartnoma imzolagan. Tojiyev „Shoʻrtan“ tarkibida oʻn beshta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urgan.

2013-yilning bahorida u Toshkentning „ Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Lokomotiv“ tarkibida Tojiyev jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 2013-yilgi mavsumda Farhod birinchi davrada 13 ta oʻyinda 17 ta gol urgan va uzoq vaqt toʻpurarlar bahsida peshqadamlik qilgan. Biroq ikkinchi bosqichni oʻtkazib yuborib toʻpurarlik unvonini Aleksandr Pishchurga boy bergan. Keyingi mavsumda u 22 ta oʻyinda 13 ta gol urib, kuchli beshta toʻpurardan biriga aylangan.

U 2014-yil 24-noyabrda Malayziya T-Team klubi bilan shartnoma imzoladi.[3] 2015-yil 28-fevralda Malayziyada liga kubogi 32-raundida ATM Tojiyevga qarshi o‘yinning 101 va 113-daqiqalarida ikkita gol urib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 2016-yilning 28-sentabr kuni Farhod Eronning Fors ko‘rfazi Pro ligasida o‘z faoliyatidagi yangi sahifani boshlash uchun „Machine Sazi“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[4][5][6]

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojiyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida beshta o‘yinda maydonga tushgan.

U 2013-yil 26-mart kuni Livanga qarshi JCh—2014 saralash bosqichi doirasidagi o‘yinda ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Farhodning 2009-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Qatarga qarshi o‘yinda erishgan xet-triki uning o‘zbek futbol muxlislari orasida shuhratini oshirdi va Osiyoning xalqaro maydonlarida obro‘-eʼtibor qozondi.[7]

Terma jamoa statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Joy Raqib Natija Hisob Musobaqa
1 22.03.2008 Toshkent, O'zbekiston Iordaniya 4-1 Gʻalaba Oʻrtoqlik
2 28.01.2009 Sharja, BAA Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 Gʻalaba 2011-yil Osiyo kubogi saralashi
3-5 28.03.2009 Toshkent, O'zbekiston Qatar 4-0 Gʻalaba 2010 FIFA jahon chempionati saralashi
Paxtakor
Lokomotiv
  • Oʻzbekiston vitse-chempioni 2013, 2014
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2014
Tianjin Teda
  • Xitoy vitse-chempioni : 2010
Shaxsiy mukofotlar
  • „Lokomotiv“ mavsumning eng yaxshi toʻpurari: 2013, 2014