Gʻolib Gʻaybullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻolib Gʻaybullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Gʻolib Shokir oʻgʻli Gʻaybullayev
Tavallud sanasi 22-yanvar 1996-yil (1996-01-22) (28 yosh)
Tavallud joyi Koson, Qashqadaryo, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.86m
Ampluasi Markaziy Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Nasaf
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Nasaf
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015— Nasaf 157 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Gʻolib Gʻaybullayev (1996-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, „Nasaf“ futbol klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi. Ampluasi boʻyicha — markaziy himoyachi. Nasaf jamoasida 5-raqamda maydonga tushadi[1].

Ilk yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻolib Gʻaybullayev 1996-yilning 22-yanvarida Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida, Shokir aka oilasida dunyoga kelgan. Yosh bola vaqtidanoq futbolga mehr qoʻygan Gʻolib Gʻaybullayev Qashqadaryo viloyatining asosiy jamoasi boʻlgan Nasaf futbol klubining akademiyasida mashgʻulotlarda qatnasha boshlaydi. Jismoniy jihatdan chidamli boʻlgan Gʻolib Gʻaybullayev murabbiylarning koʻrsatmasiga binoan himoyada toʻp sura boshlagan. Bu koʻrsatmalar oʻzini oqlagan va hozirda Gʻolib Gʻaybullayev yurtimizning koʻzga koʻringan markaziy himoyachilaridan biridir. Futbolchi asosiy jamoadan taklif tushgunga qadar Nasaf futbol klubining turli yoshdagi jamoalarida toʻp surgan. Ushbu oʻyinlar orqali bosh murabbiy eʼtiboriga tushgan va 2021-yildan boshlab asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. Transfermarkt sayti maʼlumotiga koʻra, hozirda Gʻolib Gʻaybullayevning transfer narxi 550 000 yevroni tashkil qiladi[2]. Hozirda 27 yoshni qarshilagan futbolchi klubning asosiy tarkib oʻyinchisi hisoblanadi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasaf jamoasi tarkibida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻolib Gʻaybullayev Nasaf jamoasi bilan 2021-yilda professional shartnoma imzolagan va shu kundan buyon jamoa tarkibida toʻp surib kelmoqda. Nasaf jamoasidagi oʻzining debyutini Oʻzbekiston kubogi doirasida Jizzax viloyatining Soʻgʻdiyona jamoasiga qarshi oʻtkazgan va jamoa 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Umumiy hisobda Gʻolib Gʻaybullayev 2021-yil Oʻzbekiston kubogida 6 ta, OFK kubogida 7 ta oʻyinda maydonga tushgan. Jamoadagi ilk yilining oʻzidayoq asosiy tarkib futbolchisiga aylanib olgan. Ayniqsa, OFK kubogida jamoa finalga qadar yetib borishida futbolchining foydasi ulkan edi. Faqatgina finalda jamoaga biroz omad yetishmagani natijasida, 2-oʻrin bilan qanoatlanishga majbur boʻlgan. 2021-yilning iyul oyiga kelib futbolchi jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlib olgan va shu vaqtda 2022-yil soʻnggigacha choʻzilgan yangi shartnomaga imzo chekkan[3].

2022-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil futbolchi uchun anchagina omadli va shu bilan birga maʼsuliyatli yil boʻldi. Oʻzbekiston Superligasida 21 ta, Osiyo chempionlar ligasida 1 ta, Oʻzbekiston kubogida 4 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Superkubogida ham jamoa sharafini himoya qildi. Shu oʻyinlarda umumiy 2 ta sariq kartochka oldi, biror marotaba qizil kartochkaga loyiq koʻrilmadi. 2022-yil davomida 1964 daqiqa vaqtini Nasaf jamoasi uchun maydonda oʻtkazdi[4]. Oʻzbekiston Superligasida 1 marta, Oʻzbekiston kubogida 1 marta gol urishga muvaffaq boʻldi.

2023-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil davomida hozircha Oʻzbekiston Superligasida 12 ta, Oʻzbekiston kubogida 3 ta oʻyinda maydonga tushdi. Superligada 1 ta uchrashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga ham erishdi. Umumiy 3 ta sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Oʻzining oʻyini orqali Gʻolib Gʻaybullayev koʻplab klublar eʼtiboriga tushgan.

Musobaqa Yil Oʻyin Gol Daqiqa
Oʻzbekiston kubogi 2023 3 0 226
Oʻzbekiston Superligasi 2023 12 1 1063
Oʻzbekiston kubogi 2022 4 1 327
AFC Champions League 2022 1 0 66
Oʻzbekiston Superligasi 2022 21 1 1481
Oʻzbekiston Superkubogi 2022 1 0 90
AFC Cup 2021 7 0 412
Oʻzbekiston kubogi 2021 6 1 570

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston bayrogʻi „Nasaf“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Golib Gaybullayev“. Goal. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  2. „Golib Gaybullayev“. Transfermarkt. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  3. „Rasman! "Nasaf" G‘aybullaev va Bozorov bilan bitimni uzaytirdi. Bir nafar legioner va "Navbahor" o‘yinchisi bilan shartnoma tuzdi“. Kun uz. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.
  4. „Gʻolib Gʻaybullayev - Player Info“. GSA. Qaraldi: 4-avgust 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]