Kontent qismiga oʻtish

Anjabor

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anjabor (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat kup yillik oʻtlar. Bargi keng toʻgarak, rombsimon boʻlaklarga boʻlingan, guli koʻkish-pushti. Oʻzbekiston togʻlarida oʻsadi. Tarkibida 23-54% tannin (oshlovchi) va boshqa moddalar bor. Ildizining qaynatmasi tabobatda ichdan qon ketishini toʻxtatish, ogʻriqni qoldirish va meʼda kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Anjabor teri oshlashda ham qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil