Anjelika Akbar
Anjelika Akbar | |
---|---|
Tavalludi |
1969 |
Kasbi | 1987 |
Ijod qilgan tillari | Turk tili |
Fuqaroligi | Turkiya |
Anjelika Akbar – kelib chiqishi oʻzbek boʻlgan turk bastakori[1].
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Anjelika Akbar 1969-yili Qaragʻandi shahrida tugʻilgan. 2,5 yoshidan boshlab fortepianoda musiqa chalishni oʻrgana boshlagan[2]. 4 yoshida otasi qizini musiqaga boʻlgan qobiliyatini sezib Moskva Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqa maktabiga berdi. Anjelika Toshkent shahrida isteʼdodli bolalar maktabida professor Aleksey Sultonov, Stanislav Lyudenichlar qoʻli ostida taʼlim oldi. Maktabni bitirgach Toshkent Davlat koservatoriyasiga oʻqishga kirdi. U yerda kompozitsiya, orkestrlash va fortepianoda oʻynashni oʻrgandi va shu bilan birgalikda oliy maʼlumotli boʻldi. SSRI kompozitorlar birlashmasi uni „Yosh kompozitor“ deb tanlashdi. 2006-yildan boshlab Ukraina kompozitorlar birlashmasiga aʼzo. Ukrainada xizmat koʻrsatgan atrist unvoniga ega. Anjelika, kompozitsiya va drijerlikni Turkiyaga UNESCO aʼzosi sifatida borganda magistrlikni yoqladi va u yerda doimiy yashab qoldi, fuqarolikni oldi. U yerda dissertatsiya yoqladi va dotsentlik darajasini oldi. Uning birinchi albomi „Suv“ deb nomlanadi, 1999-yilda yozilgan. 2003-yildan boshlab Ali Darmar bilan birga ijod qiladi. U koʻplagan mukofotlar sovrindori.
Anjelika oilali, ikki oʻgʻilning onasi.
Ijod namunalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Suv (Vodi) – 1999 g.
- Birʼden birʼe – 2002
- Vivaldi – fasl —2002
- Bach A L’orientale – 2003
- Bir Yudum Su – 2005
- Raindrops By Anjelika – 2009
- İçimdeki Türkiyem – 2010
- Likafoni – 2011.