Igor Sergeyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Sergeev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Sergeyev
Tavallud sanasi 30-aprel 1993-yil (1993-04-30) (30 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston Toshkent Oʻzbekiston
Boʻyi 187 sm
Ampluasi Hujumchi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tailand BG Pathum United F.C.
Raqami 77
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2011  Uzbekistan Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2018 Oʻzbekiston Paxtakor 122 (61)
2016 XitoyBeijing Guoan F.C. 14 (1)
2018 Birlashgan Arab Amirliklari Al Dhafra FC 10 (1)
2018—2021 Oʻzbekiston Paxtakor 49 (34)
2021 Qozogʻiston Aktobe 18 (7)
2021—2023 Qozogʻiston Tobol 45 (17)
2023— Tailand BG Pathum United F.C. 2 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-18 4 (1)
2012 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-19 14 (9)
2013 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 5 (2)
2014—2016 Oʻzbekiston Oʻzbekiston U-20 7 (3)
2013— Oʻzbekiston Oʻzbekiston 70 (18)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Sergeyev — (1993-yil 30-aprelda tugʻilgan) — oʻzbek professional futbolchisi, „Tobol“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igorning Paxtakor tarkibidagi dastlabki debyut oʻyni 2011-yil 5-mart kuni Qizilqum klubiga qarshi boʻlib oʻtadi. Bunda u oʻyinning 90-daqiqasida Temurxoʻja Abduxoliqovning oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi.[1] Sergeyev faoliyati davomida Paxtakor tarkibida 52 ta oʻyinga tushib 15 marta raqib darvozasini ishgʻol qilgan. 2018-yilning 6-iyul kuni Sergeyev Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytdi[2]

Beyjing Guoan[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 6-iyulida Sergeyev „Beyjing Guoan“ klubiga ijaraga berildi va terma jamoadoshi Egor Krimets bilan bir klubga oʻtdi. 16-oktyabr kuni u 2016-yilgi mavsumdagi ilk golini „Beijing Guoan“ va „Changchun Yatay“ uchrashuvida urdi.

Aktobe[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 18-fevralida „Aktobe“ klubi Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.[3]

Tobol[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 19-iyulida Sergeyev „Tobol“ bilan shartnoma imzolash[4] uchun „Aktobe“ni tark etdi.[5] 2023-yil 8-iyun kuni Qozogʻiston jamoasidagi ikki yillik faoliyatidan soʻng Sergeyev oʻzaro kelishuvga koʻra „Tobol“ni tark etdi[6][7].

BG Pathum United F. C.[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 13-iyunda BG Pathum Yunayted Sergeyev bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8][9]. 2023-yil 22-avgustda Tailand jamoasidagi uchinchi uchrashuvida, AFC Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida „Shanghai Port F. C.“ klubiga qarshi oʻyinda oʻzining jamoadagi dastlabki gollarini urdi[10]. Uchrashuv yakunida Taliand jamoasi safardagi uchrashuvda 2-3 hisobida gʻalaba qozondi va Igor Osiyo chempionlar ligasida ilk bor bir oʻyinda uchta gol muallifi boʻldi[11][12].

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergeev Oʻzbekiston uchun 20 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻzini oddiy futbolchi sifatida koʻrsatgan edi. 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatidan soʻng Sergeyev 7 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi, chunki u Oʻzbekiston U20 terma jamoasini yarim finalga olib chiqdi va final uchun baxsda Janubiy Koreya U20 terma jamoasiga 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.[13]

U 2013-yil 10-sentabrda Oʻzbekistonning asosiy terma jamoasi safida debyutini 2014-yilning JCh saralash bosqichi doirasida Iordaniya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U Oʻzbekiston terma jamoasining 2015-yilda Avstraliyada boʻlib oʻtadigan Osiyo Kubogi uchun qaydnomasiga kiritildi. Sergeyev uchta oʻyin oʻtkazdi va „B“ guruhidagi dastlabki oʻyinda KXDRga qarshi oʻyinda Oʻzbekistonga 1:0 hisobida gʻalaba keltirgan golga mualliflik qildi.

FIFA-2018 Rossiya Jahon chempionati saralash bosqichida Igor koʻplab gollar urdi va oʻz milliy jamoasiga koʻplab davlatlarni magʻlub etishda katta yordam berdi. 22 yoshli Igor Sergeyev klub va terma jamoa safida muntazam ravishda gol urib, Osiyoning eng istiqbolli yulduzlaridan biri sifatida tanildi. Yosh hujumchi „Paxtakor“ni ichki chempionatda 11-marta chempionligini qoʻlga kiritish yoʻlida davom etishi uchun 40 ta gol urdi. U saralash bosqichida ham xuddi shunday ajoyib oʻyin koʻrsatdi va hozirgacha uchta gol urdi. U 2015-yilning iyun oyida Shimoliy Koreya darvozasiga gol urgan. Keyin esa Filippinga qarshi oʻyinda oʻzining haqiqiy kuchini koʻrsatib, 2 ta gol urib, Oʻzbekistonning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangandi. „Paxtakor“ning yosh hujumchisi oʻyin tugashiga besh daqiqa qolganida dublni amalga oshirib, hisobning yirik koʻrinish olishini taʼminladi.[14]

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 6-mart oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[15][16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Paxtakor Toshkent 2011 Oʻzbekiston Super League 2 0 0 0 - 1 0 - 3 0
2012 5 0 1 0 - 0 0 - 6 0
2013 20 4 2 0 - 6 0 - 28 4
2014 25 11 5 2 - - - 30 13
2015 30 22 4 1 - 6 3 1 0 41 26
2016 15 11 2 2 - 6 5 1 0 24 18
2017 25 13 2 0 - - - 27 13
Umumiy 122 61 16 5 - - 19 8 2 0 159 74
Beijing Guoan (ijara) 2016 Chinese Super League 14 1 2 0 - - - 16 1
Al Dhafra 2017-18 UAE Pro League 10 1 0 0 - - - 10 1
Paxtakor Toshkent 2018 Oʻzbekiston Super League 11 4 3 1 - 0 0 - 14 5
2019 23 18 3 2 2 2 7 2 - 35 24
2020 24 16 3 4 - 8 2 - 35 22
Umumiy 58 38 9 7 2 2 15 4 0 0 84 51
Aktobe 2021 Qozog‘iston Premyer-ligasi 18 7 2 0 - - - 20 7
Tobol 2021 Qozogʻiston Premyer-ligasi 7 4 7 4 - 4 2 0 0 18 10
2022 26 9 2 2 - 4 1 1 0 33 12
2023 12 4 3 1 - 0 0 - 15 5
Umumiy 45 17 12 7 - - 8 3 1 0 66 27
Umumiy faoliyat 267 125 41 19 2 2 42 15 3 0 355 161

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2013 4 2
2014 10 2
2015 10 5
2016 11 1
2017 7 0
2018 1 0
2019 7 3
2020 3 2
2021 5 0
2022 8 2
2023 5 1
Umumiy 71 18

2023-yil 22-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[16].

Xalqaro gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 15-Oktyabr 2013 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Vyetnam 3-1 3-1 2015 AFC Asian Cup qualification
2. 15-Noyabr 2013 Mỹ Đình National Stadium, Hanoi, Vietnam  Vyetnam 2-0 3-0
3. 5-mart 2014 Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 1-1
4. 4-Sentabr 2014 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Iordaniya 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
5. 10-yanvar 2015 Stadium Australia, Sydney, Australia  Shimoliy Koreya 1-0 1-0 2015 AFC Asian Cup
6. 8-sentabr 2015 Philippine Sports Stadium, Bocaue, Philippines  Filippin 3-0 5-1 2018 FIFA World Cup qualification
7. 4-0
8. 8-Oktabr 2015 Bahrain National Stadium, Riffa, Bahrain  Bahrayn 2-0 4-0
9. 12-Noyabr 2015 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Shimoliy Koreya 1-1 3-1
10. 10-Noyabr 2016  Iordaniya 1-0 1-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
11. 7-iyun 2019 Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Shimoliy Koreya 3-0 4-0
12. 10-Oktyabr 2019 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Yaman 5-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification
13. 9-Noyabr 2019  Qirgʻiziston 1-0 3-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
14. 12-Okytabr 2020 Rashid Stadium, Dubai, United Arab Emirates  Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 2-1
15. 2-0
16. 25-mart 2022 Markaziy Stadioni, Namangan, Oʻzbekiston  Qirgʻiziston 2-1 3-1 Navroʻz kubogi
17. 3-1
18. 21-noyabr 2023-yil Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Eron 2-2 2-2 2023 FIFA World Cup qualification

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paxtakor Toshkent
  • Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni (4): 2012, 2014, 2015, 2019
  • Oʻzbekiston Oliy ligasi ikkinchi oʻrin: 2011
  • Oʻzbekiston Kubogi sohibi (2): 2011, 2019, 2020
Tobol

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

AFC U-19 Osiyo chempionati 2012: Yarim finalchi

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pakhtakor 2-0 Qizilqum“. Soccerway. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  2. „ИГОРЬ СЕРГЕЕВ ВЕРНУЛСЯ В ПАХТАКОР“ (ruscha). pakhtakor.uz. Pakhtakor Tashkent (6-iyul 2018-yil). Qaraldi: 23-avgust 2018-yil.
  3. „Игорь Сергеев - "Ақтөбе" футбол клубының ойыншысы!“ (ruscha). vk.com. FC Aktobe VK (18-fevral 2021-yil). Qaraldi: 18-fevral 2021-yil.
  4. „Расмий хабар: Игорь Сергеев - "Тобол" футболчиси“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  5. „Игорь Сергеев – игрок Тобола“ (ruscha). fctobol.kz/. FC Tobol (19-iyul 2021-yil). 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.
  6. „Спасибо, Игорь!“ (Russian). fctobol.kz. FC Tobol (2023-yil 8-iyun). Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  7. „Игорь Сергеев "Тобол" билан хайрлашди“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  8. „HERE COMES NEW CHALLENGE“ (th). BG Pathum United (2023-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  9. „Игорь Сергеев перешел в таиландский «Би Джи Патхум Юнайтед»“. Newshub.uz.
  10. „Игорь Сергеев 3 йилдан сўнг ОЧЛда гол урди“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  11. „Игорь Сергеев фаолиятида илк бор ОЧЛда хет-трик қайд этди“ (2023-yil 22-avgust). 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  12. „Игорь Сергеев хет-трик қайд этиб, "Патум Юнайтед"ни ОЧЛ финал босқичига олиб чиқди“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-avgust.
  13. „Sergeev scoops top scorer award“. The Asian Football Confederation. 21-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  14. „Sergeev scoops top scorer award“. The Asian Football Confederation. 2012-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2012-yil.
  15. „I.Sergeev“. soccerway.com. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  16. 16,0 16,1 „Igor Sergeev“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]