Ma Mingyu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ma Mingyu
马明宇
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-fevral 1970-yil (1970-02-04) (54 yosh)
Tavallud joyi Chongqing, Sichuan, Xitoy
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1994 Sichuan Quanxing
1995—1996 Guangdong Hongyuan 42 (9)
1997—2000 Sichuan Quanxing 88 (8)
2000—2001 Perugia 0 (0)
2001—2003 Sichuan Guancheng 65 (5)
Milliy terma jamoa
1996—2002 Xitoy 86 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ma Mingyu (1970-yil 4-fevralda Sichuanning Chongqing shahrida tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi. U faoliyatining koʻp qismida Sichuan Quanxing vakili boʻlgan va ular bilan bir necha marta chempion boʻlgan. U shuningdek, Guangdong Xongyuan va Italiya A Seriyasining „Perudja“ jamoasini himoya qilgan. Xalqaro miqyosda u 1996-yilgi OFK Osiyo kubogi, 2000-yilgi Osiyo kubogi va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida Xitoy sardori boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma Mingyu asosan Xitoyning yuqori divizion vakili „Sichuan Guancheng“ klubida oʻynagan va u yerda futbolchilik faoliyati davomida ular bilan bir necha bor chempion boʻlgan. Ma 1994-yilgi ligada 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan[1]. Ma 1995-yil liga mavsumi boshida Guangdong Xongyuanga koʻchib oʻtgan, ammo Guangdong ligada 4-oʻrinni egallagan[2]. Guangdong bilan oʻtkazgan vaqtida u jamoa bilan hech narsa yuta olmagan va 1996-yilgi liga mavsumidan keyin Guangdongni tark etgan[3] va Sichuanga qaytgan.

Ma Mingyu Sichuan Guanchengdagi ikkinchi mavsumda liga mavsumlarida 3-oʻrinni egallagan. Ma Sichuanning chap yarim himoyasida doimiy oʻrinbosar sifatida mustahkam oʻrin olgan. 2000/01-yilgi mavsumda A Seriyadagi „Perudja Kalsio“ jamoasi eʼtiborini tortgan[4]. Biroq, uning Perudjadagi vaqtida hech qanday oʻyinda ishtirok etmagan va u Sichuan Guanchengga qaytib kelgan. 2003-yilgi liga mavsumi oxirida u professional futboldan ketishga qaror qilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma Mingyu 1996-yil 30-yanvarda 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashida Makaoga qarshi 7:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyut qilgan[5]. 1996-yil 1-fevralda Filippinga qarshi navbatdagi saralash oʻyinida u oʻzining ilk golini kiritgan[6]. Sardorlik davrida u Xitoyni 2000-yilgi Osiyo Kubogida toʻrtinchi oʻringa olib chiqgan va terma jamoani birinchi FIFA Jahon chempionati turniriga yoʻl olishiga yordan=m bergan.

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 1.02.1996 Mong Kok stadioni, Koulun, Gonkong  Filippin 3 — 0 7-0 1996-yilgi Osiyo kubogi saralashi
2. 30.11.1998 Surat Thani stadioni, Surat Thani, Tailand  Livan 2 — 0 4-1 1998-yil Osiyo oʻyinlari
3. 19.12.1998 Tinsulanon stadioni, Songkhla, Tailand  Tailand 3 — 0 3-0

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
1996 13 3
1997 23 2
1998 12 3
1999 0 0
2000 16 2
2001 15 2
2002 6 0
Jami 85 12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ma Mingyu“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
  2. „China League 1995“. rsssf.com (19-iyun 2003-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
  3. „China League 1996“. rsssf.com (19-iyun 2003-yil). 2012-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
  4. „Ma Mingyu Becomes First Chinese to Join Italian Serie A“. english.peopledaily.com.cn (9-avgust 2000-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
  5. „China PR 7–1 Macau“. teamchina.freehostia.com (30-yanvar 1996-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.
  6. „China PR 7–0 Philippines“. teamchina.freehostia.com (1-fevral 1996-yil). Qaraldi: 7-avgust 2012-yil.