Kontent qismiga oʻtish

Angara

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Angara
Tavsif
Uzunligi 1 779
Maydoni 1 040 000 km²
Suv sarfi 4 518 m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Angara

Angara (buryatcha: Ангар мүрэн[1], evenkcha: Аӈара) — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo.

Yeniseyning eng sersuv irmogʻi. Uzunligi 1779 km. Havzasining maydoni 1,040 ming km². Baykal koʻlidan oqib chiqadi. Aso-siy irmoqlari: oʻngdan — Ilim, chapdan — Irkut, Belaya, Oka, Taseeva. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Quyilish yerida oʻrtacha suv sarfi 5100 m³/sek. Quyi oqimida oktabr- noyabrda, Bratsk suv om-borida noyabr-dekabrda muz bilan qoplanadi. Mayning 1-yarmidan muz eriy boshlaydi. Angaraning boshlanishidan quyi qismigacha suv omborlari kaskadi qurilgan. Angarada Irkutsk, Bratsk, Ust-Ilim GESlar ishlab turibdi, Boguchani GES qurilmoqda (1994). Angara boshlanish joyidan kemalar muntazam qatnab turadi. Asosiy pristanlari: Irkutsk, Angarsk, Balagansk, Bratsk. Angarada baliq koʻp.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. „Откуда пошла Ангара. Ангара. Байкальский край — информационно-краеведческий портал“ (ru). baikalarea.ru. 2018-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-mart.