Anoa
Qiyofa
Anoa | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
|
Вымирающие виды IUCN 3.1 Endangered : 3126 |
Anoa (Anoa depressicornis), pakana buyvol — yovvoyi qoramolning bir turi. Juft tuyoqlilar turkumiga mansub. Faqat Sulavesi o.idagi tekislik va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. A. shoxlari toʻgʻri, qisqa, buyvolga oʻxshab ketadi, lekin undan kichikroq; gavdasining uzunligi 1,7 m, boʻyi 1 m, rangi toʻq qoʻngʻir, boshi, boʻyni va oyoqlarida oq dogʻlari bor. Ilgari goʻshti, terisi uchun ovlangan. Soni keskin kamayib ketganligi tufayli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |