Kontent qismiga oʻtish

AFC Osiyo Kubogi 2015

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(AFC Osiyo kubogi 2015dan yoʻnaltirildi)
2015 AFC Osiyo kubogi
Osiyo kubogi Avstraliya 2015
Asian cup Australia 2015

Osiyo kubogi 2015 logotipi
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Avstraliya
Sana 9 yanvar - 31 yanvar (23 kun)
Jamoalar 16 (AFC ta konfederatsiyadan) (16 ta assotsiatsiyadan)
Bellashuv joylari 5 (5 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Avstraliya (1-marta)
2-oʻrin  Janubiy Koreya
3-oʻrin  Birlashgan Arab Amirliklari
4-oʻrin  Iroq
Statistika
Oʻyinlar soni 32
Gollar soni 85 (har oʻyinda oʻrtacha 2.66 ta)
Muxlislar soni 649 705 (har oʻyinda oʻrtacha 20 303 ta)
Toʻpurar(lar)  UAE Ali Mabkhout
(5ta gol)
Eng yaxshi oʻyinchi  AUS Massimo Luongo
Eng yaxshi darvozabon  AUS Mathew Ryan
Feyr-pley jamoa  Avstraliya
 QAT 2011
2019
AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashuvchi davlatlar koʻrsatgan natijalari

AFC Osiyo kubogi 2015 Osiyo kubogining 16-musobaqasi hisoblanadi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan xalqaro futbol musobaqasi sifatida oʻtkazilib kelinadi. Avstraliya 2015-yilning 9-yanvardan 31-yanvargacha ilk bora bu turnirga mezbonlik qildi.[1] Avstraliya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida magʻlub etib, chempionat gʻolibi boʻldi va 2017-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadigan boʻldi.

Avstraliya 2011-yilning 5-yanvarida rasman musobaqaning mezboni deb eʼlon qilindi. Musobaqa oʻyinlari beshta shaharning (Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney) beshta turli oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqaga Avstraaliya ilk bora mezbonlik qildi, hamda, ushbu musobaqa ilk bora Osiyo qitʼasidan tashqari boshqa qitʼada boʻlib oʻtdi. Mezbon sifatida, Avstraliya musobaqada bevosita ishtirok etdi, qolgan 15 jamoa (Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashqari, chunki ular oʻtgan Osiyo kubogi sovrinlariga ega boʻlib, yoʻllanmalarni avvaldan qoʻlga kiritgan) 2013-yilning fevralidan 2014-yilning mart oyiga qadar boʻlib oʻtadigan va 44ta jamoa ishtirok etadigan saralash bosqichi orqali saralandi.

Mezbon davlatni tanlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstraliya Mezbonlik huquqiga yagona davogar davlat edi va 2011-yil 5-yanvarda bu rasman tasdiqlandi.[2][3]

„Shuni maʼlum qilamizki, Avstraliya Futbol Federatsiyasining saʼy harakatlarini inobatga olgan holda, musobaqaga mezbonlik qilish ishtiyoqi balanligi va futbol infrastrukturasi rivojlanayotgan davlat sifatida, qadamba qadam mezbonlik qilish uchun oʻzida ishonchi oshib borishi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham bunga rozilik bildirgani tufayli Avstraliya davlatini 2015-yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishga qodir davlat deb tan olamiz va men bundan bagʻoyatda xursandman“ degan edi OFK prezidenti, Muhammad bin Hammam[4]

  Musobaqa qatnashchilari
  Musobaqada qatnashmaydi

Osiyo kubogi 2011 AFC musobaqasining birinchi, ikkinchi va uchunchi oʻrinini olgan jamoalar va 2015-yilgi musobaqa mezboni final bosqichga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishgan. Mezbon jamoa 2011-yilgi musobaqada 2-oʻrinni olgani uchun, 4ta avtomatik oʻrin toʻlmadi.[5] Keyin AFC Chaqiruv kubogi shu boʻsh oʻrin uchun futboli rivojlanib kelayotgan uyishmalar oʻrtasida bellashuv oʻtkazib gʻolib jamoani final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish huquqini qoʻlga kiritadilar.

2012-yilgi va 2014-yilgi Osiyo chaqiruv kubogi gʻoliblari 2015-yilgi Osiyo kubogi final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishadi.[6] Qolgan oʻrinlar Osiyo kubogiga saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoalar uchun boʻsh boʻlib qolmoqda. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga koʻra 20 ta terma jamoa saralash bosqichiga jalb etildi va ular 4 tadan 5 ta guruhga boʻlindilar. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari hamda 5 ta guruh ichidagi eng yaxshi natijaga ega boʻlgan 1 ta 3-oʻrin final bosqichga yoʻllanma olishadi.[7]

Saralangan jamoalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi 16ta terma jamoalar musobaqaga saralandilar.

Jamoa Saralash
usuli
Saralangan
kuni
Turnirda oldingi ishtiroklari1
 Avstraliya Mezbon1 5-yanvar 2011 2 (2007, 2011)
 Yaponiya Osiyo kubogi 2011 AFC gʻolibi 25-yanvar 2011 7 (1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Janubiy Koreya Osiyo kubogi 2011 AFC 3-oʻrini 28-yanvar 2011 12 (1956, 1960, 1964, 1972, 1980, 1984, 1988, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Shimoliy Koreya AFC Chaqiruv kubogi 2012 gʻolibi 19-mart 2012 3 (1980, 1992, 2011)
 Bahrayn D guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 4 (1988, 2004, 2007, 2011)
 Birlashgan Arab Amirliklari E guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 8 (1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2004, 2007, 2011)
 Saudiya Arabistoni C guruhi 1-oʻrini 15-noyabr 2013 8 (1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Ummon A guruhi 1-oʻrini 19-noyabr 2013 2 (2004, 2007)
 Oʻzbekiston E guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 5 (1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Qatar D guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 8 (1980, 1984, 1988, 1992, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Eron B guruhi 1-oʻrini 19-noyabr 2013 12 (1968, 1972, 1976, 1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Kuvayt B guruhi 2-oʻrini 19-noyabr 2013 9 (1972, 1976, 1980, 1984, 1988, 1996, 2000, 2004, 2011)
 Iordaniya A guruhi 2-oʻrini 4-fevral 2014 2 (2004, 2011)
 Iroq C guruhi 2-oʻrini 5-mart 2014 7 (1972, 1976, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Xitoy Eng yaxshi 3-oʻrin 5-mart 2014 10 (1976, 1980, 1984, 1988, 1992, 1996, 2000, 2004, 2007, 2011)
 Falastin AFC Chaqiruv kubogi 2014 gʻolibi 30-may 2014 0 (debyut)

Qalin raqamlarda yozilganligi oʻsha yili chempion boʻlganligini bildiradi.

Oxirgi qurʼa

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qurʼa marasomi Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.

Musobaqa uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 26-martida Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.[8] 16ta terma jamoalar guruh bosqichi uchun 4ta guruhlarga ajratildi.[9] Jamoalar 4ta savatchalarga 2014-yil mart oyidagi FIFA reytingida tutgan oʻrniga qarab taqsimlandi, Avstraliya mezbon sifatida avtomatik tarzda 1-savatchaning A1 pozitsiyasidan oʻrin egalladi.[10] Qurʼa vaqtida AFC Chaqiruv kubogi 2014 musobaqasi gʻolibi aniqlanmagan edi, shu bois uning oʻrni toʻgʻridan toʻgʻri 4-savatchaga joylandi.

1-savatcha 2-savatcha 3-savatcha 4-savatcha

 Avstraliya (63) (mezbon)
 Eron (42)
 Yaponiya (48)
 Oʻzbekiston (55)

 Janubiy Koreya (60)
 Birlashgan Arab Amirliklari (61)
 Iordaniya (66)
 Saudiya Arabistoni (75)

 Ummon (81)
 Xitoy (98)
 Qatar (101)
 Iroq (103)

 Bahrayn (106)
 Kuvayt (110)
 Shimoliy Koreya (133)
 Falastin (167)

2015-yilgi Osiyo kubogi uchun 5 ta Sidney, Melburn, Brisben, Kanberra va Nyukasl mezbon shaharlar va 5 ta maydonlar[11] 2013-yilning 27-martida eʼlon qilindi.

Sidney Nyukasl Brisben
Avstraliya stadioni Nyukasl stadioni Suncorp stadioni
Sigʻimi: 84,000 Sigʻimi: 33,000 Sigʻimi: 52,500
Fayl:Suncorpstadium071006-asrJPG
Kanberra
Kanberra stadioni
Sigʻimi: 25,011
Melburn
Melburn toʻrtburchakli stadioni
Sigʻimi: 30,050

Chiptalar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy veb-sayti orqali sotildi yoki 16ta finalchi jamoalar assotsiatsiyalari tomonidan taqsimlandi. 31ta oʻyinga 500,000 dona chiptalar sotuvga chiqarildi.[12] Musobaqa davomida 45,000 dan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi bashorat qilindi.[13] Chiptalar 15 dollardan (guruh oʻyinlarida darvozani orqa qismidagi oʻrindiqlar uchun) 150 dollargacha (final uchrashuvida asosiy oʻrindiqlar uchun) farq qiladi. Alohida oʻyin chiptalari bilan bir qatorda muhlislar bitta Maxsus oʻyingohda boʻlib oʻtadigan barcha oʻyinlarni tomosha qilish uchun paketlarni sotib olish huquqiga ega boʻldilar.[14]

Terma jamoa tayanch lagerlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinlar orasida har bir terma jamoa oʻz tayanch lagerlariga ega boʻlishadi. 27ta potensial joylarning ilk roʻyxatidan, milliy assotsiatsiyalar 2014-yilda oʻz joylarini tanlab olishgan edi.[15] Turnir davomida jamoalar oʻsha joylarda mashgʻulotlar oʻtkazishadi va yashashadi, oʻyinlarga oʻz joylaridan sayohat qilishadi.[16]

Jamoa Yetib kelish Oxirgi oʻyin Tayanch lageri Guruh bosqichi maydonlari ChF maydonlari YF maydonlari Final maydoni
 Avstraliya 29-dekabr 31-yanvar Sidney Melburn, Sidney & Brisben Brisben Nyukasl Sidney
 Bahrayn 22-dekabr 19-yanvar Ballarat[17] Melburn, Kanberra & Sidney
 Xitoy 29-dekabr 22-yanvar Sidney Brisben & Kanberra Brisben
 Eron 31-dekabr 23-yanvar Sidney Melburn, Sidney & Brisben Kanberra
 Iroq 1-yanvar 30-yanvar Kanberra Brisben & Kanberra Kanberra Sidney Nyukasl
 Yaponiya 3-yanvar 23-yanvar Cessnock Nyukasl, Brisben & Melburn Sidney
 Iordaniya 23-dekabr 20-yanvar Nyukasl Brisben & Melburn
 Kuvayt 18-dekabr 17-yanvar Queanbeyan Melburn, Kanberra & Nyukasl
 Shimoliy Koreya 15-dekabr 18-yanvar Kanberra Sidney, Melburn & Kanberra
 Ummon 28-dekabr 17-yanvar Sidney Kanberra, Sidney & Nyukasl
 Falastin 2-yanvar 20-yanvar Brisben Nyukasl, Melburn & Kanberra
 Qatar 28-dekabr 19-yanvar Kanberra Kanberra & Sidney
 Saudiya Arabistoni 26-dekabr 18-yanvar Brisben Brisben & Melburn
 Janubiy Koreya 27-dekabr 31-yanvar Brisben Kanberra & Brisbane Melburn Sidney Sidney
 Birlashgan Arab Amirliklari 26-dekabr 30-yanvar Gold Coast Kanberra & Brisben Sidney Nyukasl Nyukasl
 Oʻzbekiston 3-yanvar 22-yanvar Melburn Sidney, Brisben & Melburn Melburn

Translyatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa oʻyinlari butun dunyoning 100 dan ortiq TV kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.[18] 800,000,000 nafar,[12] hamda, TV orqali 2,5 milliard odamlar ushbu turnirni kuzatib borishi moʻljallangan.[19] Quyida ushbu musobaqani yoritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kanallar bilan tanishing.

Hudud Kanal Man
Arab ligasi Arab ligasi beIN Sports [18]
Osiyo Tinch okeani hududi Fox International Channels [18]
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya Fox Sports, ABC [20]
Braziliya bayrogʻi Braziliya SporTV [18]
Xitoy bayrogʻi Xitoy CCTV [21]
 Europe Yevropa Eurosport [18]
Gon Kong bayrogʻi Gonkong Now TV [21]
Hindiston bayrogʻi Hindiston Sony SIX [21]
Indoneziya bayrogʻi Indoneziya Sindo TV [21]
Eron bayrogʻi Eron IRIB [21]
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya NHK, TV Asahi [18]
Malayziya bayrogʻi Malayziya TV 3 [18]
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya Sky Sport [21]
Shimoliy Amerika ONE World Sports [18]
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi SABC [21]
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi KBS, SBS, MBC [18]
Tailand bayrogʻi Tailand Channel 7 [18]
Filippin bayrogʻi Filippin ABS-CBN Sports+Action [18]
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston SPORT [21]

2014-yil 1-oktabrda 2015-yilgi Osiyo kubogining oʻyin koptogi Nike Ordem 2 eʼlon qilindi. Koptok sirtida turnirning anʼanaviy ranglari tasvirlangan. Asosiy oq rangdagi toʻp sirti yaqqol qizil rangdagi grafik bezak va yaxshiroq koʻrinishi uchun sariq rangdagi hoshiyalar ham tasvirlangan. Shuningdek, koptokda musboaqa logotipi hamda Nike kompaniyasi emblemasi qora Swoosh tasvirlangan. Koptok toʻgʻri uchish, aniqlik va nazoratlarni inobatga olib yasalgan, hamda, Nike Aerowtrac oʻyiqlari va mikro-tekstura qoplamalari bilan ishlab chiqarilgan. Nike RaDaR (Rapid Decision and Response) koptokni tez uchishi uchun noyob grafik qatlamlardan foydalangan, optimal tegishi uchun 3 qatlamli sintetikadan yasalgan.[22]

2015-yilning 1-yanvarida AFC musobaqaga yon hakamlar bilan birga 40ta hakamlarni, 3ta zahira hakamlarini va 4ta zahira hakamlarining assistentlarini chaqirdilar. Uchtadan tashkil topgan hakamlar brigadasi (bunday jamoalar 11ta) vatandoshlari bilan kelishgan: bitta asosiy hakam va ikkita yon hakamlari. Qolgan zahira hakamlari ham uchrashuvlarni boshqarishda asosiy hakamlarga koʻmaklashadilar.[23] Shuningdek, musobaqa oʻyinlarini Yangi Zelandiyadan hakamlar brigadasi boshqarib boradi, garchi, Yangi Zelandiya Okeaniya Futbol Federatsiyasi aʼzosi boʻlishiga qaramasdan.

Hakamlar Yon hakamlar
 AUS Ben Williams  AUS Matthew Cream  AUS Paul Cetrangolo
 AUS Chris Beath  UZB Jahongir Saidov  HKG Chow Chun Kit
 BHR Nawaf Shukralla  BHR Yaser Tulefat  BHR Ebrahim Saleh
 IRN Alireza Faghani  IRN Reza Sokhandan  IRN Mohammad Reza Abolfazli
 JPN Ryuji Sato  JPN Toru Sagara  JPN Toshiyuki Nagi
 KOR Kim Dong-Jin  KOR Jeong Hae-Sang  KOR Yang Byoung-Eun
 NZL Peter OʻLeary  NZL Jan-Hendrik Hintz  NZL Mark Rule
 OMA Abdullah Al Hilali  OMA Hamad Al-Mayahi  OMA Abu Bakar Al Amri
 QAT Abdulrahman Abdou  QAT Taleb Al-Marri  QAT Ramzan Al-Naemi
 KSA Fahad Al-Mirdasi  KSA Badr Al-Shumrani  KSA Abdulla Al Shalwai
 UAE Abdulla Hassan Mohamed  UAE Mohamed Al Hammadi  UAE Hasan Al Mahri
 UZB Ravshan Ermatov  UZB Abduhamidullo Rasulov  KGZ Bahodir Qoʻchqorov
Zahira hakamlari Zahira hakamlari assistentlari
 JPN Yudai Yamamoto  JPN Akane Yagi  IRQ Najah Raham Rashid
 MAS Mohd Amirul Izwan  MAS Mohd Yusri Muhamad  MAS Azman Ismail
 SIN Muhammad Taqi Al-Jaafari  SIN Jeffrey Goh  UAE Ammar Al-Jeneibi
 SRI Hettikamkanamge Perera  SRI Palitha Hemathunga

Har bir terma jamoa 2014-yilning 30-dekabriga qadar 23ta futbolchini (3tasi darvozabon) tanlab taqdim etishlari lozim boʻldi.[24]

Guruh bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinlar jadvali 2013-yil 27-martda eʼlon qilingan.[11][25] Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqadi.

Taybreyklar

Guruhdagi har bir jamoa quyidagicha reytinglanadi:

  1. guruhdagi barcha oʻyinlarda olingan ochkolar;
  2. guruhdagi barcha oʻyinlarda erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruhdagi barcha oʻyinlarda kiritilgan gollar soni;

Agar ikki yoki undan ortiq terma jamoalar yuqoridagi asosiy 3 ta mezonlar boʻyicha teng kelsalar, unda ular yana mana bunday mezonlar boʻyicha saralanadi:

  1. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida olingan ochkolar;
  2. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasidagi erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida kiritilgan gollar soni;
  4. penaltilar seriasi agar ikki terma jamoa qatnashgan va har ikki jamoa maydonda boʻlgan taqdirda;
  5. guruh baxslarida olingan sariq va qizil kartochkalar soni;
  6. OFK Tashkiliy Qoʻmitasi tomonidan qur’a tashlash orqali;
Guruh stoli uchun kalit ranglar
Guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqqan
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1  Janubiy Koreya 3 3 0 0 3 0 +3 9 Chorak finalga oʻtish
2  Avstraliya (M) 3 2 0 1 8 2 +6 6
3  Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
4  Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
(M) ?
9-yanvar 2015
Avstraliya  4-1  Kuvayt Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
10-yanvar 2015
Janubiy Koreya  1-0  Ummon Kanberra stadioni, Kanberra
13-yanvar 2015
Kuvayt  0-1  Janubiy Koreya Kanberra stadioni, Kanberra
Ummon  0-4  Avstraliya Avstraliya stadioni, Sidney
17-yanvar 2015
Avstraliya  0-1  Janubiy Koreya Suncorp stadioni, Brisben
Ummon  1-0  Kuvayt Nyukasl stadioni, Nyukasl
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1  Xitoy 3 3 0 0 5 2 +3 9 Chorak finalga oʻtish
2  Oʻzbekiston 3 2 0 1 5 3 +2 6
3  Saudiya Arabistoni 3 1 0 2 5 5 0 3
4  Shimoliy Koreya 3 0 0 3 2 7 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
10-yanvar 2015
Oʻzbekiston  1-0  Shimoliy Koreya Avstraliya stadioni, Sidney
Saudiya Arabistoni  0-1  Xitoy Suncorp stadioni, Brisben
14-yanvar 2015
Shimoliy Koreya  1-4  Saudiya Arabistoni Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy  2-1  Oʻzbekiston Suncorp stadioni, Brisben
18-yanvar 2015
Oʻzbekiston  3-1  Saudiya Arabistoni Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy  2-1  Shimoliy Koreya Kanberra stadioni, Kanberra
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1  Eron 3 3 0 0 4 0 +4 9 Chorak finalga oʻtish
2  Birlashgan Arab Amirliklari 3 2 0 1 6 3 +3 6
3  Bahrayn 3 1 0 2 3 5 −2 3
4  Qatar 3 0 0 3 2 7 −5 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
11-yanvar 2015
Birlashgan Arab Amirliklari  1-0  Qatar Kanberra stadioni, Kanberra
Eron  2-0  Bahrayn Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
15-yanvar 2015
Bahrayn  1-2  Birlashgan Arab Amirliklari Kanberra stadioni, Kanberra
Qatar  0-1  Eron Avstraliya stadioni, Sidney
19-yanvar 2015
Eron  1-0  Birlashgan Arab Amirliklari Suncorp stadioni, Brisben
Qatar  1-2  Bahrayn Avstraliya stadioni, Sidney
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1  Yaponiya 3 3 0 0 7 0 +7 9 Chorak finalga oʻtish
2  Iroq 3 2 0 1 3 1 +2 6
3  Iordaniya 3 1 0 2 5 4 +1 3
4  Falastin 3 0 0 3 1 11 −10 0
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
12-yanvar 2015
Yaponiya  4-0  Falastin Nyukasl stadioni, Nyukasl
Iordaniya  0-1  Iroq Suncorp stadioni, Brisben
16-yanvar 2015
Falastin  1-5  Iordaniya Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq  0-1  Yaponiya Suncorp stadioni, Brisben
20-yanvar 2015
Yaponiya  2-0  Iordaniya Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq  2-0  Falastin Kanberra stadioni, Kanberra

Pley-off bosqichi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agar lozim boʻlib qolsa, pley-off bosqichida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasini amalga oshirishi mumkin.

Chorak final Yarim final Final
                   
22-yanvar – Melburn        
  Janubiy Koreya (q.v)  2
26-yanvar – Sidney
  Oʻzbekiston  0  
  Janubiy Koreya  2
23-yanvar – Sidney
    Iroq  0  
  Eron  3 (6)
31-yanvar – Sidney
  Iroq (pen.)  3 (7)  
  Janubiy Koreya  1
22-yanvar – Brisben
    Avstraliya (q.v)  2
  Xitoy  0
27-yanvar – Nyukasl
  Avstraliya  2  
  Avstraliya  2 3-oʻrin uchun
23-yanvar – Kanberra
    Birlashgan Arab Amirliklari  0  
  Yaponiya  1 (4)   Iroq  2
  Birlashgan Arab Amirliklari (pen.)  1 (5)     Birlashgan Arab Amirliklari  3
30-yanvar – Nyukasl
22-yanvar 2015
18:30 ASKV (UTC+11)
Janubiy Koreya  2-0 (q.v)  Oʻzbekiston Melburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Tomoshabinlar: 23,381
Hakam: Fahad Al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni)
Son Heung-min Gol 104'120' Hisobot

22-yanvar 2015
20:30 ASSV (UTC+10)
Xitoy  0-2  Avstraliya Suncorp stadioni, Brisben
Tomoshabinlar: 46,067
Hakam: Kim Jong-hyeok (Janubiy Koreya)
Hisobot Cahill Gol 48'65'

23-yanvar 2015
17:30 ASKV (UTC+11)
Eron  3-3 (q.v)  Iroq Kanberra stadioni, Kanberra
Tomoshabinlar: 18,921
Hakam: Ben Williams (Avstraliya)
Azmoun Gol 24'
Pouraliganji Gol 103'
Ghoochannejhad Gol 119'
Hisobot Yasin Gol 56'
Mahmoud Gol 93'
Ismail Gol 116' (pen.)
  Penaltilar  
Hajsafi Penalty missed
Pouraliganji Penalty scored
Nekounam Penalty scored
Hosseini Penalty scored
Ghafouri Penalty scored
Jahanbakhsh Penalty scored
Teymourian Penalty scored
Amiri Penalty missed
6–7 Penalty missed Abdul-Amir
Penalty scored Salem
Penalty scored Ismail
Penalty scored Adnan
Penalty scored Mahmoud
Penalty scored Kasim
Penalty scored Hussein
Penalty scored Shaker

23-yanvar 2015
20:30 ASKV (UTC+11)
 Yaponiya 1-1 (q.v)  Birlashgan Arab Amirliklari Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 19,094
Hakam: Alireza Faghani (Eron)
Shibasaki Gol 81' Hisobot Mabkhout Gol 7'
  Penaltilar  
Honda Penalty missed
Hasebe Penalty scored
Shibasaki Penalty scored
Toyoda Penalty scored
Morishige Penalty scored
Kagawa Penalty missed
4–5 Penalty scored O. Abdulrahman
Penalty scored Mabkhout
Penalty missed Esmaeel
Penalty scored Hassan
Penalty scored Fardan
Penalty scored I. Ahmed
26-yanvar 2015
20:00 ASYV (UTC+11)
Janubiy Koreya  2-0  Iroq Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 36,053
Hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)
Lee Jung-hyup Gol 20'
Kim Young-gwon Gol 50'
Hisobot

27-yanvar 2015
20:00 ASYV (UTC+11)
Avstraliya  2-0  Birlashgan Arab Amirliklari Nyukasl stadioni, Nyukasl
Tomoshabinlar: 21,079
Hakam: Ravshan Ermatov (Oʻzbekiston)
Sainsbury Gol 3'
Davidson Gol 14'
Hisobot

Uchinchi oʻrin uchun

[tahrir | manbasini tahrirlash]
30-yanvar 2015
20:00 ASKV (UTC+11)
Iroq  2-3  Birlashgan Arab Amirliklari Nyukasl stadioni, Nyukasl
Tomoshabinlar: 12,829
Hakam: Nawaf Shukralla (Bahrayn)
Salem Gol 28'
Kalaf Gol 42'
Hisobot Khalil Gol 16'51'
Mabkhout Gol 57' (pen.)
31-yanvar 2015
20:00 ASKV (UTC+11)
Janubiy Koreya  1-2 (q.v)  Avstraliya Avstraliya stadioni, Sidney
Tomoshabinlar: 76,385
Hakam: Alireza Faghani (Eron)
Son Heung-min Gol 90+1' Hisobot Luongo Gol 45'
Troisi Gol 105'

Statistikalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
5 gol
4 gol
3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol

Gol assistentlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
4ta golga assistentlar
3ta golga assistentlar
2ta golga assistentlar
1ta golga assistentlar
Oltin Butsa
Oltin Qoʻlqop
Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi
Halol oʻynagan jamoa

Musobaqada jamoalar erishgan reyting

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbol statistikasi taomiliga muvofiq, qoʻshimcha vaqtdagi uchrashuvlarda gʻolib va magʻlub jamoalar deya hisoblanadi, penaltilar seriyasiga yetib borgan boʻlsa durang deya hisoblanadi.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Oxirgi natijasi
1  Avstraliya (M) 6 5 0 1 14 3 +11 15 Chempion
2  Janubiy Koreya 6 5 0 1 8 2 +6 15 2-oʻrin
3  Birlashgan Arab Amirliklari 6 3 1 2 10 8 +2 10 3-oʻrin
4  Iroq 6 2 1 3 8 9 −1 7 4-oʻrin
5  Yaponiya 4 3 1 0 8 1 +7 10 Chorak finalda
yutqazgan
6  Eron 4 3 1 0 7 3 +4 10
7  Xitoy 4 3 0 1 5 4 +1 9
8  Oʻzbekiston 4 2 0 2 5 5 0 6
9  Iordaniya 3 1 0 2 5 4 +1 3 Guruh bosqichidan
chiqolmagan
10  Saudiya Arabistoni 3 1 0 2 5 5 0 3
11  Bahrayn 3 1 0 2 3 5 −2 3
12  Ummon 3 1 0 2 1 5 −4 3
13(T)  Shimoliy Koreya 3 0 0 3 2 7 −5 0
13(T)  Qatar 3 0 0 3 2 7 −5 0
15  Kuvayt 3 0 0 3 1 6 −5 0
16  Falastin 3 0 0 3 1 11 −10 0

Ushbu Osiyo kubogida 26ta uchrashuvda durang natija qayd etilmadi va eng yirik futbol turnirlari orasida rekord oʻrnatdi, bundan oldin Urugvayda boʻlib oʻtgan 1930-yilgi jahon chempionatida 18ta oʻyinda durang qayd etilmagan edi va ushbu rekordni yangiladi.[26]

Ali Mabkhout Osiyo kubogi tarixida eng tez gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi, Birlashgan Arab Amirliklarining guruh bosqichida Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvida, ushbu futbolchi oʻyinning 14-sonyasida gol urdi.[27]

Falastin terma jamoasi ilk bora Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etdi va guruh bosqichining 2-turida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Jaka Ihbeishehning goli Falastinning Osiyo kubogi musobaqsida ilk goli boʻlib tarixda qoldi.

Avstraliya terma jamoasi erkaklar futbol terma jamoalar oʻrtasidagi ikkita konfederatsiya chempioniga aylangan ilk terma jamoa boʻldi, bundan oldin AFCga oʻtishdan oldin Avstraliya OFCning 4 karra chempioni boʻlgan .[28] Tim Cahill va Mark Bresciano ikkita konfederatsiya gʻolibiga aylangan birinchi erkak futbolchilar boʻldi, bundan oldin ular OFC Millatlar kubogi 2004 gʻolibi boʻlishgan edi.[29] Bu gʻalabadan keyin Avstraliya ham AFC Osiyo kubogini, AFC Chempionlar ligasi 2014 musobaqasida Western Sydney Wanderers futbol klubi chempion boʻlgandan keyin, ham AFC Chempionlar ligasi gʻolibligini bir vaqtning oʻzida qoʻlga kiritgan ilk terma jamoa boʻldi.[30][31]

Musobaqa sovrini sayohati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovrinning sayohati 2014-yil sentabr oyida Xitoydan boshlandi, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin Avstraliyaga 2014-yilning dekabr oyida yetib keldi va beshta mezbon shaharda ham boʻldi. [32]

Ochilish marisomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Osiyo kubogi ochilish marosimi

Musobaqaning ilk oʻyini Avstraliya va Quvayt oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin 9-yanvarda Melburn toʻrtburchakli stadionida ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.[33] Ochilish marosimi sport musobaqa ustalari konsortsiumi Twenty3 Sports + Entertainment va ijodiy texnologiyalar firmasi Spinifex Group tomonidan tashkillashtiriladi. Usbu konsortsium bundan oldin bir qancha yirik xalqaro sport musobaqalarida ishlashgan, jumladan, Qishki Olimpiya oʻyinlari 2010 va Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2008 musobaqalari ochilish marosimlarini tashkillashtirgan.[34] Musobaqa ochilish marosimida Avstraliya di-jeyi, xonanda va raqqosasi Havana Brown, Avstraliya hindu-pop guruhi Sheppard, Avstraliya aborigenlar xonandasi Geoffrey Gurrumul Yunupingu, hamda, Avstraliya hip-hop artistlari L-Fresh The Lion, Joelistics va Mistress of Ceremony ishtirok etishadi.[35][36] Shuningdek, mahalliy yoshlar futbol klublaridan 80ta bolalar va 120ta Avstraliyalik raqqosalar, akrobatlar, Avstraliya aborigenlari chiqishlari hamda futbol fristayllari ishtirok etiashadi.[37]

Logotip va ramz

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vombat musobaqa ramzi

Ushbu musobaqaning rasmiy logotipi 2012-yili oktabr oyida Melurnda boʻlib oʻtgan maxsus tadbirda ommaga eʼlon qilindi. Logotip Sidney agentligi WiteKite tomonidan ishlab chiqilgan.[38] Logotipda oʻzgacha shakl bilan chizilgan futbolchi koptokni Avstraliya gʻarbiy qirgʻogʻidan butun mamlakat boʻylab Osiyo tomonga tepayotgani tasvirlangan. Koptok, shuningdek, Avstraliyadan Osiyoga yoyilgan Avstraliyaning yozgi quyoshini aks ettirgan. Toʻrtta sariq rangdagi lentalar Avstraliya haritasi shaklini hamda 4ta mezbon shaharni ifodalaydi. Loyiha AFC tomonidan qabul qilingan.[39]

Musobaqa ramzi vombat (hayvon turi) 2014-yil 11-noyabrda Wild Life Sydney zooparkida ommaga taqdim etildi.[40]

Quyida koʻrib turganingizdek, AFC oʻnta rasmiy homiylarni va oltita rasmiy yoqlovchilarni eʼlon qildi.

Rasmiy homiylar Rasmiy yoqlovchilar

  • Asahi Breweries
  • FamilyMart
  • Hyundai Heavy Industries
  • Makita
  • Nike
  • Nikon
  1. „AFC Asian Cup 2015 venues and schedule unveiled“. the-afc.com.
  2. „Australia's bid to host 2015 AFC Asian Cup“. footballaustralia.com.au. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2015.
  3. „Australia to host 2015 AFC Asian Cup“. FIFA. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2015.(Wayback Machine saytida 2015-01-02 sanasida arxivlangan)
  4. „Australia to host 2015 AFC Asian Cup“. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (5 yanvar 2011). 2014-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-dekabr.
  5. Automatic bye to 2015 Finals for top-three
  6. „AFC Competitions Committee“. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (23 noyabr 2010). Qaraldi: 24 yanvar 2011.
  7. „AFC Asian Cup Australia 2015™ preliminary draw results“. the-afc.com (9 oktabr 2012). 2012-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-dekabr.
  8. „AFC Asian Cup draw set for March 26 at Sydney Opera House“. AFC (6-dekabr 2013).
  9. „AFC Asian Cup Groups Decided“. Asian Football Confederation (27-mart). 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 30-dekabr. (Wayback Machine saytida 2014-03-28 sanasida arxivlangan)
  10. „Asian Cup 2015 draw mechanism revealed“. AFC (18-mart).
  11. 11,0 11,1 „Venues and Match Schedule“. footballaustralia.com.au. Qaraldi: 28-mart.
  12. 12,0 12,1 „Publicity blitz set to boost Asian Cup attendances“. theworldgame.sbs.com.au. Qaraldi: 8-dekabr 2014.
  13. „Qualifying for AFC Asian Cup Australia 2015 begins“. footballaustralia.com.au. 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2014.(Wayback Machine saytida 2014-12-14 sanasida arxivlangan)
  14. „Tickets“. afcasiancup.com. 2015-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2014.(Wayback Machine saytida 2015-01-12 sanasida arxivlangan)
  15. „27 more cities keen to join Asian Cup party“. footballaustralia.com.au. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2014.(Wayback Machine saytida 2014-11-29 sanasida arxivlangan)
  16. „2015 Asian Cup“. nswtaxi.org.au. 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-noyabr 2014. (Wayback Machine saytida 2015-09-30 sanasida arxivlangan)
  17. City of Ballarat Press Release
  18. 18,00 18,01 18,02 18,03 18,04 18,05 18,06 18,07 18,08 18,09 18,10 „Official broadcasters“. afcasiancup.com. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2014.(Wayback Machine saytida 2014-12-05 sanasida arxivlangan)
  19. „Sydney and Newcastle to host 10 countries in AFC Asian Cup pool matches“. destinationnsw.com.au. Qaraldi: 8-dekabr 2014.
  20. „ABC, FOX SPORTS, Asian Cup LOC and FFA announce deal for free to air broadcast of Asian Cup Football“. abc.net.au.com.au. Qaraldi: 28-oktabr 2014.
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 21,5 21,6 21,7 „Channels Telecasting Asian Cup 2015“. tsmplay.com. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-noyabr 2014.
  22. „Nike 2015 AFC Asian Cup Ball Unveiled“. footyheadlines.com. Qaraldi: 23-noyabr 2014.
  23. „2015 AFC Asian Cup (Australia) - selected officials“. refereesfifa.com.au. Qaraldi: 2-yanvar 2015-yil.
  24. „Competition Regulations – AFC Asian Cup Australia 2015“. 2015-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-yanvar. (Wayback Machine saytida 2015-04-18 sanasida arxivlangan)
  25. „Match Schedule AFC Asian Cup Australia 2015“. AFC.
  26. „Asian Cup smashes football tournament world record“. The World Game (19-yanvar 2015). Qaraldi: 19-yanvar 2015.
  27. „UAE records second straight Asian Cup win with 2-1 defeat of Bahrain“. abc.net.au. Qaraldi: 25-yanvar 2015.
  28. „Socceroos lift Asian Cup after dramatic extra-time win over South Korea“. The Guardian (31-yanvar 2015).
  29. „FIFA.com @ Twitter“. Twitter (31-yanvar 2015).
  30. arxiv nusxasi, 2015-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-02-01
  31. http://www.9news.com.au/national/2015/01/31/22/45/socceroos-crowned-kings-of-asia
  32. „AFC Asian Cup trophy set for host city tour“. socceroos.com.au. Qaraldi: 13-noyabr 2014.
  33. „Victoria to open Australia’s biggest ever international football event“. premier.vic.gov.au. 2014-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2014. (Archive.is saytida 2014-11-23 sanasida arxivlangan)
  34. „Consortium appointed to create Asian Cup opening ceremony“. mumbrella.com.au. Qaraldi: 23-noyabr 2014.
  35. „Sukhdeep Singh L- Fresh The Lion will perform at the Opening Ceremony The 2015 AFC Asian Cup“. sbs.com.au. 2015-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2015.(Wayback Machine saytida 2015-01-03 sanasida arxivlangan)
  36. „Asian Cup opening ceremony“. l-fresh.com. 2015-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-yanvar 2015. (Archive.is saytida 2015-01-03 sanasida arxivlangan)
  37. „Asian Cup to kick-start Melbourne sporting feast“. heraldsun.com.au. Qaraldi: 23-dekabr 2014.
  38. „2015 AFC Asian Cup logo“. designstation.com.au. Qaraldi: 23-noyabr 2014.
  39. „AFC Asian Cup Australia 2015 Preliminary Draw Conducted and Competition Logo Launched“. footballnsw.com.au. Qaraldi: 23-noyabr 2014.
  40. „Nutmeg the Wombat named Cup mascot“. AFC Asian Cup (11-noyabr 2014). 2015-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.(Wayback Machine saytida 2015-01-18 sanasida arxivlangan)