Kontent qismiga oʻtish

Antigua va Barbuda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Antigua va barbudadan yoʻnaltirildi)
Antigua va Barbuda
Antigua and Barbuda
ShiorEach endeavouring, all achieving
Madhiya: Fair Antigua, We Salute Thee
Location of Antigua va Barbuda
Poytaxt Sent-jons
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Hamdoʻstlik
• Rohib
Yelizaveta II
Rodney Williams
Gaston Browne
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
1-noyabr 1981
Maydon
• Butun
443 km2 (199-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
68,722 (205-oʻrin)
• Zichlik 155/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$750 mil. (201-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$10,914
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt mintaqasi UTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
Qisqartma AC
Telefon prefiksi 1
Internet domeni .ag

Antigua va barbuda (Antigua and Barbuda) — Vest-Indiyadagi davlat. Kichik Antil orollari guruhiga kiruvchi Antigua, Barbuda va Redonda orollarida joylashgan. Maydoni 441,6 km². Aholisi 64,3 ming kishi (1995), asosan negrlar va mulatlar. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km² ga 145 kishi. Aholining 32% shaharlarda yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar xristian dinining protestantlik oqimiga mansub-dirlar. Maʼmuriy-hududiy jihatdan 7 rayonga boʻlingan. Poytaxti — Sent-Jons shahri va porti. Antigua va Barbuda 1981-yilda qabul qilingan Konstitutsiya boʻyicha Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Davlat boshligʻi Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi — vakillar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyatni general-gubernator tomonidan tayin-lanadigan bosh vazir boshchiligidagi xukumat boshqaradi. Antigua va Barbudada Antigua ley-boristlar partiyasi (1968), Birlash-gan taraqqiyparvar partiya (1992), Antigua va Barbuda fuqarolik xizmati assotsiatsiyasi (500 aʼzo), Antigua professional va ishchilar ittifoqi (1940, 10 ming aʼzo), Antigua ishchilar ittifoqi (1967, 10 ming aʼzo) mavjud. Orollar asosan tekislikdan iborat. Tekislikning eng yuqori nuqtasi — 402 m ga yetadigan Bogti-Pik baland-ligidir. Antiguaning shimoliy va sharqiy qismi ohakchil va yirik donador qum, markaziy qismi gil formatsiyalar bilan qoplangan. Antigua o. qirgʻoqlari kemalar uchun qulay tabiiy toʻxtash joylariga ega. Qirgʻoq boʻyining ayrim qismlari qoyalar bilan qoplangan. Orollarda iqlim — quruq va quyoshli (bir yilda oʻrtacha 1150 mm yogʻin yogʻadi). Quruq mavsum noyabrning oxiridan may oyining boshigacha davom etadi. Tabiiy oʻsimliklari va hayvonot dunyosi Antiguadan 48 km shimoliyda joylashgan aholi kam yashaydigan Barbuda o.da saqlanib qolgan. Bu yassi marjon o.ning gʻarbiy qismida qoʻltiq boʻlib, uning qoʻriqxona sharoitida suvda suzuvchi yovvoyi qushlarning koʻp turlari saqlanib qolgan. Orollarning qadimgi aholisi indeyslar boʻlgan. Antigua va Redonda o.larini 1493-yil X. Kolumb oʻzining ikkinchi ekspeditsiyasida kashf etgan. Orollar dastlab Ispaniya, Angliya va Fransiya mustamlakasi, 1667-yildan bu-tunlay Angliya mustamlakasi boʻlgan. In-glizlar orolda plantatsiya xoʻjaligini tashkil etib, bu yerga Afrikadan nef-qullarni olib kela boshladilar. 1834-yil qulchilik bekor qilindi. 1871-yildan 1958-yilgacha Antigua, Barbuda va Redonda o.lari Angliyaning Shamolli orollar mustamlakasi tarkibida boʻlgan. 1981-yildan mustaqil davlat. Mamlakat iqtisodiyotining asosi — xorijiy sayyoxlik va qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligi asosan shakarqamish, paxtaning uzun tolali navi, shuningdek, tama-ki, kokos palmasi va sabzavot yetishti-rishga ixtisoslashgan. Chorvachilik yaxshi rivojlanmagan. Oʻz oziq-ovqat mahsuloti yetishmaganligi sababli u chetdan kelti-riladi. Sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash bilan band. Rom ichimligi, paxta va kokos yogʻi ishlab chiqariladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari — AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya. Pul birligi — sharqiy Karib dollari. „Autlet“, „Neyshn“ („Millat“), „Uorkerz voys“ („Ishchi ovozi“) gaz.lari nashr etiladi. 1956-yildan radioeshittirish, 1964-yildan telekoʻrsatuv tashkilotlari mavjud.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil