Kontent qismiga oʻtish

Xitoy milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy milliy futbol terma jamoasi
Tahallusi 龙之队
(Buyuk devor)
Assotsiatsiya Xitoy Xalq Respublikasi futbol assotsiatsiyasi (CFA)
Konfederatsiya AFC
Sub-konfederatsiya EAFF
Bosh murabbiy Li Xiaopeng
Sardor Wu Xi
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Li Weifeng (112)
Eng yaxshi toʻpurar Hao Haidong (41)
Uy stadioni Milliy stadion (Pekin)
FIFA kodi CHN
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 80 Decrease 1 (20 July 2023)[1]
Eng yuqori 37 (Dekabr 1998)
Eng past 109 (Mart 2013)
Birinchi xalqaro oʻyin
 Filippin 2–1 China 
(Manila, Filippin; 1-fevral 1913)[2]
Eng yirik gʻalaba
 Xitoy 19–0 Guam 
(Ho Chi Minh, Vietnam; 26 Yanvar 2000)
Eng yirik magʻlubiyat
 Braziliya 8–0 Xitoy 
(Recife, Braziliya; 10 Sentabr 2012)

Xitoy milliy futbol terma jamoasi (xitoycha: 中国国家足球队) — xalqaro futbol musobaqalarida Xitoy sharafini himoya qiluvchi jamoa hisoblanadi. Boshqaruv organi – Xitoy Xalq Respublikasi futbol assotsiatsiyasi.

Xitoy futbol assotsiatsiyasi 1924-yilda tashkil etilgan va 1931-yilda FIFAga qabul qilingan. Xitoy 1949-yilda Xitoy Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasiga ajratilgan. 1955-yilga kelib ushbu mamlakat oʻzining Xitoy futbol assotsiatsiyasini tashkil etadi va 1979-yilda FIFAga a’zo boʻladi. 1984- va 2004-yillarda XXR Osiyo kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan. Makao va Gonkongga qaytib kelgan terma jamoa a’zolari “Gongkong (Xitoy)” va “Makao (Xitoy)” nomi ostida barcha futbol turnirlarda ishtirok eta boshlaydi.

Xitoyda futbol ancha mashhur va milliy terma jamoaning muvaffaqiyati milliy gʻururi hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga koʻra, Xitoyda 2002-yilgi jahon chempionatida milliy terma jamoaning chiqishlarini 300 millionga yaqin odam tomosha qilgan. Chempionat oldidan mamlakatda 170 millionga yaqin yangi televizor sotilgan. 250 milliondan ortiq odam 2004-yilgi Osiyo Kubogi finalini tomosha qilgan. Ushbu jonli efir Xitoy Xalq Respublikasi telekoʻrsatuvlari tarixidagi eng yirik voqea sifatida tarixga muhrlangan[3].

Chinese players after win against Thailand at 2019 AFC Asian Cup Round of 16

Futbol bo ‘yicha jahon chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1930-yildan 1954-yilgacha – ishtirok etmagan;
  • 1958-yil – saralash bosqichidan oʻta olmagan;
  • 1962-yildan 1978-yilgacha – ishtirok etmagan;
  • 1982-yildan 1998-yilgacha – malakaga ega boʻlmagan;
  • 2002-yil – guruh bosqichi;
  • 2006-yildan 2022-yilgacha – saralashdan oʻta olmagan.
  • 2002-yilgi futbol bo ‘yicha jahon chempionatida jamoa barcha oʻyinlarda magʻlub boʻlib, birorta ham gol urmagan boʻlsa-da, turnirga yoʻllanma olganining oʻzi Xitoy futboli uchun muhim voqea sifatida qayt etilgan.
  • 1956-yildan 1972-yilgacha – ishtirok etmagan;
  • 1997-yil – 3-oʻrin;
  • 1980-yil – guruh bosqichi;
  • 1984-yil – 2-oʻrin;
  • 1988-yil – 4-oʻrin;
  • 1992-yil – 3-oʻrin;
  • 1996-yil – chorak final;
  • 2000-yil – 4-oʻrin;
  • 2004-yil – 2-oʻrin;
  • 2007-yil – guruh bosqichi;
  • 2011-yil – guruh bosqichi;
  • 2015-yil – chorak final;
  • 2019-yil – chorak final;
  • 2023-yil – mezbon boʻladi.

Sharqiy Osiyo chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1990-yil – 2-oʻrin;
  • 1992-yil – 4-oʻrin;
  • 1995-yil – 4-oʻrin;
  • 1998-yil – 2-oʻrin;
  • 2003-yil – 3-oʻrin;
  • 2005-yil – 1-oʻrin;
  • 2008-yil – 3-oʻrin;
  • 2010-yil – 1-oʻrin;
  • 2013-yil – 2-oʻrin;
  • 2015-yil – 2-oʻrin;
  • 2017-yil – 3-oʻrin.

Jamoa tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh murabbiy Li Syaopeng tomonidan JCh-2022 saralash oʻyinlarida Yaponiya (2022-yil 27-yanvar) va Vyetnam (2022-yil 1-fevral)ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi futbolchilar maydonga tushirilgan.

2022-yil 22-iyul holatiga ko ‘ra oʻyinlar va gollar:

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Han Jiaqi 3-iyul 1999-yil (1999-07-03) (25 yosh) 2 0  CHN Guanchjou siti
12 1DA Peng Peng 24-noyabr 2000-yil (2000-11-24) (24 yosh) 0 0  CHN Kunshan
25 1DA Huang Zihao 9-iyun 2001-yil (2001-06-09) (23 yosh) 0 0  CHN Nanjing Siti
2 2HM Yeljan Shinar 6-iyun 1999-yil (1999-06-06) (25 yosh) 0 0  CHN Shenjen
3 2HM Wu Shaocong 20-mart 2000-yil (2000-03-20) (24 yosh) 1 0  CHN Guanchjou
4 2HM Jiang Shenglong 24-dekabr 2000-yil (2000-12-24) (23 yosh) 1 0  CHN Shanghai Shenhua
5 2HM Zhu Chenjie 23-avgust 2000-yil (2000-08-23) (24 yosh) 16 1  CHN Shanghai Shenhua
6 2HM Jiang Guangtai 27-may 1994-yil (1994-05-27) (30 yosh) 13 0  CHN Guanchjou
16 2HM Wen Jiabao 2-yanvar 1999-yil (1999-01-02) (25 yosh) 2 0  CHN Shanghai Shenhua
17 2HM Xu Haofeng 27-yanvar 1999-yil (1999-01-27) (25 yosh) 2 0  CHN Shenzhen
18 2HM He Yupeng 5-dekabr 1999-yil (1999-12-05) (25 yosh) 2 0  CHN Dalian Pro
23 2HM Liang Shaowen 12-iyun 2002-yil (2002-06-12) (22 yosh) 0 0  CHN Beijing Guoan
24 2HM Su Shihao 29-dekabr 1999-yil (1999-12-29) (24 yosh) 2 0  CHN Qingdao Yoshlar Oroli
7 3YH Tao Qianglong 20-noyabr 2001-yil (2001-11-20) (23 yosh) 1 0  CHN Wuhan Uch shahar
8 3YH Dai Wai Tsun 25-iyul 1999-yil (1999-07-25) (25 yosh) 6 0  CHN Shenjen
13 3YH Xu Yue 10-noyabr 1999-yil (1999-11-10) (25 yosh) 2 0  CHN Shenjen
14 3YH Chen Guokang 23-yanvar 1999-yil (1999-01-23) (25 yosh) 2 0  CHN Meizhou Hakka
15 3YH Dilyimit Tudi 25-fevral 1999-yil (1999-02-25) (25 yosh) 1 0  CHN Changchun Yatai
19 Huang Jiahui 7-oktyabr 2000-yil (2000-10-07) (24 yosh) 2 0  CHN Dalian Pro
21 3YH Yao Xuchen 11-sentyabr 1999-yil (1999-09-11) (25 yosh) 0 0  CHN Hebei
26 3YH Liu Ruofan 28-yanvar 1999-yil (1999-01-28) (25 yosh) 0 0  CHN Shanghai Shenhua
11 4HJ Tan Long 1-aprel 1988-yil (1988-04-01) (36 yosh) 9 1  CHN Changchun Yatai
20 4HJ Fang Hao 3-yanvar 2000-yil (2000-01-03) (24 yosh) 2 0  CHN Shandong Taishan
22 4HJ Liu Zhurun 6-oktyabr 2001-yil (2001-10-06) (23 yosh) 2 0  CHN Shanghai Port

2022-yil 22-mart holatiga koʻra, milliy terma jamoada eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻnta oʻyinchi[4]:

  1. „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  2. „China matches, ratings and points exchanged“. World Football Elo Ratings: China. Qaraldi: 18-noyabr 2014-yil.
  3. „Asian Cup final smashes viewing records“. The AFC (18-oktabr 2007-yil). Qaraldi: 7-iyun 2011-yil.
  4. Roberto Mamrud. „China – Record International Players“. Qaraldi: 9-avgust 2013-yil.