Kontent qismiga oʻtish

Anvar Nusaybe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Anvar Bey Nusaybe
أنور نسيبة
Mudofaa vaziri
Mansab davri
1954-yil 24-oktyabr – 1955-yil 28-may
Mudofaa vaziri, Taʼlim vaziri
Mansab davri
1954-yil 4-may – 1954-yil 21-oktyabr
Mudofaa vaziri, Qurilish vaziri
Mansab davri
1952-yil 7-oktyabr – 1953-yil 5-may
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1913-yil
Quddus, Quddus mutasarrifati, Usmoniylar davlati
Vafoti 1986-yil
Quddus
Turmush oʻrtogʻi Nuzha al-Gʻusseyn (turmush qurgan yili: 1942-yil)
Bolalari Sari Nussaybe
Zaki Nussabe
Munira Nussaybe
Saida Nussabe
Hatem Nussabe
Saqr Nussabe
Qarindoshlari Hazem Nusaybe (akasi)
Taʼlim Perse maktabi
Alma mater Queens College, Kembrij

Anvar Bey Nusaybe (arabcha: أنور نسيبة) Anvar Bey Nusaybe (1913-1986) — Isroil 1967-yilgi urushda Sharqiy Quddus va Iordan daryosining Gʻarbiy sohilini nazorat ostiga olishidan oldin Iordaniya hukumatida bir qancha yirik lavozimlarni egallagan yetakchi falastinlik shaxs[1]. Olti kunlik urushdan soʻng Isroil shaharning sharqiy qismini egallab olgach, Anvar Bey Nusaybe ular bilan aloqada boʻlgan ilk falastinliklardan biri boʻlgan, keyinchalik oʻgʻli Sari Nusaybeni isroilliklar bilan aloqa oʻrnatishga undagan[1].

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nusaybe aristokratik arab oilasidan boʻlib, 625-yilgi Uhud jangida Islom paygʻambari Muhammadni himoya qilgan, islom dinini birinchilardan qabul qilgan ayol Nusayba bint Kaʼbning avlodidan boʻlgan. Nusaybelar oilasi Muqaddas qabr cherkovining qoʻriqchilari boʻlib, uning kalitlari 1192-yilda Salohuddin al-Ayyubiy tomonidan Nusaybe oilasiga ishonib topshirilgan.

Tavalludi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nusaybe Quddusda tavallud topgan. Cambridgedagi Perse maktabida tahsil olgan, ingliz davlat maktabiga yuborilgan birinchi falastinlik arab boʻlgan. Keyinchalik Cambridgedagi Queens kollejiga borgan va u yerda huquqshunoslik boʻyicha tahsil olgan. U Cambridge tennis jamoasi sardori, mohir chavandoz va iqtidorli pianinochi edi. Queensdagi faoliyati davomida Anvar Nusaybe Abba Eban bilan tanishgan, Abba Eban keyinchalik Olti kunlik urush paytida Isroil tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

Siyosiy martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nusaybe 1936-yilda Britaniyaning Falastin maʼmuriyatida dastlab quruqlik hududlari ofitseri, soʻngra Nosirada, shuningdek, Jafada sudya lavozimlarida ishlay boshlagan. Shu bilan birga u qaynotasi Yoqub al-Gʻusayn bilan birga Britaniyaga qarshi millatchilik harakatlarida ishtirok etib, koʻpincha Falastin millatchi isyonchilariga qurol-yarogʻ yetkazib berish boʻyicha yashirin operatsiyalarda yordam bergan. 1939-yilda Malcolm MacDonald White ilgari surga gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlagan, ushbu gʻoyalar irqidan qatʼi nazar, Falastinda barcha fuqarolar uchun yagona demokratik davlat yaratishga chaqirilgan, shuningdek, bu qarashlar natsistlar tufayli ortib borayotgan talab paytida yahudiylarning immigratsiyasi cheklaganligi sababli sionistik harakat tomonidan rad etilgan. 1945-yilda Anvar Nusaybe Yoqub al-Gʻusaynning doʻsti va Arab davlatlari uyushmasi asoschisi, Misr davlat arbobi Abdurrahmon Posho Azzamning buyrugʻi bilan Londonga borib, u yerdagi Arab idorasiga rahbarlik qilgan.

1948-yilgi Arab-Isroil urushi va butun Falastin hukumati davrida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yilda Anvar Nusaybe Arab milliy qoʻmitasiga kotib, 1948-yilda Falastin urushi boshlanganida Quddusning arab mudofaasini muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib tayinlangan. Nusaybe 1948-yilda Isrol qoʻshinlariga qarshi kechgan jangda oyogʻidan ayrilgan, iordaniyalik Abdulloh ibn Husaynni, keyinchalik Iordaniyaning Shuna shahrida vodiyning Quddusga yaqinlashishini oldini olish uchun bir guruh artilleriya qoʻshini yuborilishini soʻrab qilgan murojaati muvaffaqiyatsiz yakunlangan va shundan keyin ortiga qaytishga majbur boʻlgan. Bayrutda qisqa muddat davolanib, tuzalib chiqqanidan soʻng, Falastinga qaytib, Gʻazodagi butun Falastin hukumati mahkamasi kotibi etib tayinlangan. 1948-yildan keyin arab delegatsiyasini yangi tashkil etilgan Isroil hukumati bilan sulh tuzish shartlari va dushmanga qarshi oʻt ochishni toʻxtatish chizigʻini muhokama qilish harakatlarini boshqargan. U dastlab akasi Hazem tomonidan maʼqullangan Yerixo konferensiyasiga qarshi turgan, lekin koʻpchilikning irodasiga koʻra Iordaniya hukumatida xizmat qilish uchun Quddusga qaytib kelgan.

Iordaniya vaziri va diplomati sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nusaybe Iordaniya hukumatida mudofaa, ichki ishlar va taʼlim sohalarining bir qator lavozimlarda faoliyat yuritgan. Mehnat faoliyati davomida parlamentga saylangan, shuningdek, senatda ham xizmat qilgan. 1961-yilda Nusaybe Quddus gubernatori etib tayinlangan, biroq amerikalik senatorga Isroildan Quddusga Mandelbaum nazorat punktidan oʻtishga ruxsat bermagani uchun ishdan boʻshatilgan, chunki bunday harakat chegaraning qonuniy ekanligini amalda tan olish boʻladi. 1965-yilda Iordaniyaning Avliyo James sudi elchisi etib tayinlangan. Nusaybe Londonda elchi boʻlib xizmat qilgan vaqtida Britaniya qirollik oilasi aʼzolari bilan iliq munosabatlar oʻrnatgan.

Quddusga qaytishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nusaybe 1967-yilgi Olti kunlik urush oldidan Quddusga qaytib kelgan (texnik jihatdan oʻz lavozimini tark etgan). 1970-yilda Falastin ozodlik tashkiloti bilan ixtilof qilgan, chunki ularning Iordaniya hukumati bilan urushini notoʻgʻri va sharmandali deb hisoblagan edi. 1974-yilda Nusaybe ikki sababga koʻra Rabot konferensiyasiga qarshi chiqqan. 1967-yilgi chegaralarni tiklash qirol Husayn va prezident Jamol Abdul Nosirning falastinliklar oldidagi maʼnaviy burchi deb hisoblagan edi. Shuningdek, Falastin xalqining yagona vakili boʻlgan Falastin ozodlik tashkilotini Isroil davlatining qonuniyligini qabul qilishning bir timsoli, deb bilgan. Shuning uchun ushbu masalalarni hal etishda birinchi qadam BMTning 242-rezolyutsiyasi, soʻngra muammoning yagona maʼnaviy yechimi sifatida demokratik tamoyillarni muhokama qilish boʻlishi ekanligini aytgan[1]. Uning davlat xizmatidagi yakuniy harakati natijasi Isroilning Sharqiy Quddusni bosib olishining qonuniyligi ustidan tortishuv markaziga aylangan East Jerusalem Electric kompaniyasi[1] raisi lavozimini egallashi edi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, patritsiy arab vafot etganida, uning katta dafn marosimini sotsialistik kasaba uyushmalari olib borishgan.

Anvar Nusaybe hayoti davomida quyidagi lavozimlarda faoliyat yuritgan[2]:

  • Quddus yer ofitseri (1936 yil)
  • Nosira, keyinchalik Jafa sudyasi
  • Londondagi Arab idoralari rahbari (1945 yil)
  • Arab milliy qoʻmitasi kotibi (1947-1948)
  • Amin al-Husayniy tomonidan Gʻazoda tuzilgan Butun Falastin hukumati kabineti kotibi (1948-yil sentyabr-oktyabr)
  • Iordaniya parlamentining quyi palatasi (Deputatlar palatasiga) Falastin vakili (1950-yil)
  • Iordaniya Vazirlar Mahkamasi (Mudofaa vaziri, keyinchalik taraqqiyot va tiklanish vaziri, keyinroq ichki ishlar vaziri va nihoyat taʼlim vaziri) (1952-yil sentabr)
  • Oliy palata senati (1963-yil)
  • Quddus gubernatori (1961-yil)
  • Buyuk Britaniyadagi elchi (1965-1967-yillar)
  • UNRWA yuridik kengashi (1967-1979)
  • Sharqiy Quddus elektr kompaniyasi ijrochi raisi (1979-1986-yillar)

Anvar Nusaybe 1986-yilning 22-noyabrda Quddusdagi uyida 74 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan[1], Harami Sharif ul-Aqso chegarasidagi Muqaddasgoh darvozasiga dafn qilingan. Uning dafn marosimida minglab odamlar ishtirok etishgan.

Siyosiy qarashlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anvar Nuseybe parlament demokratiyasiga ishongan arab millatchisi boʻlib, arab birligi shaxsiy tafovutlardan muhimroq ekanligini asosli deb bilgan va arab konsensusini saqlab qolish zarurligiga ishongan. U, shuningdek, 1948-yildagi Yerixo konferensiyasidan keyin Iordaniya siyosatida ham ishtirok eta boshlagan. Uning fikricha, kimningdir prinsiplariga rioya etish boshqa bir shaxs bilan muloqot qilishga toʻsqinlik qilmaydi. U har doim yahudiylar ham semitlar singari arablar va butun arab dunyosida ularga tegishli barcha huquqlarga ega ekanligini taʼkidlab kelgan. Bu eʼtiqod uning 1939-yilda Falastin uchun yagona davlat yechimini qoʻllab-quvvatlashiga, 1930-yillarda Yevropadagi fashistik dogmalarga qarshi chiqishiga va keyinchalik Baʼs partiyasi tomonidan eʼtirof etilishiga olib kelgan. Shuningdek, 1947-yildan keyin yahudiylarning arab davlatlaridan quvib chiqarilishiga qarshi chiqqan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Anwar Nuseibeh, 74; Palestinian Moderate“. The New York Times (1986-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2010-yil 25-aprel.
  2. „Anwar Nuseibeh“. 2009-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  • London Times nekrologi, 1986 yil 24-noyabr.
  • Al-Qus obituary, 23 noyabr 1986 yil