Kontent qismiga oʻtish

Anvar Alimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anvar Valiyevich Alimov
 Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri
Mansab davri
2012-yil 9-avgustdan – 2016-yil 13-dekabrgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Adham Ikromov
Vorisi Adham Ikromov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-iyun 1955-yil (1955-06-19) (69 yosh)
Toshkent
Mukofotlari

Alimov Anvar Valiyevich (1955-yil 19-iyunda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek shifokori va davlat arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor.

1955-yil 19-iyunda Toshkеnt shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan.

1972—1978-yillar — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti (bakalavriat), Pediatriya ishi (aʼlo diplomi bilan)

1978—1980-yillar — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti (klinik ordinatura), Bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi

1981-yil — Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan (tibbiyot fanlari nomzodi diplomi)

1994-yil — Doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan (tibbiyot fanlari doktori diplomi)

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978—1980 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi klinik ordinatori.

1980—1982 — Oʻrta Osiyo meditsina pеdiatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anеstеziologiya va rеanimatologiya kursi katta laboranti.

1982—1987 — Oʻrta Osiyo meditsina pediatriya instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasining anesteziologiya va reanimatologiya kursi assistenti.

1987—1993 — Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti assistenti, dotsenti, oʻquv-uslubiy markazining boshligʻi, Pediatriya fakulteti dekani.

1993—1994 — Sogʻliqni saqlash vazirligining Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshligʻi.

1994—1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fan, taʼlim va ijtimoiy muammolar masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining konsultanti, yetakchi konsultanti.

1999—2009 — Toshkent tibbiyot pediatriya instituti rektori.

2009—2012 — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.

2012—2016 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri[1].

20162020 — Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmi-amaliy tibbiyot markazi direktori.

2020-yildan hozirga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi[2].