Oʻzbekiston Birinchi ligasi
Davlat | Oʻzbekiston |
---|---|
Konfederatsiya | OFK |
Oʻtkazuvchi tashkilot | Oʻzbekiston Professional futbol ligasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | 3 |
Tashkil etilgan | 2020 |
Jamoalar soni | 12 |
Yuqori liga | Oʻzbekiston Pro ligasi |
Pastki liga | Oʻzbekiston ikkinchi ligasi |
Ichki kuboklar | Oʻzbekiston Kubogi |
Veb-sayt | PFL.Uz |
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Birinchi ligasi (Футбол бўйича Ўзбекистон Биринчи лигаси) — futbol bo‘yicha Oʻzbekiston chempionati tuzilmasida Oʻzbekiston Superligasi, Oʻzbekiston Pro ligasidan keyin maqomi boʻyicha uchinchi darajali musobaqa hisoblanadi.
Oʻzbekistondagi ikkinchi darajali musobaqa ham 1992-yilda tashkil topgan paytdan boshlab va 2017-yilgacha Oʻzbekiston Birinchi ligasi deb nomlangan. 2018-yili O‘zPFL milliy chempionatlarni isloh qilgach, ikkinchi darajali musobaqa — Oʻzbekiston Pro Ligasi nomini oldi. Oʻzbekiston Birinchi ligasi esa mamlakatdagi uchinchi darajali futbol chempionati sifatida 2020-yildan qayta tashkil etildi. Oʻzbekiston Birinchi ligasi Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladi. Birinchi liga ishtirokchilari har yili Oʻzbekiston Kubogida saralash bosqichidan eʼtiboran ishtirok etadi.
Reglament
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi liga musobaqasi ishtirokchi klublar sonidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ayni paytda musobaqada 16 ta ishtirokchi klub mavjud. Oʻzbekiston Birinchi ligasi jami 30 ta turdan iborat ikki davrali tizimida o‘tkaziladi. Bunda har bir klub 15 ta uy va 15 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi.
Mavsum yakunida Birinchi ligada gʻolib boʻlgan jamoa yangi mavsumni Oʻzbekiston Pro ligasida boshlaydi. Birinchi liganing 2-o‘rindagi jamoasi esa Pro ligaga chiqish uchun Oʻzbekiston Pro ligasida 9-o‘rinni egallagan jamoaga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etadi. Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Musobaqalar Reglamentiga binoan O‘tish o‘yiniga Birinchi ligada ikkinchi bo‘lgan klub maydoni mezbonlik qiladi.
Barcha gʻoliblar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Gʻolib | 2-oʻrin | 3-oʻrin |
---|---|---|---|
2018 | Nurafshon | Sherdor | Gʻijduvon |
2019 | Turon | Zomin | Yangiyer |
2020 | Yangiyer | Paxtakor-Farm | Rubin |
2021 | Zomin | Gʻijduvon | Navbahor Farm |
2022 | Navbahor Farm | Aral | Paxtakor-79 |
2023 | Yangiyer[1] | Jizzax | Olimpiya |
Umumiy jadval
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018—2022-yilgi umumiy mavsum turnir jadvali.
Oʻrin | Jamoa | Mavsum | Oʻyn | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Qaytarilgan gollar | Oʻziga urilgan gollar | Ochko |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Gʻijduvon | 4 | 89 | 48 | 15 | 28 | 176 | 131 | +45 | 159 |
2 | Zomin | 3 | 72 | 49 | 7 | 16 | 172 | 86 | +86 | 154 |
3 | Rubin | 3 | 77 | 40 | 20 | 17 | 148 | 81 | +67 | 140 |
4 | Lokomotiv BFK | 5 | 123 | 39 | 12 | 72 | 203 | 275 | -72 | 129 |
5 | Paxtakor-79 | 4 | 95 | 38 | 11 | 46 | 143 | 183 | -40 | 125 |
6 | Navbaxor-2 Farm | 3 | 63 | 37 | 11 | 14 | 119 | 75 | +44 | 122 |
7 | Bunyodkor-2 | 4 | 91 | 35 | 14 | 42 | 150 | 151 | -1 | 119 |
8 | Chigʻatoy | 4 | 91 | 27 | 14 | 50 | 154 | 206 | -52 | 95 |
9 | Shahrixonchi | 2 | 54 | 27 | 10 | 17 | 85 | 66 | +19 | 91 |
10 | Yangiyer | 2 | 37 | 28 | 4 | 5 | 103 | 35 | +68 | 88 |
11 | Andijon-2 | 3 | 66 | 25 | 8 | 33 | 94 | 124 | -30 | 83 |
12 | Sherdor | 1 | 32 | 20 | 4 | 8 | 79 | 42 | +37 | 64 |
13 | Turon | 1 | 28 | 19 | 5 | 4 | 67 | 23 | +44 | 62 |
14 | Aral samali | 2 | 37 | 17 | 7 | 13 | 67 | 61 | +6 | 58 |
15 | Aral Nukus | 1 | 26 | 18 | 3 | 5 | 65 | 33 | +32 | 57 |
16 | Yozyovon | 1 | 32 | 14 | 3 | 15 | 45 | 55 | -10 | 45 |
17 | Labsa | 1 | 32 | 13 | 4 | 15 | 47 | 48 | -1 | 43 |
18 | Iftixor | 1 | 32 | 12 | 4 | 16 | 42 | 60 | -18 | 40 |
19 | Yashnobod | 45 | 11 | 6 | 28 | 61 | 123 | -62 | 39 | |
20 | Yunired | 1 | 26 | 11 | 5 | 10 | 45 | 40 | +5 | 38 |
21 | Neftgazmontaj | 1 | 20 | 11 | 3 | 6 | 31 | 27 | +4 | 36 |
22 | Paxtakor Farm | 1 | 17 | 11 | 2 | 4 | 40 | 16 | +24 | 35 |
23 | Doʻstlik Toshkent | 1 | 26 | 9 | 6 | 11 | 33 | 39 | -6 | 33 |
24 | Qumqoʻrgʻon-1977 | 1 | 26 | 8 | 8 | 10 | 35 | 49 | -14 | 32 |
25 | Qizilqum-Farm | 1 | 26 | 9 | 4 | 13 | 39 | 54 | -15 | 31 |
26 | Jizzax-Bars | 2 | 37 | 7 | 7 | 29 | 39 | 62 | -23 | 31 |
27 | Doʻstlik Oltiariq | 2 | 26 | 9 | 0 | 17 | 45 | 58 | -13 | 27 |
28 | Nasaf-Farm | 2 | 26 | 7 | 3 | 16 | 35 | 52 | -17 | 24 |
29 | Lochin | 1 | 20 | 7 | 3 | 10 | 2 | 45 | −43 | 24 |
30 | Zirabuloq | 2 | 32 | 6 | 2 | 24 | 37 | 89 | -52 | 20 |
31 | Jomboy | 1 | 20 | 5 | 2 | 13 | 29 | 41 | −12 | 17 |
32 | Ittifoq-Navoiy | 1 | 20 | 3 | 1 | 16 | 19 | 58 | -39 | 10 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Yangiyer” Birinchi liga g‘olibiga aylandi“. 2024-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana — pfl.uz (Wayback Machine saytida 2020-02-29 sanasida arxivlangan)
- Pervaya liga Uzbekistana na sayte „Arxiv golov“