Kontent qismiga oʻtish

Artur Gevorkyan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Artur Gevorkyan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Artur Aleksandrowiç Gevorkýan
Tavallud sanasi 22-noyabr 1984-yil (1984-11-22) (40 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, SSSR
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Yarim himoyachi / Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Turkmaniston Nisa Aşgabat
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2004 Turkmaniston Şagadam 17 (2)
2005 Qozogʻiston Esil-Bogatyr 12 (1)
2006 Turkmaniston Aşgabat 23 (8)
2006–2009 Oʻzbekiston Shoʻrtan Gʻuzor 95 (24)
2010 Oʻzbekiston Paxtakor Toshkent 22 (2)
2011–2016 Oʻzbekiston Nasaf Qarshi 140 (64)
2016 Oʻzbekiston Lokomotiv Toshkent 14 (1)
2017–2018 Oʻzbekiston Qizilqum 58 (14)
2019 Turkmaniston Ahal 1 (0)
2019 Indoneziya Persib Bandung 9 (3)
2020–2022 Turkmaniston Ahal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007–2019 Turkmaniston Turkmeniston 19 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 10-sentyabr uchun)

Artur Aleksandrovich Gevorkyan (turkm. Artur Gevorkýan; 1984-yil 22-noyabr, Ashxobod) — turkmanistonlik futbolchi. Turkmaniston terma jamoasi safida oʻynagan. Oilali, ikki nafar farzandi bor. Artur Gevorkyanning birinchi murabbiyi Boris Grigoryan boʻlgan.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artur Gevorkyan yoshligida Niso jamoasi oʻrinbosarlarida oʻynagan. 2004—2005-yillarda Turkmanistonning Shagadam klubida 17 ta oʻyinda 2 ta gol urgan[1]. 2005—2006-yillarda Qozogʻiztonning „Yesil Bogatir“ klubida faoliyat yuritadi. Bu klubda Gevorkyan 12 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol uradi. 2006—2007-yilda Artur Gevorkyan faoliyatini yurtida davom ettiradi. U Ashxobod klubida jami 23 ta oʻyin oʻtkazib 8 ta gol urgan. Artur Gevorkyan 2007-yildan boshlab oʻz futbolchilik faoliyatini Oʻzbekistonda davom ettirmoqda. U 2007—2010-yillarda oʻz faoliyatini Gʻuzor shahrining Shoʻrtan klubida davom ettirgan. Shu yillar davomida Gevorkyan 95 ta oʻyinda 24 ta gol urgan. 2010—2011-yillarda Gevorkyan Toshkentning Paxtakor klubida oʻynagan. Paxtakor safida 23 ta oʻyinda maydonga tushib 2 ta gol urgan. 2011—2016-yillarda Gevorgyan Nasaf jamoasi safida eng ajoyib oʻyinlarni oʻtkazgan[2][3]. U 2011-yilda Nasaf tarkibida OFK kubogini qoʻlga kiritdi[4]. Nasaf tarkibida 140 ta oʻyinda 64 ta gol urdi. Gevorkyan 2016-yilning yarmini Lokomotiv jamoasi safida oʻynadi[5]. Shu yili u Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritdi. Hozirda Qizilqum safida toʻp surayapti. 2018-yilning 22-may kuni Qizilqum jamoasi tarkibida Oʻzbekiston chempionati doirasida poytaxtning „Lokomotiv“ jamoasiga qarshi oʻyinda u chet el klublari faoliyatidagi 125-golini kiritdi[6].

2019 yilning mart oyida Gevorkyan erkin agent sifatida Turkmanistonning „Ahal“ futbol klubiga oʻtdi[7]. U yangi jamoadagi debyutini futbol boʻyicha Turkmaniston-2019 chempionati 1-turidan oʻrin olgan „Ashxobod“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Koʻp oʻtmay, oʻzaro kelishuvga koʻra, u klub bilan shartnomasini bekor qildi[8].

2019 yilning aprel oyida Gevorkyan erkin agent sifatida Indoneziya chempionatining „Persib Bandung“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[9]. Avgust oyida, toʻqqizta oʻyin va uchta goldan soʻng, Gevorkyan Indoneziya jamoasi bilan shartnomani oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qildi[10].

Shartnoma bekor qilinganidan keyin Gevorkyanga Turkmaniston chempionatining bir qancha klublari qiziqish bildirishdi. 2020-yilning qishida Gevorkyan Ahal klubiga Turkiyadagi yigʻinda qoʻshildi[11]. 2020-yil 7-mart kuni Turkmaniston chempionatining birinchi davrasida qaytganidan soʻng birinchi rasmiy oʻyinda 78-daqiqada maydonga tushdi[12]. 2020-yilgi mavsumda u Turkmaniston chempionatida 24 marta maydonga tushdi va 3 ta gol urdi[13]. U oʻz klubi bilan kumush medallarni qoʻlga kiritdi. Mavsum oxirida u professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Futzal boʻyicha Turkmaniston terma jamoasi safida 2006-yilgi Osiyo chempionatida ishtirok etgan. U Turkmaniston terma jamoasi safida 2007-yilning 11-oktyabrida 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Kambodjaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[14]. 2007-yil 28-oktabrda Ashxobodda Kambodjaga qarshi kechgan 2-oʻyinda milliy terma jamoadagi 2-oʻyinida 4-1 hisobida yakunlangan Gevorkyan ikkita gol urdi. 2011-yil 23-iyul kuni Indoneziyaga qarshi boʻlib oʻtgan JCh-2014 saralash bahsida u maydondan chetlatilgan[15], shundan soʻng u toʻrt yil davomida terma jamoada oʻynamadi[16]. JCh-2018 saralash turnirida u beshta oʻyin oʻtkazdi, shulardan birida Ummon terma jamoasi darvozasiga jarima zarbasidan gol kiritdi[17].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
oʻyin natijalari 2017-yil 8-sentyabrga koʻra toʻgʻri[22][23]
Jamoa Mavsum Liga Kubok AFC Jami
Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol
Shoʻrtan 2006 14 7 0 - 14 7
2007 25 3 1 - 25 4
2008 29 6 2 - 29 8
2009 27 8 2 - 27 10
Jami 95 24 5 - 95 29
Paxtakor 2010 22 2 2 0 6 2 30 4
Jami 22 2 2 0 6 2 30 4
Nasaf Qarshi 2011 24 6 4 1 11 4 39 11
2012 24 9 3 2 4 0 31 11
2013 26 18 7 3 - 33 21
2014 26 18 5 2 1 0 32 20
2015 26 11 4 4 6 3 36 18
2016 14 2 3 0 2 0 19 2
Jami 140 64 28 12 24 7 192 83
Lokomotiv Toshkent 2016 14 1 0 0 0 0 14 1
Jami 14 1 0 0 0 0 14 1
Qizilqum Zarafshon 2017 20 4 1 0 - 21 4
Jami 20 4 1 0 - 21 4
Umumiy faoliyat 277 93 28 17 28 9 333 119
Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi
Year Isht Gol
2007 4 2
2008 3 0
2009 1 0
2010 1 0
2011 1 0
2012 0 0
2013 0 0
2014 0 0
2015 5 1
2016 4 0
Jami 19 3

2016-yil 9-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[23]

International goals

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Competition
1 2007-yil 28-oktyabr Saparmurat Turkmenbashi Olympic Stadium, Ashgabat, Turkmenistan  Kambodja 2–1 4–1 2010 FIFA World Cup qualification
2 3–1
3 2015-yil 17-noyabr Köpetdag Stadium, Ashgabat, Turkmenistan  Ummon 1–0 2–1 2018 FIFA World Cup qualification
  1. „С армянским акцентом“. 2013-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-avgust.
  2. „ФФУ наградила лауреатов года“ (deadlink). 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
  3. „Eng yaxshi legioner — Artur Gevorkyan“. 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
  4. „Впервые в истории узбекский клуб становится чемпионом Кубка АФК“. 2011-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
  5. „«Локомотив» Артур Геворкян билан шартнома имзолади“. 2016-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
  6. Iz stati Viktora Xoxlyuka: „Shatskix, Bakaev i Gevorkyan v chisle luchshix bombardirov iz bivshego Soyuza“. – Yejenedelnik „Interfutbol“. – № 23 (491), str. 10—11. Tashkent. iyun 2018 god.
  7. „Артур Геворкян вернулся из Узбекистана в Туркменистан, заключив контракт с «Ахалом»“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  8. „Артур Геворкян: «Всегда готов приезжать в сборную Туркменистана»“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  9. „Туркменский футболист Артур Геворкян перешёл в клуб из чемпионата Индонезии“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  10. „Артур Геворкян и «Персиб Бандунг» расторгли контракт по обоюдному согласию“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  11. „Артур Геворкян и Амир Гурбани находятся на сборах с «Ахалом» в Турции“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  12. „Match Report of Ahal FK vs Nebitçi FT“. 2022-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-mart.
  13. „Профиль игрока“. globalsportsarchive.com. 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  14. „Cambodia vs. Turkmenistan 0 – 1, 11 October 2007“. soccerway.com.
  15. „Turkmenistan — Indonesia“. 2014-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
  16. „TKM — IRN“ (deadlink). 2017-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  17. „2018 FIFA World Cup Russia™ — Matches — Turkmenistan — Oman“ (deadlink). 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  18. „MVP стал Геворкян“. 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-oktyabr.
  19. „Бомбардиры — Чемпионат Узбекистана“. 2013-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-dekabr.
  20. „Финишировал чемпионат Узбекистана-2014“ (deadlink). 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 13-noyabr.
  21. Iz stati Viktora Xoxlyuka: „Shatskix, Bakaev i Gevorkyan v chisle luchshix bombardirov iz bivshego Soyuza“. – Yejenedelnik „Interfutbol“. – № 23 (491), str. 10—11. Tashkent. iyun 2018 god.
  22. „A.Geworkyan“. soccerway.com. Soccer way. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
  23. 23,0 23,1 „Artur Geworkýan“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.